O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida^gi qonuni. Xalq so’zi. 1999 yil 20 avgust. Mol-mulkni sug‘urta qilish. Turli xil moddiy boyliklar sug‘urta munosabatlari ob’yektiga kiradi. Masalan:
yong‘indan va boshqa xavf-xatardan (tabiiy ofatdan) sug‘urta qilish;
buzib kirish yo‘li bilan o‘g‘irlik qilishdan, boshqa yovuz niyat bilan yoki g‘ayri qonuniy yo‘l bilan uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakatlardan sug‘urta qilish;
avtomobil transporti vositalarini sug‘urta qilish;
texnikaviy xavf-xatardan (qurilish-montaj ishlaridagi va hokazo xavf- xatardan) sug‘urta qilish;
oyna sinishidan sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa maxsus turlari;
ijara ishlarini sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa turlari.
Mas’uliyatni sug‘urta qilish. Yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha zimmaga olingan mas’uliyat bu sug‘urta munosabatlarining ob’ yekti hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi:
ish bilan ta’minlovchilarning mas’uliyatini sug‘urta qilish;
umumfuqaro mas‘uliyatini sug‘urta qilish;
avtomobil xo‘jaligi sohasida ishlovchi fuqarolar mas’uliyatini sug‘urta qilish;
ishonch va kafillik mas’uliyatini sug‘urta qilish.
Shuni ham aytish kerakki, faqat tijorat ishlarining o‘zida 200 dan ortiq sug‘urta turlari mavjuddir.
Turizmda sug‘urta tushunchasi
Respublikamizda turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish - sug‘urta qilishning maxsus ko‘rinishi bo‘lib, turistlarning mulkiy manfaatini u turistik safarda, sayohatda bo‘lganda himoya qiladi. Umuman olganda turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish, sug‘urtalashning xavfli bir turi bo‘lib, uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‘urta holatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta darajadagi zararlardadir. Asosan turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish hodisalariga baxtsiz voqealardan sug‘urtalash, kasalliklardan sug‘urtalash, o‘lim yoki qurbon bo‘lish hodisalari kiradi.
Afsuski, bizning ko‘pgina fuqarolarimiz “Agar bunday bo‘lsachi- yoki unday bo‘lsachi” degan fikr bilan bo‘lib, ya’ni ishonib-ishonmay ko‘ngli sug‘urta qilish xizmatlaridan to‘lmaganligi sababli, turistik safarlarga chiqayotgan paytida oldindan o‘zini sug‘urtalash hayoliga ham kelmaydi. Agarda Germaniya, Fransiya, Amerika va boshqa davlatga safarga chiqish oldidan bu borada so‘raladigan bo‘lsa, u allaqachon sug‘urta muassasasiga murojaat qilib, bunga erishganini bilib olish mumkin. Shaxsiy sug‘urta qilish turizmda alohida o‘rin tutadi, garchi sug‘urta qilish holatning turlari juda kengdir.
Masalan, Fransiyaning Shimolida qor chang‘isi dam olish maskanidagi “Inko” sug‘urta kompaniyasi tajribasini olsak. Turistlarning son suyagi sinishi natijasida uni murakkab holatda tog‘dan shifoxonaga tashishi, maxsus operatsiya, operatsiyadan so‘ng sog‘ligini tiklash jarayoni, aeroportga eltib qo‘yish, so‘ngra esa maxsus transportda maxsus nazorat ostida uyiga eltib qo‘yish jarayonlariga 17000 dollardan ziyod mablag‘ sarf bo‘lgan. Agar sug‘urta kompaniyalari bo‘lmaganda edi, aziyat chekkan turist iqtisodiy jihatdan, moliyaviy jihatdan tanazzulga yuz tutgan bo‘lar edi. Unga bo‘lsa bu faqatgina 15 dollarga tushdi, chunki tog‘ echkisi havaskori 2 xafta safarini sug‘urta qilgan edi. (Barcha sarf- xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘lab bergan). Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin masalan; Rossiyada turistlarning turistik sayohatlarga chiqish salmog‘i tobora ortib bormoqda. Har bir turist turistik sayohatni niyat qilgan bo‘lsa avvalo nimani bilish kerak degan savol tuq’iladi. Har bir sayohatga chiqqan turist avvalom bor sug‘urtaning nima ekanligini yaxshi o‘rganib olishi kerak. Bundan tashqari sug‘urtani foydasiz tovar sifatida qabul qilmasligi kerak. Hozirgi vaqtda Respublikamizda 60 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatayotganligi hammamizga ma’lum.
Moskvada 150 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadi, Sankt-Peterburgda 15 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari xorijga chiquvchi turistlarga o‘z xizmatlarini taklif qilmoqdalar.
Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el
tajribalari Sug‘urta badali (sug‘urta to‘lovi) ko‘rsatiladigan xizmatning murakkabligiga, turiga, turist o‘zi uchun xohlagan sug‘urta qoplamining miqdoriga, turist yo‘l olgan mamlakat holatiga bog‘liqdir. Vaholanki, ko‘plab sug‘urta kompaniyalar o‘z faoliyatini faqatgina tibbiy sug‘urta orqali emas, balki faoliyat diapazonini kengaytirgan holda quyidagi
Г\ Г xizmatlar orqali ham amalga oshirmoqda:
texnik xizmat: avtoturistning zarar ko‘rgan avtomobilini remont qilish yoki qo‘riqlash;
fuqorolar ishlari bo‘yicha;
yuridik qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, chunki Yevropaliklarga ma’lum va tushunarli bo‘lmagan qonunlar, an’analar va urf-odatlar bo‘lgan bir qator arab mamlakatlarida kutilmagan holat bo‘lishi mumkin.
mehmonxonalardagi o‘g‘irlatish, yo‘qotib qo‘yish hollarida, aviakompaniya xizmatidan foydalanganda va boshqalar.
Sug‘urta qiluvchining 2 xil faoliyat olib borish tizimi bo‘lib:
Sug‘urta qilingan shaxs o‘zining yashash joyiga qaytib kelgandan so‘ng xarajatlarni to‘lash (maxsus xujjatlar taqdim etish sharti bilan).
Sug‘urta qilingan shaxsga ma’lum muassasada xizmatlarni bepul qilishni ta’minlash.
Sug‘urta to‘lovchi hozirda ba’zi vaqtlarda sarf miqdorini dori- darmonlar orqali qoplamoqda. Hozirda hech bir sug‘urta kompaniyasi o‘z kuchi bilan fuqarolariga chet elda xizmat ko‘rsata olmaydilar. Shuning uchun sug‘urta kompaniyalari bu xizmatlarini ta’minlay oladigan chet el kompaniyalari bilan birgalikda ishlash majburiyati tug‘ildi. Bu chet ellik sheriklar: sug‘urta qiluvchi, xizmat ko‘rsatuvchi-sug‘urtachi, xizmat ko‘rsatuvchi, sug‘urtachi yangidan sug‘urta qiluvchi sifatida o‘zlarini tanitadilar yoki namoyon bo‘ladilar. Bu kelishuvning asosiy sharti: bunday sharoitda javobgarlikni ularga topshirib sug‘urta mukofoti miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib berish (tajriba ko‘rsatishicha bu miqdor 65-95 % atrofida).
Sug‘urta qilingan turist chet elga jo‘nash davomida bexosdan og‘rib qolganda, jismoniy shikastlanganda odatda ko‘ngilli xizmat ko‘rsatiladi. Biroq agarda biror kishi ma’lum muddatga (2-3 oydan ko‘proqga chegaradan tashqariga chiqadigan bo‘lsa, uning o‘zi yoki oilasi tushib qolishi mumkin bo‘lgan noqulay holatni to‘g‘ri baholay olib, u paytda qo‘shimcha yordam berishni tashkillashtirish zarur. Chet elda chet el fuqarolari uchun ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat - to‘lovli va qimmatdir. Oddiy misol, chet el sug‘urta kompaniyalarida ko‘richakni olib tashlash uchun qilinadigan operatsiyani olsak, to‘rt kun kasalxonada bo‘lish, zarur