SMART- ta’limga o‘tishni taqazo etadi .
Smart ta’limning
tashkiliy, texnologik va pedagogik kabi uchta muhim jihati
mavjud bo‘lib, ular “aqlli” ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi.
SMART-ta’lim (education) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun
jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun
o‘qituvchi, mutaxassis va ta’lim oluvchilarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini
birlashtirishdir.
Smart – o‘quv jarayoni – innovatsiyalar va internetdan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko‘p o‘lchovli ko‘rish
va ko‘p aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda
predmetlarni o‘rganish asosida
kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat
beradi [2].
V.P.Tixomirov bugungi ta’lim taraqqiyotining asosiy o‘rni haqida juda aniq
izoh bergan: “Ta’limning eski tizim parametrlari kishilarni SMART-jamiyatda
yashashi va ishlashi uchun tayyorlay olmaydi. SMART-texnologiyalarisiz
innovatsion faoliyat mumkin emas. Agarda ta’lim tizimi ushbu taraqqiyot
yo‘nalishdan ortda qolsa, u holda to‘xtab qoladi”.
Ta’lim sohasida SMART-texnologiyalar deganda quyidagilar tushuniladi:
aqlli-doskalar, aqlli-o‘quv qo‘llanmalari, aqlli-proektorlar, interaktiv va kommunikativ xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini yaratish va
tarqatishning dasturiy ta’minotlari.
“SMART-ta’lim” ta’limni axborotlashtirishni rivojlantirishning yangi
paradigma bo‘lib hisoblanadi. U ta’limni individuallashtirishni talab bo‘yicha
xizmat ko‘rsatish va ochiq ta’lim muhitini qo‘llab-quvvatlaydi.
Oqilona ta’limning mohiyati aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali aqlli muhitni
yaratishdir, shuning uchun aqlli pedagogikada shaxsiylashtirilgan ta’lim
xizmatlarini taqdim etish va o‘quvchilarning qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek,
qiymatni yaxshiroq baholash, yuqori fikrlash sifati va yanada kuchli xulq-atvorga
ega bo‘lgan donolik qobiliyatini kuchaytirish mumkin.