O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprel
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprel shuningdek, turli yig‘imlar haqida ham fikr yuritiladi. Kodeksda soliq to‘lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat turlariga soliq to‘lashda imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8-bob "Daromad (foyda) solig‘I bo‘yicha imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 31-moddasi 12-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi daromad orttirgunga qadar, lekin uzog‘i bilan ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran uch yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili 50%, ikkinchi yili 75%, uchinchi yildan boshlab 100% miqdorida soliq to‘laydi",- deyiladi.
Kodeksning 21-bobi "qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar",- deb nomlanib, uning 71-moddasi 21-qismida: "turistik-ekskursiya
xizmatlari" qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinganligi bayon qilingan. Shuningdek, 28-bobi "Mol-mulk solig‘i stavkalari va imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 92-moddasida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan e’tiboran dastlabki foyda olgunga qadar, lekin ular ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o‘tgunga qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi", -deyiladi.
Kodeksning 31-moddasi "Yer solig‘i stavkalari va imtiyozlar",-deb nomlanib, uning 101-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalariga: "tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar) kiritilgan. Shuningdek, davlat g‘o‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, ixota daraxtzorlari egallagan yerlar; sport inshootlari, stadionlar, suzish havzalari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq to‘lashdan ozod etiladi.
Kodeksning 102-moddasi "Yer solig‘i to‘lashdan ozod qilingan soliq to‘lovchilar",-deb nomlanib, uning 7-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi foyda olgunga qadar, biroq bu muddat ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yildan oshmasligi lozim", -deyiladi.
Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va
qulayliklar Turistik safarlar sonining ortishi, ular geografiyasining kengayishi, transport vositalarining rivojlanishi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar davlatlar va hukumatlarning diqqat-e’tiborini turizmni rivojlantirish muammolari hamda milliy turizm tashkilotlarining yangi mavqega qaratmoqdalar. 1921-yildan boshlab Millatlar ligasi, BMTning, 1975- yildan boshlab esa Jahon turizm tashkilotining rahbarligi ostida turizm muammolariga bag‘ishlangan 20 dan ortiq xalqaro anjumanlar, kongresslar va tadbirlar o‘tkazildi. 1995-yil mart oyida Kadis shahrida (Ispaniya) JTT rahbarligi ostida turizm bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazildi va unda jahonnning 52 mamlakatidan kelgan parlamentchilar ishtirok etdilar. Ushbu forum shunday xulosaga keldiki, davlatlar turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishda yordam berishlari
29
zarur:
turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish;
turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o‘qitish uchun sharoitlar yaratish;
turistik ob’yektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni ta’minlash;
turistlar huquqlarini himoya qilish;
turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash;
turizmda qabul qilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’yektiv statistika hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy va statistik mexanizmlardan foydalanish;
turizm uchun foydali bo‘lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo‘li bilan milliy turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish.
Quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo‘llab- quvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi: