A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. - 94 -96 с



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə25/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. - 94 -96 с

  • turizmning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini rejalashtirish,

  • rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ma’lumot almashish;

  • jamiyat barcha qismlarining turizmni rivojlantirishda qatnashuvi;

  • yangi turmahsulot tushunchasi;

  • amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash;

  • xalqaro faoliyatda hamkorlik o‘rnatish.

Dasturning birinchi vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi, turizmning rivojiga yo‘naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa tizimlarning faoliyatini baholash;

  • turizmning xususiy va davlat tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik;

  • turizm tarmog‘iga soliq va to‘lovlar solish shu tariqa belgilanishi kerakki, turizm infratuzilmasini kengayshtirish, atrof-muhitni yaxshilash va boshqa maqsadlar uchun yetarli mablag‘lar bo‘lsin;

  • tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog‘liq ekologik xarajatlarni hisobga oluvchi narxlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish.

Iqtisodiy rag‘batlantiruvchi choralar shuningdek turistik firmalarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini rag‘batlantirish uchun ham ishlatilishi kerak. Ikkinchi vazifa o‘z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o‘z navbatida suv resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalalar ko‘rib chiqish zaruratini tug‘diradi.
Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. Maktablarning o‘quv rejalariga turizm ekologiyasi bo‘yicha o‘quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Umuman olganda turistik tashkilotlardan olindigan soliq ta’riflari har bir davlatning ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mamlakatimizda ham turizmda soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha imtiyozlar yaratilmoqda. Xorijiy malakatlarda turistik kompaniyalar bir qancha soliq to‘lovidan ozod qilingan. Jumladan Ispaniya, Gretsiya, Germaniya davlatlarida soliq mexanizmi ancha takomillashgan. Ushbu davlatlarning tajribalaridan mamlakatimiz turizmi sohasida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu esa mamlakatda turizmning rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida chet el tajribalaridan foydalanish turistik kompaniyalarga yaratiladigan soliq imtiyozlarida juda katta foyda keltiradi deb o‘ylaymiz.
Nazorat savollari

  1. Turizmda soliq tushunchasi nima?

  2. Turistik faoliyatni soliqqa tortish tartibi qanday?

  3. Turistlar va turistik tashkilotlarni soliqqa tortishning chet el tajribalari qanday?

  4. Turistlarning soliq kompaniyalari bilan qiziqish sabablari nimalar?

  5. Xorijiy mamlakatlarda soliq solish tizimi qanday amalga oshiriladi?

  6. Rossiyada turistik soliq tizimi qanday amalga oshirilmoqda?

  7. O‘zbekistonda turistik faoliyatni soliqqa tortishda qanday imtiyozlar yaratilgan?

  8. Turizmda soliq tizimini takomillashtirish mexanizmi nima?

  9. Turizmda qanday soliq turlari mavjud?

  10. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i nima?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprel.

  3. Крылова Г.Д. Основы стандартизации, сeртификации, мeтрологии: Учeбник. - М.: ЮНИТИ-ДАНА. 2006. - 245 -248 с.

  4. Alieva M.T., Mirzaev M va boshq. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Talqin. 2003. - 45 b.

  5. Боголюбов В.С. Экономика туризма. Y4e6Hoe пособде. - М.: Акадeмия. 2005. - 94-96 с

  6. www.world-tourism.org - Всeмирная туристская организация

XULOSA
Respublikamiz iqtisodiyotida kelajakda katta salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri turizm infratuzilmasidir. Bu sohaga e’tiborning qaratilishi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol aholisini bu yerlarga jalb qilish, mamlakat g‘aznasiga valyuta tushirish va shu orqali aholining turmush farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlanishiga davlat siyosati, reklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar, raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muhim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ayniqsa davlat siyosati va ular o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi ham turizm iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy-madaniy obidalari, tog‘li hududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan mamlakatimizga kelishni rejalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yevropaliklarning soni 20 mln.dan ortiqdir. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, mehmonxonalar soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi.
Haqiqatdan ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Bu sohaning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga tatbiq qilinayotgan islohotlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotda turizm muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qay turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish- irodasini bilish, eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, xavfsizligini ta’minlash, talablarini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati vazifasiga kiradi.
O‘zbekistonda turizm iqtsodiyotini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda dunyo standartlari darajasida bozor iqtisodiyoti modelining turizmga kirib kelishini ta’minlashdir. Jamiyat ehtiyoji turistlar talabini ichki va tashqi turizm xizmatlarini qondirish, shu bilan xizmat importi va eksportiga bo‘lgan xalqaro talabni o‘rganish, aholining ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga bog‘liq. Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib quyidagi takliflar bayonini keltiramiz:

  • respublika turizmida resurslarning samarali ishlatilishi uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni keng avj oldirish;

  • zamonaviy turistik komplekslar bunyod etish, ularni xalqaro andozalarga moslash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;

  • yirik xorijiy turfirmalar bilan barcha turistik xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini tashkil qilish;

  • jahon turistlarining talabini o‘rgangan holda milliy taomlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

  • yuqori malakali menejer, barmenlar va malakali xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlovni yo‘lga qo‘yish;

-O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishida milliy xususiyat, milliy an’analarni e’tiborga olgan holda reklama va targ‘ibot ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish va h.k.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi monitar boshqarish modeli moliyalashtirishning shakllanishiga asoslangan. Bunday boshqaruv turistik mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Ko‘pgina davlatlar uchun 30% chet el valyutasi umumiy tushumidan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlayapti.
Turizm sohasida markazlashgan modeldan bozor monetar modeliga o‘tish uchun birinchi bosqichda ichki va tashqi turizmda tizimlar yordamida chuqurlashtirish va makro darajada o‘zgarishlar qilish kerak. Ikkinchi bosqichda milliy-tarixiy ob’yektlarni qayta tiklashni, servis xizmatini yaxshilashni ko‘zda tutish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2008 yil.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 y. 20 avgust.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari

  1. O‘zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1995 yil 2 iyundagi 1162 raqamli ”Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Rеspublikasining ishtirоkini avj оldirish va respublikada Хalqarо turizmni rivojlantirish borasidagi chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni. //Xalq so‘zi, 1995 yil 3- iyun.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekturizm” MKsining tashkil topishi” to‘g‘risidagi farmoni № PF-447. //Xalq so‘zi. 1992. 27 iyul.

5 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №346 1998 yil 8 avgustda qabul qilingan “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishi. //Xalq so‘zi, 1998 yil 9 avgust.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 maydagi “Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini 2006-2010 yillarda rivojlantirish haqida”gi PQ-325-sonli qarori.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar haqida”gi PQ-640-sonli qarori.

  1. O^zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va O^zbekiston Respublikasi vazirliklarining huquqiy- me’yoriy

hujjatlari

  1. Sayyohlarining O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi nizom. “O‘zbekturizm” MK. 13.09.2004 yil 23-son.

  2. “Turizm faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risida”gi nizom. 2003 y №-497.

  1. O^zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

  1. I. Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. .”Xalq so‘zi”, 2011 yil 22 yanvar.

  2. I.A.Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010 yil, 13 noyabr.

  3. I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2010. - 80 b.

  4. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. /-T.: O‘zbekiston, 2009.-56 b.

  5. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish - taraqqiyotimizning muhim omilidir. - Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. // Xalq so‘zi, 2010 yil 8 dekabr.

  6. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. Xalq so‘zi, 2006 yil 11 fevral.


  1. Yüklə 264,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin