A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


To‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorni qo‘llashda ishlab



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

To‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorni qo‘llashda ishlab 
chiqarish
. O‘ymani to‘g‘ri kurakli ekskavator bilan kavlashda ish quyidagicha 
bajariladi: yon zaboydan, agar transport vositalari ekskavator yonida tursa (6.11, 
a-
rasm); “peshona” zaboydan, agar ekskavator transheya qaziganda, grunt 
ekskavatorning orqasida va u bilan bitta sathda turgan transport vositasiga (6.11, 
b-
rasm) ortilsa. 
6.11-rasm. O‘ymani kavlash chizmasi: 
a-yon zaboyda; b-“peshona” zaboyda; v-kengaytirilgan zaboyda; 1-ekskavatorning 
harakat yo‘nalishi; 2-ekskavatorning turish joyi; 


105 
Yon zaboy bilan kavlash boshqa usullarga qaraganda yaxshiroq 
hisoblanadi, chunki transport vositalarining kirishi va yuklashga qulay bo’lib, 
ekskavatorning burilish burchagi kamayadi. Bu mashinaning ish unumdorligini 
oshiradi.
“Peshona” usuli kerak bo‘lgan joylarda qo‘llanadi. Bunday kavlashdan 
o‘yma yoki karyerni birinchi o‘tishda pioner transheyasini qurish usul 
qo‘llanmaganda foydalaniladi. Agar ekskavatori ishni bitta o‘tishda bajarsa, 
“peshona” usuli bilan chuqur bo‘lmagan qisqa o‘ymalar kavlanadi. Kattaroq 
“peshona” zaboyida ish olib borish (6.11, 
v-
rasm) ekskavator burilish 
burchagining kamayishiga olib kelib, ish unumdorligini oshiradi va avtomobil-
samosvallarning yurishini osonlashtiradi.
Zaboylarning o‘lchamini qo‘llanilayotgan ekskavatorlarning modeli 
belgilaydi. Ishlanmagan grunt qolmasligi uchun ekskavator o‘qidan zaboyning 
yon qiyaligigacha bo‘lgan eng katta masofa 

ni eng katta qirqish radiusi 
R
dan 
0,5 m kam olinadi. Ekskavatorning turish sathida ekskavator o‘qidan zaboyning 
tubigacha bo‘lgan eng katta masofa 
V
qirqish radiusi 
R
TU
dan 0,2 m kam 
belgilanadi. 
Yon zaboyda ekskavatorning turish sathida joylashgan transport 
vositasiga grunt ortishda, ekskavator o‘qidan yon qiyalik ostigacha bo‘lgan 
masofa (0,5÷0,7) 
R
TU
bo‘lishi kerak.
Bitta cho’michli ekskavator uchun zaboyning eng kam balandligi shunday 
bo‘lishi kerakki, bunda cho’michning to‘lishi ta'minlansin. 
To‘g‘ri kurakli ekskavatorning ish unumdorligini oshirish uchun zaboyni 
balandligini ekskavatorning eng katta qirqish balandligiga teng belgilash lozim. 
Chuqurligi va kengligi uncha katta bo‘lmagan o‘ymalar, asosan, ekskavatorning 
bitta o‘tishida kavlanadi. Katta chuqurlik va kenglik bo‘lganda kavlash bir 
nechta o‘tish bilan amalga oshiriladi. O‘tilayotgan zaboy kesimi 
qo‘llanilayotgan eskavatorning ishchi o‘lchamlariga teng bo‘lishi kerak. 
Tanlangan ekskavatorlar uchun bu o‘lchamlarning son qiymati bo‘yicha 


106 
zaboyning kesimi chiziladi va undan o‘ymaning kesimi (6.12-rasm) ko‘rsatiladi. 
Hisob o‘ymani eng katta chuqurligidan boshlab olib boriladi. Eng kam chuqurlik 
bilan o‘tish eng qisqa bo‘lgan yuqori yarus uchun belgilanadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin