davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash bo‘yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i
Bir qator mamlakatlar, shu jumladan Ispaniya va Gretsiya soliqlar amortizatsiya ajratmalari va oborot uchun soliqlar to‘lash bo‘yicha sarmoyadorlarga imtiyozlar beradilar. Ba’zi mamlakatlarda korxonalar faoliyatining dastlabki yillarida ularni daromad solig‘idan ozod etish, shuningdek, qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashda imtiyozlar berish amaliyoti qo‘llaniladi. Bundan tashqari mehmonxonalar uchun asbob- uskunalar va sayohat uchun transport vositalarini import qilish paytida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar (umuman ozod qilishgacha) beriladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turizm va mehmonxona faoliyati uchun 6- 25% atrofida bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini (QQS) tenglashtirishga yo‘naltirilgan siyosatni olib boradilar. Misol uchun, Germaniya va Luksemburgda o‘rtacha QQS miqdori 15% qilib belgilangan. Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25%ga teng. Ispaniyada joylashtirish uchun QQS o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi va mehmonxona darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmatlari), avtomobillarni ijaraga olish uchun QQS esa 16%gacha yetadi. Gretsiyada joylashtirish va ovqatlanish uchun QQS 8% ni tashkil qiladi va hukumat nomavsumiy paytlarda turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalarga imtiyozlar tizimini ishlab chiqqan. Fransiyada turizm faoliyati uchun QQS o‘rtacha 10% ni, shu jumladan joylashtirish uchun 6% ni, ovqatlanish xizmatlari uchun 19% ni tashkil qiladi. Avstriyada joylashtirish va ovqatlanish uchun QQS 10% miqdorida belgilangan. Lekin turistik soliqlar to‘g‘risidagi federal qonunga asosan barcha turistik tashkilotlari har bir turistning yashashi uchun mahalliy to‘lov to‘laydilar (jamoa hududida- jamoaga, kurortlarda-kurort jamg‘armasiga). To‘lov miqdori mavsumga qarab o‘zgarishi mumkin, bunda shifoxona bemorlari (6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari va talabalar) bu to‘lovlardan ozod etilgan. Yevropaning ba’zi mamlakatlarida turistik tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun imtiyozli tariflardan foydalanadilar. Ko‘pchilik hollarda turistik firmalar valyuta daromadining 20% gacha bo‘lgan qismi daromad
on
solig‘idan ozod qilingan.
Davlat tomonidan shuningdek yangi turistik ob’yektlarning qurilishi uchun yerlarni past narxlarda sotish va ma’lum muddatga ijaraga berish (Kiprda 99-yilga, Isroil va Turkiyada 49-yilgacha) yo‘li bilan rag‘batlantiriladi, bunda ijara muddati tugagach yana shuncha yilga cho‘zilishi mumkin.
Atrof-muhitning tez sur’atlar bilan ifloslanib ketayotganligi munosabati bilan turizm sohasidagi davlat siyosati ko‘proq atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilmoqda. Bir qator mamlakatlarda turizmda atrof-muhitni himoya qilishni ham rejalashtirishni nazorat qiluvchi maxsus hay’atlar faoliyat yuritadilar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Skandinaviya davlatlari).
1992 yilda Rio-de Janeyro shahrida Jahon turizm tashkiloti XXI asr uchun ish dasturini qabul qilgan bo‘lib, unga 182 davlat birikkan. Ushbu dasturning amalga oshirishda asosiy vakolat turizm bo‘yicha davlat muassasalariga berilgan. Reja uzoq muddatli dasturlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy qurolga urg‘u beradi:
odamlar va atrof-muhitni himoya qilishni nazarda tutuvchi yangi tovarlar ishlab chiqish yoki amaldagi choralarni kuchaytirish;
turizm industriyasida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tozaligini kafolatlash uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish.
Davlat idoralari turizmda uzoq muddatli dasturlarni yaratishda yetakchi o‘ringa ega. Bir qator mamlakatlar bunday dasturlarga ega (Rossiya, Finlandiya, Avstria, Fillipin va boshqalar). XXI asr uchun ish dasturi turizm bo‘yicha davlat idoralari oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo‘yadi: