10.3. Turistik firmaning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari
Bozor iqtisodiyotining asosiy xarakterli tomoni xususiy turistik firma va tashkilotlarni rivojlantirish orqali o‘z ifodasini topadi. Har qanday sohada bo‘lgani kabi turizm sohasida ham xususiy tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlanishiga erishish mumkin. Hozirgi kunga kelib, jahon turizm infratuzilmasining 90 % dan ortiq qismi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. U o‘z ichiga mehmonxonalar, mehmon uylari, qishloq uylari, turar joy ijarasi, karvonsaroylar (kempinglar), yotoqxonalarda joylashish, restoranlar, avtomobillar ijarasini tashkil qilish va garajlarni oladi. Bulardan faqat havo yo‘llari mustasnodir. Chunki ularni Yevropa, Osiyo, Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardagi hukumat organlari bevosita boshqaradilar. Va bu havo yo‘llari davlat nazorati ostiga olingan. AQShdagi havo yo‘llari esa xususiy bo‘lib, ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi. Turistlarni tashish bilan shug‘ullanadigan temir yo‘llar ham tabiiyki, ko‘pchilik hollarda davlatga tegishli bo‘ladi. Dunyo mamlakatlaridagi bugungi kun yutuqlarining barchasi eng kichik taraqqiyotdan boshlangan. Avval turizm maskanlari rivojlangan, hukumatlar turizm infratuzilmasi uchun ham bevosita vositachilar orqali ham xususiy tarmoqqa bevosita moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali fondlar ajrata boshlagan, natijada xususiy tarmoq shunchalik rivojlanib ketdiki, davlatning aralashuvisiz ham avialiniyalar kabi yirik masalalarni boshqara oladigan bo‘ldi.
Har qanday sanoatda ham (qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, tog‘- konchilik, neft va gaz qazib olish sanoati va xhkazo) mamlakat hukumati xususiy tarmoqni bu sanoatlarning rivojlanishi yuzasidan rag‘batlantirib borishi lozim. Mahsulot rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur turizm maskanlari hukumatdan o‘z mehmonxonalari mulkiga transport vahokazolar kabi infratuzilmaning boshqa elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va ayni paytda turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiy tarmoqlarga imtiyozlar beriladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotda xususiy mulkchilik munosabatlarini shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro raqobat kurashini shakllantirish va buning natijasida sifatli mahsulot yoki xizmatlarni yetkazib berishni ifoda etadi. Turistik xizmatlar bozoridagi raqobat turistik biznesning yirik kompaniyalari o‘rtasida bozordagi hukumronlikka egalik qilish shaklida bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan kompaniyalar o‘rtasida mijozlar uchun kurashish shaklida namoyon bo‘ladi. Biroq, bu sohada ham turizm sanoati o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Masalan, ko‘plab turistik kompaniyalar tashqi bozorga chiqqanlarida o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlaridan farq qiladigan raqobatga duch keladilar. “Olimpik Xolideyz” nomli turistik operator Gretsiyada monopol kompaniya sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, uning harbiy Yevropa mamlakatlarida o‘z ta’sir doirasini kengaytirish va inklyuziv sayohatlarni tashkil qilish maqsadida amalga oshirgan intilishlari juda kuchli raqobatga duch keldi. Kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini bunday o‘zgarishi asosan, boshqa bir
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha tahlil qila olmaganligidan dalolat beradi. Chunki, turizm sohasi birinchi navbatda insoniyatning xohish va istagi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida turizm bozoridagi har bir iste’molchining o‘ziga xos jihatlarini va sayohatga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvlarini har jihatdan o‘rganishga ko‘maklashuvchi marketing so‘rovlarini o‘tkazilishini talab qiladi. Umuman olganda, turizmda mulkchilik munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilarda o‘z ifodasini topgan: turistik kompaniyalar va agentliklarning miqdorini ko‘p bo‘lishi natijasida ular faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatdagi mavjud turistik imkoniyatlarni dunyo hamjamiyatiga yanada keng reklama qilish, sayyohlar oqimiga imkon qadar sifatli xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning mamlakatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va eng asosiysi, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam do‘stlik munosabatlarini qaror toptirish; turistik kompaniya va agentliklar tomonidan ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarni kengaytirish ehtiyojining yuzaga kelishi natijasida mamlakat hududida turli zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarni keng miqyosda barpo ettirish; turizm orqali boshqa ko‘plab iqtisodiyoti sohalarini samarali faoliyatini ta’minlash. Masalan, turistlarni
mamlakatimizga kelishi mamlakatimiz bozorlarida sotilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xarid qilinishi, ularning o‘z yurtlari bilan bog‘lanib turishlari uchun sifatli telekommunikatsiya vositalarining yanada keng tarmog‘ini tashkil etilishi, mamlakat hududidagi transport yo‘llarini zamonaviylashtirilishi, turistlarning madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblangan sport inshootlarining zamonaviy tarzda bunyod etilishi va shu kabilarga olib keladi.
Marketing va moliyalashtirish rejalari tizimi
Turizm sanoatining yuqori darajada raqobatbardosh bo‘lishini hisobga olgan holda, yaxshi marketing muvaffaqiyatning asosi ekanligini qayd qilish kerak. Turizm maskanlari turistlarni marketing xizmatisiz o‘ziga jalb qila olmaydi. xukumat tomonidan ilk bosqichda moliya bilan ta’minlanmay turib, turizm maskani “jahon turistik supermarketi peshtaxtalaridan o‘rin ololmaydi”. Shuning uchun marketing masalalarida hukumatlar o‘z mamlakatini reklama qilish maqsadida Turizm vazirliklari yoki Milliy turizm tashkilotlarini fondlar bilan ta’minlab, ular orqali faoliyat yuritadilar. Mamlakatda turizm marketingi - xususiy sektor uchun xarajatlar nuqtai- nazaridan ham, amalga oshirish nuqtai-nazaridan ham juda katta vazifadir.
Xususiy sektor asosan mehmonxonalar, mehmon uylari, transport operatorlari, restoranlar va boshqalar bilan bog‘langanligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda amalda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ko‘pchilik mamlakatlarda xususiy tarmoq asosan hukumat tomonidan moliya bilan ta’minlanadigan davlat marketingi budjetiga moliyaviy to‘lovlarni amalga oshiradi. Moliyaviy to‘lovlar turizm maskanining holatiga qarab 20-30% oralig‘ida o‘zgarib turadi, Masalan: Buyuk Britaniyada xususiy tarmoq to‘lovlari 50%, Gollandiyada 50% va Irlandiyada 20% ni tashkil etadi. Bu turizm maskanlari mavqeining tiklanishiga yanada ko‘proq imkoniyat beradi.
Xulosa
Har qanday sanoatda ham mamlakat hukumati xususiy tarmoqni rivojlanishi yuzasidan rag‘batlantirib borishi lozim. Turizm sohasida ham xususiy tarmoqlarni rivojlantirish, shu jumladan turistik firmalar faoliyatini takomillashtirish eng asosiy omillardan sanaladi. Turistik firmalarning rivojlantirishda asosan biznes rejalarni tuzishga katta ahamiyat beriladi. Chunki mukammal tuzilgan biznes- reja kelajakda ushbu firmaning yo‘lini belgilab beradi. Turistik firmalar o‘z mahsuloti rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur turizm maskanlari hukumatdan o‘z faoliyatlarini yuritishga, transport va hokazolar kabi infratuzilmaning boshqa elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va ayni paytda hukumat ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiy tarmoqlarga imtiyozlar beriladi.
Nazorat savollari
Biznes reja tuzishda turistik firmalar qanday maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yadi?
Turistik xizmatlar bozorini tadqiq qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Turistik xizmatlarni ishlab chiqish va turmahsulotlar sifatini nazorat qilishda qanday omillar nazarda tutiladi?
O‘zbekiston turizmida xususiy turfirmalarning roli qanday?
Marketing, moliyalashtirish rejalari va tarkibi nimalardan iborat?
Turizmda biznes reja nima?
Turistik firmalarning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Turistik xizmatlarni ishlab chiqishda qanday reja tuziladi?
Xususiy turistik sektorlar tomonidan qanday reja tuzilishi kerak?
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 346 - sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori - Xalq so‘zi. 1998. 9-avgust
Гуляeв В.Г. npaBOBoe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 30-34 с.
Лифиц И. М. Стандартизация, мeтpология и сepтификация: Y4e5H^. - М.: Юрайт-Издат, 2006. - 35-38 с.
Боголюбов В.С. Экономика туризма: Y4e5Hoe пособде. - М.: Акадeмия, 2005. - 92-95 с
Travel Guide Uzbekistan - Tashkent: National Company Uzbekturizm 2003. -10 б.
www.e-tours.ru - дeловыe туры, выставки, конфepeнции
Xl-bob. TURIZMDA INVESTITSION LOYIHALARNING
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Turizmda investitsion loyihalarning guruhlarga bo‘linishi
Investitsiya manbalari va resurs imkoniyatlari
Investitsiya loyihalarining tijoriy ahamiyati
Turizmda investitsion loyihalarning guruhlarga bo‘linishi
Investitsiya loyiha asosining tushunchasidan kelib chiqqan holda turizm investitsiyasi quyidagi shaklda izohlanadi. Mavjud va kelgusidagi turizm talabining bir qismini qarshilash uchun, kirishuvchan va jamiyat foydasiga, iqtisodiy tamoyilga mos qilib tayyorlangan va formula qilingan iqtisodga turizm bilan bog‘liq mahsulot va xizmat taklif qilish maqsadini tashigan loyihalarga “Turizm investitsiya loyihasi” deyiladi.
Turizm investitsiyasi loyiha asosiga, turizm sohasining xususiyati ichida quyidagi izohlashni keltiramiz. Turizm investitsiya loyihasi mavjud turizm potensialini baholantirish, mahalliy va xorijiy turist talabini qarshilash, yangi tayyorgarlik imkoniyatlarini yaratish, mamlakatga valyuta kirishini ro‘yobga chiqarib milliy rivojlanishga yordamchi bo‘lish, tijoriy joyda foyda olish kabi maqsadlardan bir nechtasini ro‘yobga chiqarish yuzasidan, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarib sotish uchun turizm bo‘limlarining qurilish va ishlatilishiga qaratilgan loyiha ishlarining
91
yig‘indisidir .
Turizm sektorida investitsiya loyihalari, bevosita turizm muassasasi va korxonalari, boshqa iqtisodiy korxonalardan farqli bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega. Investitsiya beruvchi shaxs yoki korxonalar bilan loyiha tuzuvchi va baholantiruvchi mutaxassislar sektorning bosh xususiyatlarini yaqindan tanishlari, investitsiya qarorlarining olinishidan ratsional harakat qilib qolmasdan, eng mos qarorlarga erishishda asosiy unsurni hosil qiladi. Turizm sektorining tuzilishida mavjud bo‘lgan dalillarning ko‘pchiligi yuqori saviyalarda foyda olishlikning ro‘yobga chiqishiga monelik qilmoqda. Turizm investitsiyalari ichida tunash korxonalari barqoror sarmoya miqdorining boshqa industriyalarga qaraganda juda ko‘p ajratiladigan investitsiyalardir. Turizm
Dostları ilə paylaş: |