A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 
 
 
5.11-rasm. Kapillyar to‘suvchi qatlam konstruksiyasining detali:
1-botqoqlanishga qarshi qatlam; 2-o‘lchami 5-10 mm li shag’al yoki chaqiqtosh;
3-o‘lchami 20-40 mm li


87 
Kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish quyidagi texnologik jarayonlardan 
iborat: ko’ndalang kesimini 30‰ dan kam qilmasdan tekislab, ko‘tarmaning 
yuzasini tayyorlash va yuqori qatlamni (30-40 sm) zichlashtirish koeffitsienti 1,0 
dan ko‘pligini hisobga olib zichlashtirish; ko‘tarmani qabul qilish va uning 
zichligi va ko‘ndalang qiyaligini tekshirish; yo‘l poyining hamma kengligi 
bo‘yicha geotekstil polotnosini yotqizib, ostki botqoqlanishga qarshi qatlamni 
qurish; kapillyar to‘suvchi materialdan 20-40 mm qalinlikda qatlam qurish
geotekstil polotnosidan yuqori botqoqlanishga qarshi qatlam yotqizish; 
ko‘tarmaning yuqori qatlamiga grunt to‘kish; avval yengil katok, keyin og‘ir 
katok bilan hamma kapillyar to‘suvchi qatlamni zichlashtirish. 
Kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish ishlari tugagandan so‘ng uning ustiga 
yo‘l poyining yuqori qismi uchun grunt to‘kish davom etadi.
Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamlarni qurish natijasida 
yo‘l poyining yuqori qismida kam namlikni saqlashga erishiladi. Bu yo‘l 
to‘shamasida muzlashdan ko‘pchishning oldini oladi. Gruntlarning yuqori 
qatlamida elastiklik moduli oshishi natijasida qimmatbaho yo‘l to‘shamasi 
qalinligini kamaytirish mumkin bo‘ladi. 
VI bob. TEKIS YOKI PAST-TEPALIK JOYLARDA KO‘TARMA VA
O‘YMA QURISH 
6.1 Ko‘tarmani qurish va o‘yma o‘yish usullari 
 
Ko‘tarmalarni qurish, asosan, gruntlarni ketma-ket yotqizishdan iborat. 
Ko‘tarma quriladigan joyga olib kelingan grunt joyning relyefi, yo‘l poyi 
tuzilmasi va boshqa omillarga bog‘liq ma'lum tartib bilan yotqiziladi, bunda 
zichlashtirilgan ma'lum qalinlikdagi tekis qatlam xosil bo‘ladi. Grunt qatlami 
ustma-ust yotqizilib ko‘tarma kerakli balandlikkacha (loyiha belgisiga) 
yetqiziladi. Ko‘tarmani bunday qurish usuli qatlamlab yotqizish (6.1, 
a-
rasm) 
usuli deb ataladi. Bu usulning asosiy afzaligi ko‘tarmaning har qanday qismida 


88 
talab qilingan zichlikka erishiladi. Bundan tashqari, gruntni qatlamlab yotqizish 
ko‘tarmani har xil gruntdan qurish imkonini beradi. Ko‘tarmani qatlamlab 
qurishda asosiy ishlar ikkita yo‘l bo‘lagida bir xil uzunlikda olib boriladi - 
birinchisida grunt qatlami xosil qilinadi, ikkinchisida zichlashtiriladi. Keyin bu 
jarayonlar joyi o‘zgartiriladi va ko‘tarma to‘liq ko‘tarilguncha davom ettiriladi. 
Yo‘l bo‘lagining uzunligi shunday tanlanadiki, bunda ko‘tarmani qurish smena 
davomida to‘liq tugatilishi kerak. Agar ko‘tarma baland bo‘lmasa yoki aksincha, 
katta balandlikda bo‘lsa, yo‘l bo‘lagining uzunligi boshqa tahlil bilan aniqlanadi, 
chunonchi issiq havoda va boshqalarda gruntning namligini saqlab, 
qo‘llanayotgan mashinalar uchun kerakli ish frontini ta'minlash ko‘zda tutiladi. 
Botqoqlik yoki qiyaligi katta bo‘lgan jarliklarni kesib o‘tadigan yo‘l 
bo‘laklarida yo‘l poyini qurishda gruntni qatlamlab yotqizib bo‘lmaydi. Bunday 
hollarda ko‘tarmani qurishning “boshidan” usuli (6.1, 
b-
rasm) qo‘llanadi. Bu 
usulda ko‘tarma boshidan boshlab loyiha belgisigacha quriladi, uni to‘kish 
botqoqlik yoki jarlikning hamma bo‘lagi kesib o‘tmaguncha to‘xtovsiz 
bajariladi. Bu usulning asosiy kamchiligi - ko‘tarmani hamma balandligi 
bo‘yicha zichlashtirishning qiyinligidir. Grunt massasi va boshqa tabiiy omillar 
ta'siri (shuningdek, o‘tuvchi avtomobillar ta'siri) ostida ko‘tarmada asta-sekin 
cho‘kish ro‘y berishi natijasida zichlashish tugallanadi. Bu kamchilikni 
kamaytirish uchun ko‘tarmani qurishni kombinatsiyalashgan usulidan (6.1, 
v-
rasm) foydalaniladi. Bundan maqsad - “boshidan” va “qatlamlab” usullarini 
birlashtirishdir. Masalan, botqoqlikda ko‘tarma qurishda uning ostki tubidan 
botqoqlikning yuqori qismigacha “boshidan” usuli bo‘yicha, yuza qismi esa 
qatlamlab quriladi.


89 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin