A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. - М.: «Академия», 2005. - 119-122 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə17/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

91
Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. - М.: «Академия», 2005. - 119-122 с
investitsiyalaridagi bu barqaror sarmoya qalinligi, barqaror baholar ko‘pligi, xususan sarmoyaning rentabelligi jihatidan va sarmoya aylanish tezligi jihatidan ahamiyatli bir omildir.

  1. Investitsiya manbalari va resurs imkoniyatlari

Turistik korxonalarda, xususan investitsiya qilingandan keyin boshqarish jarayonida, barqaror xarajatlar asosiy xarajatlarning 70-80% nisbatigacha ko‘tariladi. Buning asosiy sababi, energiya, ta’mirlash, personal, amortizatsiya, foiz va shunga o‘xshash xarajatlarning chizih to‘liqligidan mustaqil bo‘lib davomiylik ko‘rsatishi kerak. Barqaror xarajatlarning yuqori bo‘lishi, rentabellik jihatidan ahamiyatli bir raqamdir va foydaga o‘tish nuqtasining ijro va hajmi foydalanish miqdori munosabatini og‘irlashtirmoqtadir. Turizm investitsiyasi oqimidan eng ahamiyatli xususiyat va kritik omil bu aloqadir. Quyi tuzilish muassasalari (yo‘l, suv, elektr -energiya, kanalizatsiya, telefon va h.k). Butunlay bo‘lmagan joylarda qilingan turizm investitsiyasining foydali bo‘lishi imkonsizdir. Turizm loyihalarini rivojlantirish, bosqichlarining barchasida bo‘lmoqdadir. Bu yerda eng ma’lum va ahamiyatli muammo quyi tuzilmaning qaysi nisbatida turizm investitsiyasi bilan to‘g‘ridan bog‘lanishda bo‘lganidir.
Biror turistik joy uchun qilingan havo maydonining (aeroportning) kengaytirilishi, yangi bir gqruqik yo‘lining qurilishi ayni vaqtda barcha mintaqa transportiga va boshqa sektorlarga foydali bo‘lmoqdad. Masalan: turistik muassasalar kompleksi uchun ro‘yobga chiqarilgan suv va kanalizatsiya kanallaridan, kompleksning qurilgani joylashish nuqtasidan shahar, tuman yoki qishloq aholisi ham foydalanadi. Turistik muassasalar barpo qilish uchun qilingan quyi tuzilma investitsiyasi boshqa sektorlarda va q’shni tumanlarda ham foydalanilganidan turistik muassasalar qurilishi sababli ro‘yobga chiqqan qyi tuzilma investitsiyasi tannarxini faqat o‘sha muassasalar bilan bog‘liq qurish va u muassasalarning tannarxiga qo‘shish va tannarx hisoblarini bunga ko‘ra yuritish, xususan, noto‘g‘ridir. Buning aksincha, turistik muassasalar asosan shahar mehmonxonalari, shaharning mavjud barcha quyi tuzilish imkonlaridan foydalanmoqdalar. Faqat bu foydalanish mavjud bir davlat xizmati investitsiyasidan foydalanish chegarasidan o‘tmaydi.

  1. Investitsiya loyihalarining tijoriy ahamiyati

Turizm talabining investitsiyaga ta’siri, har qancha investitsiya loyihalarining tayyorlanish bosqichida bozor vazifalarining ichkarisida o‘rganilgan bo‘lsa ham ko‘pincha ratsional bo‘lmagan omillarga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘lchanish va baholantirilish ham qiyindir. Ichki va tashqi turizm talabi faqat daromad kabi iqtisodiy omillarning rol o‘ynagani bir soha bo‘lmasdan moda, ko‘rgazma, iste’mol havosi, snobizm, ijtimoiy- psixologik omillar kabi bir nechta omil ham turizm talabining ta’sirchisidir. Turizm bozorini yaxshi o‘rganish, havas anketalarini qo‘llash, davomli bozor nazorati qilish shartdir. Faqat, turizm sektoridagi loyihalarning hech bir vaqt har qaysi bir sektor loyiha kabi oddiy bir shaklda buyurilib qo‘lga olinmasligini bilish kerakdir. Shu sababli ham sektorlar orasida alternativ investitsiya loyiha muhokamasini qilish juda qiyindir. Turizm investitsiyasi loyihalarining milliy iqtisodga bo‘lgan ta’sirlari yuqori, hosil qilganlari korxona foydaligini boshqa sektorlarga qaraganda juda kam qanoatlantiruvchi bo‘lgani uchun bu loyihalarning baholanishida alternativ loyihalar asosiy o‘rin egallaydi va munosib ko‘rilgan va loyihalarning rag‘batlantirish tadbirlaridan keraklicha foydalanishlari asos qilib olinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jismoniy rejalashtirish ishlarining bir butunlik ichida yuritilishida hisoblanmaydigan foydalar bo‘lmoqda.
Turizmda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari, turizm investitsiya loyihalarida bajarilishning tekshirilishi uchun oldin investitsiya loyihasining ro‘yobga chiqarilishi tahlil qilinadi. Undan keyin, rivojlantirish ishlarining yuzaga chiqargani natijalar, ma’lum kriteriyalar jihatidan mezonlashtirish tahlili tobe tutiladi. Bunday qilib, investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi tugatilgan loyihalarning tatbiq qilish sohasiga qo‘yilish yoki qo‘yilmasligi qaror qilingan, investitsiya alternativlaridan qaysisining yoki qaysilarining tanlanishida makro va mikro iqtisodiy yo‘nalishidan manfaatli bo‘lishi aniqlangan bo‘ladi. Loyihani moliyalashtirish operatsiyasining ob‘yektiv bir ko‘z bilan va ma’lum kriteriyalarga asoslanib yuritilishi, beriladigan qarorning to‘g‘riligi va manba ta’minlanishida eng samarali sohalarning belgilanishi majburiydir. Shunday ekan loyihani tayyorlagan kishi yoki guruh mavzuga odatlanganligi sababida qilingan xatolarni aynan qabul qilish va yangilash havasida bo‘ladi. Shu sababli, investitsiya loyihalarini moliyalashtiradigan kishi yoki guruh bilan tayyorlagan kishi yoki guruhning farqli bo‘lish mavzusi ustida talabchanlik bilan yoritilishi kerak turizmda baza yaratish, valyuta kirimini yaratish kabi funksiyalarga ega bo‘lsa ham bu xususiyatlar turizm sohasida qilinadigan har bir investitsiyaning munosib bo‘lish yoki bo‘lmasligini qaror bera olish uchun yetarli soliqlar emasdir. Shu sababli turizm investitsiyasi loyihalarining hosil qiladigani foydalar bilan keltiradigani tannarxlarining qiyoslanish yo‘liga ketilishi kerak. Xususan, industriya loyihalarining moliyalashtirilishida qo‘llanilgan uslublar, turizm investitsiyasi loyihalarini moliyalashtirish uchun ham joriy qilinadi.
Turizmda investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi uchun oldin bozor izlanishlari aniqlangan to‘liqlik nisbatlari bilan loyihada qo‘llaniladigan narxlarning sog‘lom va ishonchli soliqlarga tayanib tayanmasligi nazorat qilinishi kerak. Turizmda investitsiya loyihalari, ma’lum bir tovar yoki xizmat ishlab chiqarilishga ta’minlanishi ko‘zlangan manbalarning iqtisodiy va moliyaviy tomondan avantajli bir ta’minlanish bo‘lish yoki bo‘lmasligini ko‘rsatishi yuzasidan ro‘yobga chiqarilmoqdadir.
Xulosa
Investitsiyalar ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning xususiy davlat sektori tomonidan tugallanmagan va eksport qilinmagan shakli bo‘lganligi uchun ham uni mikroiqtisodiy darajada ham ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda respublikamizdagi turistik korxonalarga investitsiyalar keng jalb qilinmoqda. Bular asosan xorijiy investorlar tomonidan ajratilmoqda. Turizmda investitsiya loyihalarini takomillashtirishda asosan turistik korxona va xususiy turistik firmalarning ham alohida o‘rni bo‘lishi kerak. Chunki mamlakatga investitsiya ajratmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar eng avvalo mamlakat turistik korxonalarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga hamda faoliyatning kelgusida daromad olib kela olish rejalariga alohida e’tibor qaratadilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik alohida ahamiyatga egadir.
Nazorat savollari

  1. Turizm investitsiyasi nima?

  2. Turizmda investitsiya loyiha nima?

  3. Turizmda barqaror sarmoya nima?

  4. Turizm loyihalarini rivojlantirish bosqichlariga nimalar kiradi?

  5. Turizm talabining investitsiyaga ta‘siri qanday?

  6. Turizmda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalariga nimalar kiradi?

  7. Turizmda investitsiya loyihalarining tijoriy ahamiyati qanday?

  8. Turistik korxonalarga investitsiya ajratishda qanday shartnomalar tuziladi?

  9. O‘zbekistonda turizmda investitsiya siyosati qanday amalga oshirilmoqda?

  10. Turistik faoliyatga ajratilayotgan investorlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346 - sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori. - Xalq so‘zi. 1998. 9-avgust

  2. Гуляeв В.Г. npaBOBoe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 44 - 47 с.

  3. Крылова Г.Д. Основы стандартизации, сepтификации, мeтpологии: Учeбник. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006. - 67-71с.

  4. Alieva M.T., Mirzaev M. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. - T:, Talqin. 2003. - 24-25 b.

  5. Боголюбов В.С. Экономика туризма: Y4e6roe пособде. - М.: Акадeмия, 2005. - 119-122 с

  6. www.world-tourism.org - Всeмиpная туристская организация

Xll-bob. TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH

  1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va ularning mazmuni

  2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga litsenziya berish tartiblari

  3. Germaniya va Angliya mamlakatlarida litsenziya berish tartiblari

  1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va

ularning mazmuni
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining zaruriy sharti - unda litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini litsenziyalash turizmni tartibga solishning muhim bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda turizmni litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan tajriba to‘plangan.
1994-yilda O‘zbekiston Respublikasida turizm birinchi marotaba litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan edi. Shu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarori bilan litsenziyalanishi lozim bo‘lgan ba’zi bir faoliyat turlari joriy etildi (shu jumladan, turizm sohasida ham) va litsenziyalarni berilishini rasmiylashtirishga doir umumiy nizom ham tasdiqlandi. Litsenziyalash usullarini sinovdan o‘tkazib borish, qonunchilik bazasini o‘zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni vujudga kelishi bilan 1998-yili “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya berish qoidasi” yangi tahriri kuchga kiritildi . Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qa’tiy nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va turizm sohasiga amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona, birlashma va tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilab beradi. Yangi bosqichdan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishtirokchilarga talab kuchaytirildi. Shuningdek litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini) ko‘zda tutuvchi holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin