gruntni surish
uni ag’dargicholdiga to’plash
tugallangandan so‘ng darrov boshlanadi. Gruntlarni surishda yo‘qotilishni
94
kamaytirish uchun ikki usul qo‘llanadi: gruntni tabiiy holatida transheya
bo‘yicha; buldozerni oldingi o‘tishida to‘kilgan grunt to‘plamidan xosil bo‘lgan
transheya bo‘yicha. Buldozer bilan bitta izdan bir necha marotaba o‘tib
kavlashidan gruntda transheya xosil qilinadi. Transheya bo‘yicha buldozerni
bitta o‘tishida grunt hajmi o‘rtacha 20% ga ortadi. Gruntda transheya qazish
mumkin bo‘lmasa (sochuluvchan qumli yoki quruq to‘kma gruntlari), grunt bitta
izdan bir necha marotaba suriladi, natijada ag’dargichning chetida grunt
to‘plami xosil bo‘ladi, ularning orasida transheya yuzaga keladi. Bu holda
to‘plamning balandligi 40-60 sm ga yetishi mumkin, keyinchalik gruntni
transheyada surish vaqtida yo‘qotilish deyarli bo’lmaydi. Gruntni transheyasiz
surishda ag’dargich oldida bir xil hajmidagi gruntni xosil qilish uchun
ag’dargichni 1,0-1,5 sm ga botirish kerak. Buldozerdan foydalanilganda yer
ishlarining asosiy hajmi (60% gacha) transheya usuli bilan bajariladi.
Grunt yo‘qotishini kamaytirish uchun buldozer ag’dargichli qanotcha
bilan jihozlanadi, u bitta siklda ag’dargich oldidagi grunt hajmini oshiradi,
natijada ish unumdorligi 1,5 marta oshadi. To’sqichlar ag’dargichning
yuqorisidagi gruntning to‘kilishiga yo’l qo’ymaydi. Ag’dargichli qanotcha va
boshqa kengaytiruvchilar bilan jihozlangan buldozerlarning kamchiligi
harakatchanligi kamayadi.
Surilgan
gruntni yoyish
har xil usullar bilan olib boriladi. Eng ko‘p
qo’llanadigan qatlamlab yoyish usuli 6.5 rasmda ko‘rsatilgan. Gruntni yoyishda
buldozerning ag’dargichi harakat davomida 15-20 sm balandga ko‘tariladi va
grunt kerakli qalinlikdagi qatlam bilan bir tekis yoyiladi. Bu usul “o‘zidan
yotqizish” usuli (6.5.
a-
rasm) deb ataladi.
|