A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va l^^iya berish qoidasi”. Xalq so’zi. 1998



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə18/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va l^^iya berish qoidasi”. Xalq so’zi. 1998
y.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya berilganligi uchun respublikadagi eng kam ish haqqining 25 barobari miqdorida litsenziya yig‘imi to‘lanadi. Litsenziya yig‘imi to‘lovidan kelib tushadigan mablag‘lar “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi huzuridagi turizmni rivojlantirish markazlashtirilgan fondiga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga solish darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning turizm amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda litsenziya yig‘imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan ma’lumotga ega bo‘lishga doir talablarda farqlanish mavjud. Ushbu faoliyat turlarining belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni litsenziyalashga ham turlicha uslubiy yondashuv amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil topishi va rivojlanishining dastlabki bosqichida ko‘pchilik kishilar bir vaqtning o‘zida turoperator va turagent faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshlashi albatta maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat sohasidagi tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butun Jahon Turistik Tashkilotining “Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash andozalari”ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini alohida ko‘rsatgan holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.

  1. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga

litsenziya berish tartiblari
Turizm sohasini litsenziyalashga doir faoliyatni tashkillashtirilishini tahlil qilish natijasida jahon tajribasi va Butunjahon Turistik Tashkilotining ba’zi bir tavsiyalaridan kelib chiqqan holda respublikamizda turizmni davlat tomonidan tartibga solinishi yuzasidan ba’zi bir mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan turizmda faoliyat sohasi sifatida uchta tomon ishtirok etadi:

  1. Turistik mahsulot va xizmatlarni iste‘mol qiluvchi turistlar.

  2. Turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi turistik firmalar (ushbu holatda turistlarga xizmat ko‘rsatishga u yoki bu munosabatda bo‘lgan barcha tashkilotlar).

  3. Turizm faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanuvchi shuningdek tegishli ma’muriy-huquqiy va boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi (pasport, viza, chegara, bojxona, sanitariya-epidemiologiya va h.k.) davlat idoralari.

Ushbu uchta tomonlar: “Turistlar” - “Turistik firmalar” - “Davlat” o‘zaro munosabatlarida bir “Uchburchak”ni tashkil etadilar. Jahonning har qanday davlatida ushbu “Uchburchak” har bo‘g‘inining ya’ni “Turistlar- turistik firmalari”, “turistik firmalar-davlat”, “turist- davlat” o‘zaro munosabatlari tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi. Masalan, O‘zbekistonda bular jumlasiga “Korxonalar to‘g‘risida”,
“iste’molchilarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida” va boshqa qonunlarni kiritish mumkin. Asta-sekinlik bilan ushbu qonunchilik yanada aniqlashtirilib va to‘ldirilib borilmoqda. Sof holatda yuqorida qayd etilgan qonunlar o‘zaro munosabatlarining har bir elementi huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinishi lozim. Lekin, qancha davlat bo‘lsa, shuncha o‘ziga xos jihatlar ham mavjuddir. Amalda har bir davlatda qayd etilgan “uchburchak” ning u yoki bu tomoniga alohida e’tibor qaratgan holda turizmni tartibga solish yuzasidan o‘z yondashuvlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda ko‘pchilik boshqa mamlakatlar singari, asosiy e’tibor “turistik firma-davlat” munosabatlarini tartibga solishga yo‘nalti‘rilgan. Bu hol avvalombor, turistik faoliyatni litsenziyalash shaklini, ya’ni davlatning yuridik shaxslariga berilgan muayyan ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi. Lekin bundan litsenziya berish jarayoni alohida ahamiyat kasb etmaydi (ushbu ruxsatnomani olish qiyinligi va osonligidagan qa’tiy nazar). Turizm faoliyatining litsenziyada ko‘rsatilgan va ko‘rsatilmagan boshqa shartlarini to‘liq bajarilishini nazorat qilib boradigan davlat mexanizmining rivojlanganligi va samarali faoliyat yuritishi va tegishli hollarda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishini ta’minlash uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishi muhim ahamiyatga egadir. Zero, bunday mexanizm mavjud bo‘lmagan holda litsenziyalash turistik mahsulot sifati ustidan nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

  1. Germaniya va Angliya mamlakatlarida litsenziya berish

tartiblari
Bir qator mamlakatlarda (masalan, Angliya, Germaniya) “litsenziyalash” atamasi qonunchilikda mavjud emas. Turistik firmalarga ularning mijozlar oldidagi moliyaviy fan boshqa masalalar, rahbarlar va xodimlarni kasbiy tayyorlash, turistik firmalar hamda turistlarning o‘zini sug‘urtalash yuzasidan javobgarligi bo‘yicha qo‘yilayotgan davlat talablari odatda juda qa’tiy bo‘ladi. Ushbu mamlakatlarda, asosiy e‘tibor “turistik firma uchburchagi” yo‘nalishni tartibga solishga qaratiladi va iste’molchi- turistlarning huquqlarini eng yuqori darajada himoyalash va turistik firmalarning turistik mahsuloti va boshqa xizmatlar sifatini muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltiriladi. Masalan, Germaniyada Adliya Vazirligi tomonidan, turistlar uchun “Sizning huquqlaringiz sizlar bilan birgalikda sayohat qiladi” va “Turistlar huquqlarining to‘liq ro‘yxati” shaklidagi eslatmalar tasdiqlangan. Sifatsiz turistik mahsulot iste’mol qilinganda yoki alohida xizmatlar qoniqarsiz bajarilgan holatlarda, norozi turistga tur qiymatining ancha qismi tovon tarzida to‘lanadi. Fikrimizga ko‘ra, turizmni tartibga solishning xuddi shu shakllari, turistik mahsuloti umumiy sifatini oshirish va turistlar huquq va manfaatlarini himoyalash, shuningdek, turizm sohasini umuman tartibga solishning eng samarali vositalaridan biridir. Turistik mahsulot sifatini oshirish maqsadida mazkur qoidalarning joriy etilishi, turizm bozorini muayyan darajada rivojlantirishni, mukammal qonunchilik, birinchi navbatda ushbu sohada me’yorga keltirilgan andozalar va turistlarga xizmat ko‘rsatishga doir
23
boshqa aniq belgilab qo‘yilgan qoidalar mavjud bo‘lishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda, nafaqat iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, shu bilan birga jamiyatning o‘zi ham o‘zgarishlar jarayonini boshidan kechirayapti. Ushbu shart-sharoitda 1999 yil 20 avgustda “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning ishlab chiqilganligi alohida ahamiyatga egadir. Unga ko‘ra mazkur qonunning 8-moddasida turistik faoliyatni litsenziyalash turistik faoliyat litsenziya asosida amalga oshiriladi deyilgan. Turistik faoliyatni litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
94
tomonidan belgilanadi deb yozilgan.
23

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin