A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Skreper bilan ko‘tarma qurish, o‘yma va grunt karyerini o‘yish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Skreper bilan ko‘tarma qurish, o‘yma va grunt karyerini o‘yish. 
Skreperlar gruntlarni kavlash va nisbatan katta masofalarga tashish qilish uchun 
mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda skreperlarni bir qancha modellari ishlab 
chiqilgan. Ular tortish usuli, cho’michining hajmi (4,5 dan 25 m
3
gacha), 
boshqarish turi, yuklash va tushirish usuli va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab 
farqlanadi. 
Aravachali skreperlar gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli traktorlar 
bazasidagi agregatlar bilan ishlaydilar. Ular tashish qilish masofasi 100 dan 500 
m gacha bo‘lganda ishlatiladi. Masofa katta bo‘lganda o‘ziyurar skreperlar, 
shuningdek ekskavator yoki frontal yuklagich bilan ortiladigan avtomobil-
samosvallar samaradorligi bo‘yicha aravali skreperlardan ustunlik qiladi. 
Yarim aravachali (o‘ziyurar) skreperlar tez yuruvchi pnevmog‘ildirakli 
shatakchilar bazasidagi agregatlar bilan ishlaydi. Ulardan yuk tashish masofasi 
300 dan 3000 m gacha bo‘lganda foydalanadilar.


98 
Skreperlar nisbatan yengil gruntlarni kavlashda ishlatiladi. Ulardan 
botqoqlik yo‘l bo‘laklari, o‘ta namlangan gilli gruntlar, sochiluvchan qumlar va 
yirik toshlari bor gruntlarda foydalanib bo‘lmaydi.
Skreper bilan gruntlarni qirqish bir necha xil usulda (6.6-rasm) olib 
boriladi.
 
6.6-rasm. Skreperlar bilan gruntni kavlash usullari (strelka
bilan skreper haraktining yo‘nalishi ko‘rsatilgan): 
a-zich gruntlarda; b-bo‘sh gruntlarda; v-o‘rtacha zichlikda; g-qumlarda 
 
Skreperning cho’michi to‘g‘ri chiziqli harakatlanganda, gruntni katta 
qalinlikda qirqiladi. To‘ldirish yo‘lining uzunligi 15-25 m. 3-6
o
qiyalikda 
harakatlanib gruntni to’plash maqsadga muvofiq, ammo katta qiyalikda grunt 
cho’michga to‘liq kirmay, skreperning ishlashini og‘irlashtiradi. 
Quruq qumli gruntlarda ular namlanadi yoki tepalikka 3
o
qiyalikda 
harakatlanib to’planadi.
Gruntlarni kavlash o‘ymalarda yoki grunt karyerlarida shaxmat ketma-
ketligida shaxmat-xashkash (6.7-rasm) yoki qovirg‘a-shaxmat (6.8-rasm) 
chizmasi bo‘yicha olib boriladi. 


99 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin