A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Гвозденко А.А. Страхование в туризме. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. -24-27 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə21/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

26 Гвозденко А.А. Страхование в туризме. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. -24-27 с tashxizlar va tekshirishlar uchun eng kami 15000 dollar sarflanadi, agar turistning rejadan tashqari xarajatlari hisobga olinsa: (mehmonxonada turishi, oziq-ovqat, transport va boshqa xarajat) bu summa turistik guruhning 1 haftalik xizmatiga yaqinlashib qoladi.
Bizning fuqarolarimizda esa kolliziya (collisio) holatida zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yo‘q. Masalan; Rossiya sug‘urta bozorlarida hozir ish juda faol ketmoqda, turistlarni sug‘urta qilishga talab juda katta, hatto oxirgi vaqtda bozorning bu sektorida ba’zi o‘ziga xos raqobatlar ham vujudga kelmoqda.

  1. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari

Turist sug‘urta muassasasining bir mijozi sifatida tashkilotning zarur holatda yordam qanchalik tez va kerakli darajada bo‘lishi bilan qiziqadi. Bu tashkilotning qaysi chet el sug‘urta yoki xizmat tashkiloti bilan birga ishlayotgani ham muhim ahamiyatga ega. Javobgar sug‘urta tashkilotlari, sotuvchi sug‘urta muassasalari hozirgi vaqtda assistance yordamiga shoshadi va hokazo. Masalan; Rossiyada sug‘urta kompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachi orqali tibbiy yordam va boshqa xizmatlarga ixtisoslashgan firma bilan shartnoma tuzadi. Taklif qilingan xizmatlar jadvali juda keng, toki vizalarni tayyorlash va chiptalarni almashtirishgacha bo‘lgan muammolarni hal qilishadi.
Masalan Shveytsariyaning ELITA sug‘urta kompaniyasi GSF “Stinvest” bilan hamkorlikda avtomobilchilar uchun maxsus xizmatlar taklif qilgan. Mashina urilganda, avtohalokatda, texnika uzoq masofani bosib o‘ta olmaydigan holatda, firma yo‘lovchilar va haydovchini o‘z yurtiga qaytishini ta’minlaydi. Keng qamrovli va anchadan beri ishlab kelayotgan (1959-yildan beri) fransuz kompaniyasi - assistance GESA (Groupe Europen S .A) mijozni yuridik yordam va qarindoshlariga xabar berish bilan ta’minlaydi. GESA boshqa adresga ketib qolgan yukni qaytarishni ta’minlaydi yoki hujjatlarni yo‘qotib qo‘ysangiz yordam beradi, shu bilan birga sug‘urta qilingan shaxsni bolalarini qaytarishni ta’minlaydi. (mabodo boshqaruvchi kerak bo‘lib qolsa). Bu kompaniya muassasalari quyidagilarni taklif qiladi. “ROSNO” “Planeta fond”, “Evropolis”, “Medaso”. GESA faol ravishda o‘z xizmatlarini jahon bozorlarida yurgizib turibdi. Uning tarmoqlaridan foydalanish va tegishli polislarni sotish huquqiga ega bo‘lishlari uchun sug‘urtachilar “sug‘urtalash jamiyati”ga murojaat qilishi kerak, u “GESA” ning Rossiyadagi vakilidir. Shuningdek, imtiyozli tarifli “minimal polis” larni o‘z ichiga olgan turli spektrdagi bir nechta polis turlarini sotish ham ta’minlanadi. Kelishuvga binoan sug‘urta kompaniyalari hamkori bilan polis tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ham belgilab oladi. Keltirilgan xizmatlarni bajarish mas’uliyati assistance kompaniya zimmasida yotadi va hamkor o‘rtasidagi hisoblar avans yoki xizmat haqi “asos bo‘yicha” kelishuv bo‘yicha olib boriladi. Har bir assistance kompaniya, polis amal qiladigan mintaqalarda joylashgan navbatchi markaz va byurolardan tashkil topgan tarmoqqa ega Sug‘urtalash vaqti kelganda mijoz polis yoki identifikshezion kartochkada ko‘rsatilgan biron bir navbatchi markaz telefon nomeriga qo‘ng‘iroq qilishi kerak. Navbatchi markaz chaqiruvini mijoz uchun eng yaqin bo‘lgan byuroga jo‘natadi. U xizmatning bevosita tashkillatishi bilan shug‘ullanadi va barcha xarajatlar qoplanishini tasdiqlaydi. Amalda markazning qanchalik ko‘p byurolari bo‘lsa, mijoz uchun shuncha tez yordam beradi. Sug‘urta kompaniyalari ichida (shu o‘rinda o‘z mijozlariga) xizmat ko‘rsatuvchi barcha assistance kompaniyalar obro‘li hisoblanadi. Ular Yevropani ham yetarli darajada qamrab olgan. Agar turistlar Yevropadan tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, sug‘urta kompaniyasida uning xorijiy hamkori turist bormoqchi bo‘lgan hududda qanchalik borligini aniqlashga harakat qiladi. ASK “Iventa” (“Euenta”) sifatli xizmatining kafolati bo‘lib, xorijda Yevropadagi medasismont kompaniyalarning eng obro‘lilaridan biri bo‘lgan “Roland assistance” (Germaniya) hisoblanadi. ASK “Ivento” polisi transnatsional, sug‘urta kompaniyasi tomonidan “I-ES-Ji” (ESG) da 100 mlrd. dollardan ortiq kapital bilan ishonchli sug‘urtalangan. ESG (European Specialitu Group Hedical Consortion ) tarkibiga Mercantile va General, Bronto Union Re, Zurich Standia international, stockndm CUP Assurances va boshqalar kiradi. Dunyoning 50 mamlakatida ESG Roiiand assistance yordam markazi bilan bog‘lanish uchun bepul telefonlar bor. Sug‘urtalash holati duch kelganda xorij tilida gapiruvchi operatorga telefon qilindi deylik (telefonlar polisda ko‘rsatilgan). Bunda mijoz kasallangan turistga davolanish, ko‘rinish, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, avtotransport evakuatsiyasi kabi xarajatlarga ketadigan moddiy hisobotlarda qatnashmaydi. Tibbiy xarajatning yana bir varianti bo‘lib, g‘arb kompaniyalari ulushi bo‘lgan polislarni sotib olish kiradi. Bunday polislarni Germaniya hududiga boruvchilar sotib olishlari ma’qulroq bo‘lgan Germaniyaning “Kolonia” kompaniyasi bilan mas’uliyatni bo‘lib oluvchi Moskvaning “Ruslan” kompaniyasi sotadi. Masalaga yaqindan yondashadigan bo‘lsak chet el sug‘urta kompaniyalarining barchasi bir- birlari bilan uzviy aloqada bo‘lishadi. Bizning Respublikamizda ham turistlarni sug‘urtalashda chet el turistik sug‘urta kompaniyalari bilan aloqani mustahkamlashni joiz deb bilamiz. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida chet el tajribalaridan foydalanish turistlarimiz uchun ham sug‘urta kompaniyalari uchun ham juda katta foyda keltiradi deb o‘ylaymiz.
Xulosa
Umuman olganda turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish, sug‘urtalashning xavfli bir turi bo‘lib, uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug‘urta holatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta darajadagi zararlardadir. Asosan turistlarni shaxsiy sug‘urta qilish hodisalariga baxtsiz voqealardan sug‘urtalash, kasalliklardan sug‘urtalash, o‘lim yoki qurbon bo‘lish hodisalari kiradi. Afsuski, bizning ko‘pgina fuqarolarimiz “Agar bunday bo‘lsachi-yoki unday bo‘lsachi” degan fikr bilan bo‘lib, ya’ni ishonib-ishonmay ko‘ngli sug‘urta qilish xizmatlaridan to‘lmaganligi sababli, turistik safarlarga chiqayotgan paytida oldindan o‘zini sug‘urtalash hayoliga ham kelmaydi. Bizning respublikamizda ham turistlarni sug‘urtalashda chet el turistik sug‘urta kompaniyalari bilan aloqani mustahkamlashni joiz deb bilamiz. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida chet el tajribalaridan foydalanish turistlarimiz uchun ham sug‘urta kompaniyalari uchun ham juda katta foyda keltiradi deb o‘ylaymiz.
Nazorat savollari

  1. Turizmda sug‘urta tushunchasi nima?

  2. Turistlarni sug‘urta qilishdan maqsad nima?

  3. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el tajribalari qanday?

  4. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari nimalar?

  5. Xorijiy mamlakatlarda turistilarni sug‘urta qilish qanday amalga oshiriladi?

  6. Rossiyada turistik sug‘urta tizimi qanday amalga oshirilmoqda?

  7. O‘zbekistonda turistlarni sug‘urta qilish qanday amalga oshiriladi?

  8. Sug‘urta tashkilotlariga hukumat tomonidan qanday shartlar belgilanadi?

  9. Turistlarni sug‘urta qilishning nesta usuli mavjud?

  10. Turistik sug‘urta miqdori qanday bo‘lishi kerak?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. Гуляев В.Г. Правовое регулирование туристской деятельности. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 360-364 с.

  3. Лифиц И. М. Стандартизация, метрология и сертификация: Учебник. - М.: Юрайт-Издат. 2006. - 36-39 с.

  4. Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. - 92-95 с

  5. Гвозденко А.А. Страхование в туризме. Учебное пособие. - М.: Академия, 2005. -24-27 с

  6. www.world-tourism.org - Всемирная туристская организация

XlV-bob. TURIZMDA SHARTNOMA MUNOSABATLARI

  1. Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari

  2. Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari

  3. Turistik shartnomaning zaruriy shartlari

  1. Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy

hamkorlik munosabatlari
Mahsulot o‘tkazish tarmoqlari va kichik turistik firmalarning qayta tashkil topishidan bozor tomon ilk qadamlari chakana va kichik savdo firmalari bilan hamkorlik qilishdan boshlanadi. Bunda ularning sotuvdagi spetsializatsiya hisobi kerak, u turistik mahsulotning turoperator tomonidan taklif qilingan shakliga mos tushishi kerak. Xorij bozorga kiruvchi firma strategiyasida xorijiy hamkorlarning xududiy joylashuviga e’tibor berish kerak, u sotuvda muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot o‘tkazish bo‘yicha hamkor tanlashda 3 ta shartga e’tibor berish kerak; huquqqa egaligi, kreditga egaligi va hamkorlik imkoniyati.
Huquq imkoniyati - bu firmaning turistik xizmat ko‘rsatishga huquq asosi borligi. Huquqiy milliy qonunchilik tomondan belgilanadi va ko‘pgina davlatlarda turli yuridik shakllar bilan belgilanadi (masalan, litsenziya, patent, savdo registridagi registratsiya). Bu kabi hujjatga ega bo‘lmagan yuridik shaxs turistik firma hisoblanmaydi. Shuning uchun turistik firmaning huquqiy qobiliyatlilik saviyasi u bilan hamkorlikda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim soha bo‘lishi kerak. Firmaning huquqiy holati haqida litsenziya yoki patentning nusxasi, savdo registridagi ruxsat yoki rasmiy tashkilotlarning sertifikatlari guvoh berishi mumkin. Firmaning huquqiy holati haqida uning milliy yoki tashqi turistik assotsiatsiya yoki tashkilotga a’zoligi ham guvoh beradi. Ma’lumki bu tashkilotlarga faqat turistik faoliyatga ega bo‘lgan firmalar kiradi. Bu milliy assotsatsiyalar o‘z shartlariga ko‘ra o‘z a’zolari ustidan ruhiy va moddiy mas’uliyatga ega va ularning qonunga rioya qilishlari jiddiy nazorat qilinadi. Huquqiy imkoniyatni o‘rganayotganimizda, turfirmaning transport kompaniyasi bilan shartnomaga egaligini ham nazarda tutish kerak. Transport kompaniyasining (aviatsion, temir yo‘l, dengiz yo‘li va avtotransport) turistik firmani agent qilib saylanishi ham uning transport kompaniyasi tomonidan ishonchga ega ekanligini ko‘rsatadi. Chiptalar qattiq moddiy nazorat hujjati hisoblanadi. Bunday ishonch faqatgina turfirmaning ish faoliyati chuqur o‘rganilganda beriladi.
Kredit kompaniyasi - ostida firmaning shartnoma tuzishga yetarli mablag‘ining borligi tushuniladi. Huquqiy imkoniyat firmada o‘z yuridik kuchiga ega ekan o‘zgarmas xarakteri hisoblanadi, lekin kredit kompaniyasi bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Ba’zi turistik firmalar o‘z tajribalarida shunday ahvolga guvoh bo‘lishganki, xorijiy turfirma bank hisoblarida ba’zi kunlarda millionlab amerika dollari bo‘lgan, lekin bir necha kundan so‘ng esa u hisoblar bo‘sh bo‘lishgan. Ko‘pincha firmalar o‘z kredit imkoniyatlari haqida isbot sifatida bank referansini ko‘rsatishadi, bankdan mablag‘ning taxminiy hisobi haqida ariza olib kelishadi. Lekin, bu arizalar yetarli emas, bundan tashqari u shartnoma tuzishga asos bo‘la olmaydi. Turistik firmaning kredit imkoniyatiga bank kafolat beradi. Lekin bank firmaning maxsus shartnomasisiz bunday kafolat berishiga haqli emas, bu holatda u firmaning moddiy amallari uchun mas’uliyat olgan bo‘ladi. Bank kafolat bo‘lganda, firma hisobidan kerakli summani oladi va uni kafolat depoziti sifatida saqlaydi. Bu firma uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan olish demakdir va u bunga o‘z xohishiga deyarli zid rozi bo‘ladi. Shuning uchun firma bilan shartnoma tuzishda shartlarni yaxshi ko‘rib chiqish kerak. Qiziqishlarni eng haqiqiy yo‘l bilan ta’minlash firma hisobiga ko‘ra bu undan avans to‘lovini olishda imzolangan shartnomaga bog‘liq ravishda avans to‘lovlari depozit va pay kuni sifatida qo‘llanishi mumkin. Depozit-kelishuv umumiy narxining kelishilgan qismi bo‘lib, hamkorlik amalga oshirilgunga qadar kafolat sifatida so‘nggi hisoblarni turistik firmaga o‘tkazishidir. So‘nggi hisobga ko‘ra depozit shartnomaning umumiy to‘lov narxiga qo‘shiladi. Shartnoma rad qilinganda depozit asos solgan tomonga qaytariladi.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda depozitning ikki shakli mavjud. Birinchisi- xaridorga yil davomida ko‘rsatiladigan xizmat to‘lovi hisobiga qo‘shiladi. Bunday depozit yil boshida o‘tkaziladi. Uning (10-15 %) hajmi shartnoma tuzayotgan tomonlar shartlariga ko‘ra belgilanadi. Yil oxirida u so‘nggi operatsiyada hisoblanishi mumkin. Depozitning ikkinchi shakli har bir turistik xizmat uchun qo‘llaniladi, ko‘pincha turistik guruhlarni qabul qilishda: bu holatda depozit har bir kelgan guruhga kelishilgan vaqtda va kelishilgan hajmda (50-60 %) o‘tkaziladi. Hamkor bilan hisobda shunga e’tibor berish kerakki, turagent qarz olgan mablag‘dan depozit mablag‘ hajmi ko‘p bo‘lmasligi kerak. Turistik korxonalar potensial turagentni puxta tanlashi, uning ishonchliligini va ish faoliyatini o‘rganishi va undan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzishi kerak. Turizmda turistik korxonalar hamkorlarni mahsulotga qo‘yilgan sotish masalalari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlaydilar, ular hamkorlarni tanlashda quyidagi omillarni e’tiborga olishlari lozim;

  • turlarning amaliy yo‘nalishi (dam olish, biznes safarlari, ov va boshqalar);

  • huquq va burch ko‘lami;

  • belgilangan hudud, korxonalar guruhining mavjudligi;

  • potensial turistlar guruhining ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa belgilari;

  • savdo usullari va texnologiyasining turi;

  • o‘zaro hisob - kitoblarning turi;

  • turizm doirasidagi ish tajribasi va imidji;

  • faoliyatning berilgan turidagi litsenziyaning mavjudligi.

  1. Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari

Jahon tajribasida tashkilot usullarining agentliklar bilan o‘zaro aloqasi va agentlik tarmoqlarining qurilishi tashkil topgan va yaxshi ishlangan. Bu murakkab zanjirning hamma xalqalari agentlik shartnoma asosida, ba’zilari odatdagi turlarni sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta’sir qiladi. Qoida bo‘yicha, agentlik shartnomasida ikkita qatnashuvchi bo‘ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga ko‘ra agentlik shartnomasi ahdnoma topshirig‘iga yaqin, har qanday holatda ham agentlik shartnomasi - ishlab chiqaruvchi va agent sotuvchi orasidagi ahdnoma bo‘lib, agentlik rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha turlarni sotish va jo‘natish ishlarini amalga oshiradi. Agenlik bitimini tuzish shartlari har bir davlatning fuqarolik kodeksida bo‘ladi va agentlik shartnomalariga topshiriq va komissiya ahdnomalari haqidagi qoidalar qo‘llanishi belgilangan. Bunga mos ravishda agentlik shartnomasi quyidagi sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin.

  • bir tomon (turagent) o‘z nomidan va boshqa tomon hisobiga (turoperator) belgilangan yuridik kuchni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;

  • bir tomon (turagent) mukofotlash uchun boshqa tomon (turoperator) topshirig‘i bo‘yicha yuridik va boshqa faoliyatlarni o‘z nomidan va turoperator (prinsipial) hisobiga bajarish majburiyatlarini oladi. Bunda agar turagent turist bilan turni o‘z nomidan sotish bo‘yicha ahdnoma tuzsa u turist oldidagi huquq va majburiyatlariga turist bilan tuzilgan bitimda turoperator aytilgan yoki aytilmaganligidan qat’iy nazar, turistga turoperator bevosita xizmat qilishidan qat’iy nazar ega bo‘ladi. Agar turist bilan ahdnoma agentlikdagi turoperator nomidan tuzilsa, turist oldidagi huquq va majburiyatlar bevosita turoperator tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda turagent turoperator belgisi ostida harakat qiladi va hamma turist bilan o‘zaro munosabatlar turoperator bilan o‘zaro munosabatlarga o‘xshab rasmiylashtiriladi.

Har qanday holatda ham bunday bitim turagentga ishini turoperator mahsulotini sotish bo‘yicha bajarganligi uchun mukofotlash haqini nazarda tutadi. Odatda bu komission mukofotlashdir, lekin har bir sotilgan turistik mahsulot uchun belgilangan mablag‘ ham bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma shartlarida qayd etilgan. Agentlik shartnomasi o‘z qatnashuvchilarining huquqlarini cheklashi mumkin. Undagi qonunlarga ko‘ra turoperatorning belgilangan ahdnoma doirasida harakat qiluvchi boshqa agentlar bilan agentlik ahdnomalarini tuzmaslik yoki agentlik ahdnomasi mavzusini tashkil etuvchi analogik, mustaqil faoliyat hududida bajarishdan bosh tortish majburiyatlari bor bo‘lishi mumkin. Lekin bunday shart kamdan-kam uchraydi. Bitimda turagentning boshqa turoperatorlar bilan analogik agentlik ahdnomalarini tuzmaslikka majbur qiluvchi, turlar savdosini mo‘ljallovchi, ahdnomada ko‘rsatilgan hudud bilan butunlay yoki qisman to‘g‘ri keluvchi hududda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan turistik xizmatini cheklash ham nazarda tutilishi mumkin. Bitimda albatta turagentning o‘tkazilgan savdolar bo‘yicha turoperator oldidagi hisobot muddati va shartlari belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi orqali turagentga turoperator oldidagi subagent harakati uchun javobgar bo‘lgan holda subagentlik ahdnomasini tuzish huquqi ruxsat etiladi. Turistik agentliklardan mahsulot sotadigan tarmoqni asosiy o‘ringa qo‘yuvchi turoperator yuridik shaxs bo‘lib, ba’zi xizmatlarni bajarishni yuklaydi. Agent sifatida esa yuridik firmaga (turagentlik) o‘xshab jismoniy shaxs ham (chakana agent) bo‘lishi mumkin. Agentlar bilan ishlash usullari turoperatorning barqaror ijobiy imidjini tuzishga va agentlik tarmog‘ining qatnashuvchilari bilan foydali ta’sirini yaratishga yo‘naltirilgan. Agentlik bitimi yozma rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak, garchi ba’zi mamlakatlarda, masalan, Amerikada og‘zaki shartnomaga ruxsat etilsa ham, O‘zbekiston qonunlariga binoan ahdnoma va bitim yozma ko‘rinishda, undan ham yaxshisi yozuv mashinasi yoki kompyuter printerida ko‘chirgich qog‘oz orqali bosib chiqarilgan bo‘lishi kerak. Bitim matnining hajmi tomonlarning aloqalariga, mavzu murakkabligiga va bu bitim ob’yektiga bog‘liq. Shartnoma shartlari qanchalik batafsil bayon qilinsa, sheriklarda ishlash va paydo bo‘lgan muammolarni janjal va to‘qnashuvlarsiz hal etish oson bo‘ladi. Teks hajmidan qat’iy nazar agentlik bitimi zarur atributlarga ega bo‘lishi kerak, ularsiz u ma’nodan mahrum bo‘ladi yoki bo‘lmasa haqiqiy emas deb olinadi.

  1. Turistik shartnomaning zaruriy shartlari

27
Turistik shartnomaning zaruriy shartlariga quyidagilar kiradi:

  1. Shartnomani nomlash. Ahdnomaviy ish yuritishda hujjatlarni individuallashtirish qabul qilingan, shuning uchun har bir shartnoma o‘z nomi va ro‘yxat raqamiga ega bo‘lishi kerak. Raqamlashda tomonlar ish tartibi bo‘yicha kelishadi, masalan, ikkitalik raqam beriladi: bittasi biror sherikning ro‘yxati bo‘yicha, keyingisi boshqa sherik ro‘yxatining chizih raqami orqali.

  2. Bitim joyi va sanasi. Shartnoma haqiqiyligini baholash masalasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan huquqni aniqlash uchun albatta uning imzolanish joyini, shuningdek sanasini ko‘rsatish kerak bo‘ladi (tuzish va bajarish).

  3. Shartnoma ishtirokchilarini ta’riflash (hujjat preambulasida joylashadi).

Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • shartnoma ishtirokchilarining yuridik nomlari;

  • shartnoma matnida eslatish uchun qisqacha nomlash;

  • ro‘yxatga olish haqida guvohnoma raqami, sana va ro‘yxat raqami;

  • faoliyatning ushbu ko‘rinishdagi litsenziya raqami va uning berish sanasi;

- hujjatni imzolovchi shaxslarning lavozimlari va familiyalari, ismlari, shariflari. Agar hujjatni imzolovchi shaxslar topshiriq bo‘yicha
harakat qilinsa, shartnomaga bu shaxslarning qonuniy huquqqa ega ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, notariusda tegishlicha rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozi) qo‘shib qo‘yiladi. Bu ishonch qog‘ozi shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ishonch qog‘ozining asl nusxasi sherik shartnomasining boshqa namunalariga ko‘chirmalar qo‘shib qo‘yiladi. Ilovada shartnomaning qaysi nusxasiga ishonch qog‘ozining asl nusxasi qo‘shib qo‘yilgani va u sheriklarning qaysi birida joylashganligi ko‘rsatiladi;

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin