A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Гуляев В.Г. Правовое регулирование туристской деятельности. - М.: Финансы и статистика, 2005.-30-34 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə15/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

20
Гуляев В.Г. Правовое регулирование туристской деятельности. - М.: Финансы и статистика, 2005.-30-34 с.
10.2. Turistik firmada biznes reja loyihalari
Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan firma ichidagi rejalashtirishning sifatiga bog‘liq. Turistik firmadagi rejalashtirish jarayoni firma ishchilari o‘rtasida turistik mahsulotni ishlab chiqish va realizatsiya qilish borasidagi munosabatlarning keng doirasini qamrab oladi. Turistik firma ichidagi rejalashtirishning xususiyatlaridan biri shundaki, turistik mahsulotni yaratish va realizatsiya qilishda ko‘plab faoliyat turlarining xodimlari maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘zaro hamkorlik qiladilar. Shuning uchun firmaning rejasiga kiritilayotgan hatto eng progressiv g‘oyalar va yangiliklar ham yondosh sohalar bilan hamkorlik qilgan holda turistik faoliyatning butun hajmini kompleks asoslab bermay turib, sezilarli natijalarga olib kelmasligi mumkin.
Turistik firma ichidagi rejalashtirishnig roliga yetarlicha baho bermaslik salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Turistik faoliyatning barcha muhim ko‘rsatkichlarining batafsil tahlil qilish asosida tadbirkorlik rejasini tuzish jarayoni tadbirkorlik faoliyatining zaif tomonlarini aniqlashga va o‘z niyatlariga vaqtida o‘zgartirishlar kiritish yoki umuman ulardan voz kechishga imkon beradi.
Firma ichidagi rejalashtirishning asosiy vazifalaridan biri potensial va mavjud investorlarning rejalashtirilayotgan tadbirlar amalga oshirilishiga, rejadagi barcha tarkibiy qismlarning bir-biri bilan bog‘langanligiga, ijrochilarning tarkibi va rejani amalga oshirish muddatining asoslanganligiga shubhasini tarqatib yuborishdan iborat.
Turistik firmaning tadbirkorlik rejasi doimiy amal qiluvchi hujjat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayoni yuzaga kelgan ob’yektiv sharoitlardan kelib chiqib unga tuzatishlar kiritilish mumkin. Rejalarni bajarish muddatlari yarim yil, bir yil, 3-5 yil va undan ko‘proqni tashkil qiladi. Yillik rejani oylar bo‘yicha va choraklar bo‘yicha rejalashtirish tavsiya qilinadi. Turistik firmaning yuridik maqomi, faoliyatining xususiyati, xizmatlar, mehnat bozorining holati, davlat tomonidan yordam mavjudligi va uning hajmidan kelib chiqib, turistik firmani rejalashtirishning strategik tamoyili iqtisodiy, firmaga oid va ijtimoiy maqsadlarni o‘z ichiga olishi kerak. Rejalashtirilayotgan natijalarga erishish uchta asosiy omillar bilan belgilanadi: tanlangan strategiya, tashkiliy tuzilma va uning faoliyat ko‘rsatishining usullari.
Strategiya - maqsadlarga erishish vositasi, eng ko‘p foyda olish uchun resurslardan qanday foydalanish zarurligi tamoyili. U operativ maqsadlar -
ishlab chiqarish operatsiyalarini joriy rejalashtirish, narxlarni shakllantirish, reklama loyihalarini, tadqiqot ishlarini amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Strategiya moslashuvchanlik elementlarini ham o‘z ichiga olishi kerak, ya’ni mahsulot eskirsa, texnologiyalar o‘zgarsa, ijtimoiy va huquqiy cheklashlar yuzaga kelsa firma bu o‘zgarishlarga tezkor va aniq aks-ta’sir ko‘rsatishi va mahsulotning nomenklaturasini takomillashtirish, mahsulot o‘tkazish bozorlarini o‘zgartirish,
xizmatlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
Firma oldiga qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish bozor, ma’muriy va tezkor muammolarni hal qilishni talab etadi. Bozorga oid muammolar ishlab chiqarilish lozim bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni, shuningdek bu turistik mahsulotni sotish mumkin bo‘lgan bozorlar va iste’molchilarni tanlashdir. Ma’muriy muammolarga quyidagilarni
kiritishadi: firmani tashkil qilish, rahbarlar o‘rtasida vakolatlar va javobgarliklarni taqsimlash, ishlarning hajmi va ketma-ketligini belgilash, axborot oqimlari va hisobotlarni belgilash. Tezkor muammolar ishlab chiqarish operatsiyalarini rejalashtirish, narxlarni shakllantirish, reklama operatsiyalari, tadqiqot ishlaridir.
Strategiyaning moslashuvchanligi firmaning tashkiliy tuzilishiga katta talablar qo‘yadi. Unga ko‘ra firmaning tuzilishini o‘zgarayotgan holatga qarab moslashtirib borish kerak. Turistik firmalarning tashkiliy tuzilishi ishlab chiqarishning tezkor moslashuvini ta’minlashi kerak. Bunday o‘zagirshlar talabning pasayib ketishi yoki raqobatchilarning harakati tufayli, narxlarning tushib ketishi, firmanig bozordagi ulushi kamayib ketishi, yangi turdagi qandaydir mahsulotning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat qozonishi kabilar sababli yuzaga kelishi mumkin.
Turizmdagi strategik tamoyilning eng samarali tadbirlarida biri hujumkor taktika o‘tkazish va resurslarni tejash choralari bilan birga quyidagilarni amalga oshirish hisoblanadi: faol marketing, yangi
bozorlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, turistik mahsulotlarni takomillashtirishga xarajatlarni ko‘paytirish (ularni zamonaviylashtirish hisobiga), yangi istiqbolli turlar va sayohatlarni joriy qilish hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida firma rahbariyati almashtiriladi va mustahkamlanib boradi, kompleks tahlil va vaziyatni baholash amalga oshiriladi, zarurat tug‘ilsa strategik rejaga o‘zgartirishlar kiritiladi. Shu rejaga muvofiq yangi moliyaviy, marketing, texnik va investitsiya dasturlari ishlab chiqiladi. Tuzatishlar kiritilgan strategik reja barcha ijrochilar e’tiboriga etkaziladi.
Umuman olganda, turizm sohasini rivojlantirishda biznes reja loyihalarini tashkil etish va takomillashtirishning asosini kichik va xususiy biznes sub’yektlari tashkil etadi. Jahon mamlakatlari va O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda kichik va xususiy korxonalarning ahamiyati va tutgan o‘rni xususida oldingi bo‘limlarda fikr yuritilgan edi. Ushbu bo‘limda mamlakatimiz turizmi, shu jumladan, milliy iqtisodiyotimizning rivojlanishida xususiy turistik korxonalarning ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinib, bu borada mavjud muammolarni aniqlab berishni ma’qul topdik.
Mamlakatimizda ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar o‘z ichiga quyidagi turistik mahsulot turlarini qamrab oladi: trekking, speleoturizm, alpinizm, ekoturizm, ta’lim olish maqsadiga yo‘naltirilgan turizm safari, tuyalarda sayohat qilish, dam olish kurortlari va sanatoriyalari, suv turizmi, tarixiy turizm, arxeologik turizm, ov va baliq ovi, gerbariylar va hashoratlar yig‘ish, ornitologiya va fotoovchilik, pikniklar, ot turizmi, madaniy turizm, mahalliy xalqlar hayotini o‘rganish, folk turizmi, biznes- turizm va suvenirlar ishlab chiqarish. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimizda ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlarning turi ancha miqdorni tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, turistlar oqimining yil sayin ortib borishi natijasida faqatgina “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining va uning joylardagi shaxobchalarini barcha turistlarga, ya’ni ham ichki va ham tashqi turistlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati doirasi cheklanib qolmoqda. Tabiiy ravishda, bu sohada o‘ziga xos raqobatchilarni shakllantirishga keskin ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Mamlakatimizda turizm sohasidagi ushbu ehtiyojni samarali qondirishning birdan-bir yo‘li turizm xizmatlari ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznes sub’yektlarini rivojlantirishda o‘z ifodasini topadi. Aynan mana shunday tadbirkorlik sub’yektlarini asta-sekinlik bilan rivojlantirish natijasida birinchidan, mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlar oqimi yil sayin ortib bormoqda. Chunki, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy turistik firmalarning o‘zaro raqobati natijasida turistlar, ayniqsa, chet ellik turistlar ehtiyoj sezadigan jahon sifat andozalaridan qolishmaydigan turistik xizmatlar taklif etilmoqda. Ikkinchidan, kichik va xususiy biznes sub’yektlarining rivojlantirilishi natijasida turistik xizmatlar eksportining salmog‘i yil sayin oshib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda mavjud turizm imkoniyatlaridan imkon qadar ko‘proq foydalanish, shuningdek, yanada ko‘proq imkoniyatlarni kashf etish uchun o‘ziga xos zamin yaratmoqda.

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin