А. Авлоний номидаги халқ таълими муаммоларини ўрганиш ва истиқболларини белгилаш илмий-тадқИҚот институти ta'lim sifatini baholash bo‘yicha pisa, pirls, timss xalqaro tadqiqotlari dotsent Ergasheva Malohat Tursunovna



Yüklə 10,96 Mb.
səhifə3/12
tarix19.10.2023
ölçüsü10,96 Mb.
#157625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
UzsQDo18hS16jFrNT3S61PJ0IT5m0e9QoYK4lCcm

fizik
biologik
Yer va fazo

Kontekst
Savol formati
Kognitiv daraja

Mazmun sohasi

Mazmun sohasi


Fizik sistemalar
Tirik sistemalar
Yer va fazo sistemalari
KONTEKSTLAR
Mahalliy / milliy
Global
Shaxsiy
KOGNITIV DARAJALAR
Yuqori
O‘rta
Quyi. Bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalillar, terminlar, tamoyillar yoki tushunchalarni anglash
O‘rta. Hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda ma'lum bilimlardan foydalana olish va qiyoslay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish
Yuqori. Murakkab ma'lumotlarni tahlil qila olish, dalillarni umumlashtra olish, xulosalarni asoslash, muammoni hal qilish uchun reja ishlab chiqish
(topshiriqning qiyinchilik darajasi, bilish darajasi)
Kognitiv darajalar quyidagicha farqlanadi
Ўр Quyi

Daraja

Chegara ball

 

6

708

6-darajada o‘quvchilar fizika, hayot, Yer va fazo sohasidagi bir-biri bilan bog'liq ilmiy g'oyalar va tushunchalarga tayangan holda notanish tabiiy hodisa-jarayonlarni izohlovchi farazlarni taqdim etish yoki prognoz qilish uchun fanning mazmuniga oid, metodologik va epistemik bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ma'lumotlar va dalillarni izohlashda ular mavzuga tegishli va tegishli bo‘lmagan ma'lumotlarni ajrata oladilar va maktab o'quv dasturidan tashqarida egallagan bilimlariga tayanishlari mumkin. Ular ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan ma’lumotlarni boshqalaridan ajrata olishdi. 6-darajaga erishgan o‘quvchilar tadqiqotlar, kompyuter simulyatsiyalari va murakkab tajribalar o‘tkazishning muqobil yo‘llariga baho bera olishadi hamda o‘z qarorlarni asoslay olishadi.

5

633

5-darajada o‘quvchilar ko‘pgina sabab-oqibat aloqalarni o'z ichiga olgan hodisa-jarayonlarni izohlashda abstrakt ilmiy g'oyalar yoki tushunchalardan foydalanishlari mumkin. Ular tajribalarning muqobil loyihalarini baholashda murakkabroq epistemik bilimlardan foydalana olishadi hamda o‘z tanlovlarini asoslay olishadi, ma’lumotlarni talqin qilish yoki prognoz qilish uchun nazariy bilimlarni qo‘llay olishadi. 5-darajada o‘quvchilar berilgan savolni ilmiy tadqiq etish usullarini baholay olishadi va ma'lumotlar to'plamini talqin qilishda cheklovlar, jumladan, manbalar va ilmiy ma'lumotlardagi noaniqlikning ta'sirini aniqlay oladilar.

4

559

4-darajada o‘quvchilar o‘zlariga tanish bo‘lmagan yoki yetarlicha murakkab bo‘lgan hodisa-jarayonlarni izohlash uchun fanning mazmuniga oid murakkabroq yoki abstrakt bilimlardan foydalana olishadi. Ular cheklangan kontekstda ikki yoki undan ko'p mustaqil o'zgaruvchili tajribalarni o'tkazishlari mumkin. Ular metodologik va epistemik bilimlarga asoslanib, tajriba loyihasini asoslay oladilar. 4-daraja o‘quvchilar o'rtacha qiyinlikdagi ma'lumotlar to'plami yoki unchalik tanish bo'lmagan kontekstdan olingan ma'lumotlarni talqin qila olishadi, ushbu ma'lumotlar tahliliga asoslangan holda tegishli xulosalar chiqara olishadi hamda o‘z tanlovlarini asoslay olishadi.

3

484

3-darada o‘quvchilar tanish hodisa-jarayonlarning izohini aniqlash yoki izoh berish uchun o‘rtacha murakkablikdagi fanning mazmuniga oid bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ular unchalik tanish bo‘lmagan yoki murakkabroq vaziyatlarda tegishli yordam yoki belgi-ishoralarga asoslangan holda izoh berishlari mumkin. Ular cheklangan kontekstda oddiy tajriba o'tkazish uchun metodologik yoki epistemik bilimlarlaridan foydalanishlari mumkin. 3-darajada o‘quvchilar ilmiy va ilmiy bo'lmagan savollarni farqlay oladilar va ilmiy fikrni tasdiqlovchi dalillarni aniqlay olishadi.

2

410

2-darada o‘quvchilar tabiiy fanlar mazmuniga oid hamda metodologik asosiy va kundalik bilimlardan foydalangan holda tabiiy fanlarga oid oddiy bilimlar va asosiy metodologik bilimlariga asoslangan holda tegishli ilmiy izohni aniqlay olishladi, ma’lumotlarni talqin qilishadi, oddiy ilmiy tadqiqotda tadqiq etilayotgan savolni aniqlay olishlari mumkin. Ular oddiy ma'lumotlar to'plamidan to'g'ri xulosa chiqarish uchun tabiiy fanlarga oid asosiy yoki kundalik bilimlaridan foydala olishlari mumkin. 2-darajada o‘quvchilar ilmiy jihatdan tadqiq etilishi mumkin bo'lgan savollarni aniqlay olish orqali epistemik bilimlarini namoyish etishadi.

1a

335

1a darajada o‘quvchilar oddiy, tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilishadi va aniqlay olishadi. Ko‘rsatmaga asoslangan holda, ular oldingan loyihalangan, o‘zgaruvchisi ikkitadan ortiq bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin. u

1b

261

1b darajada o‘quvchilar o‘ziga tanish bo‘lgan yoki oddiy hodisa-jarayonlarning jihatlarini aniqlashda tabiiy fanlardan egallagan asosiy bilimlaridan foydalana olishadi. Ular keltirilgan ma’lumotlardagi oddiy qonuniyatlarni anglashadi, tabiiy fanlarga oid atamalarni bilishadi va tajribalarni bajarishda berilgan ko‘rsatmalarga amal qilishlari mumkin.

Yüklə 10,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin