A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


-rasm. Buldozer bilan gruntni yotqizish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
6.5-rasm. Buldozer bilan gruntni yotqizish 
 
Qatlamlab yotqizishning boshqa usulida, mashinist gruntni yotqiziladigan 
joyga olib kelib, buldozerni to‘xtatmasdan, tezlikda ag’dargichni balandlikka 
ko‘taradi va ag’dargichli 1,0 - 1,5 m ga ko‘tarilgan holatda oldinga yuradi
undan so‘ng mashinani to‘xtatib, ag’dargichni gruntga qo‘yadi, orqa uzatmani 
qo‘shadi va orqaga yurib, ag’dargichning orqa tomoni bilan keltirilgan gruntni 
tekislaydi (6.5, 
b-
rasm). Bu usul “o‘ziga” deb ataladi.
Gruntni kattaroq qalinlikda yotqizish uchun uni yoyishning boshqa 
usullari ishlatiladi. Avval keltirilgan grunt bir-biridan ma'lum masofada yotgan 
ayrim to‘plam holida qoldiriladi (6.5, 
v-
rasm), keyin ag’dargichni kerakli 
balandlikka ko‘tarib, buldozer gruntni talab qilingan qalinlikda yoyadi.
Gruntni ayrim to‘plam holida yoyishda ularning balandligi taxminan 0,6 
– 0,7 m bo‘ladi, bunda orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, yon qiyalik 
asosi birbiriga tegib tursin. Tekislangandan so‘ng 0,25 - 0,3 mli qatlam xosil 
bo‘ladi. Gruntni «yarim siqiq» holida yoyishda (6.5, 
g-
rasm) to‘plam balandligi 
0,7 - 0,9 m bo‘lib, ularni tekislagandan so‘ng 0,6 - 0,8 mli qatlam hosil bo‘ladi.


96 
Gruntni “siqiq” holatda yoyishda (6.5, 
d-
rasm) to‘plamning balandligi
1,0 - 1,2 m ga yetadi, ularni tekislagandan so‘ng 0,6 - 0,8 m qatlam xosil 
bo‘ladi.
Ag’dargich gruntdan bo‘shagandan so‘ng mashinist buldozerni dastlabki 
holatiga qaytaradi. Gruntni surish masofasining uzoqliligiga qarab mashina 
orqaga yurib (mashina orqaga aylanmaydi) yoki oldi bilan (mashina aylanadi) 
harakatlanib, dastlabki holatiga qaytadi. Agar grunt 50 m dan kam masofaga 
surilsa, buldozer bo‘sh yurishni orqaga yurib bajaradi.
Uncha chuqur bo‘lmagan (taxminan 6 m gacha) o‘ymalarni kavlab 
olingan gruntdan ko‘tarmaga yondoshgan uncha katta bo‘lmagan yo‘l bo‘lagi 
quriladi. Bu holda gruntni surish masofasi 100 m dan oshmaydi, shuning uchun 
bunday ishlarga buldozer qo‘llanadi. O‘ymani o‘yish “yarusli-transheya” usuli 
bilan bajariladi. Gruntni 20 - 25 m dan ko‘p masofaga surishda oraliq uyumli 
chizmadan foydalaniladi. Ko‘tarmani qurish ko‘pincha “qatlamlab” usuli bilan 
amalga oshiriladi. Har bir qatlamda gruntni yoyish, ko‘tarmani eng uzoq 
qismida, chetidan o‘rtaga qarab boshlanadi. Ishni, asosan, qamrab olish 
masofasining ikkita ishchi qismda olib boriladi: bittasida grunt yotqiziladi
ikkinchisida zichlashtiriladi.
Ko‘tarmaning asosini tayyorlash va o‘yma egallab turgan maydondan 
o‘simlik qatlamini olish asosiy ishlar boshlanishidan avval, yuzani tekislash va 
yon qiyalikni mustahkamlash tugallangandan so‘ng bajariladi.
Har bir yarus va transheyani qazish ko‘tarmaga yaqin turgan o‘ymaning 
oxiridan boshlanadi va qurilayotgan ko‘tarma qatlamining eng uzoq tomoniga 
suriladi. Transheyalar orasidagi gruntni har bir yarus kavlangandan so‘ng, 
ko‘tarmaning uzoq tomonidan boshlab, buldozerni transheyaga burchak ostida 
harakatlantirib olinadi. U ko‘tarmada harakatlanganda grunt yo‘qotilishining 
oldini olish maqsadida ag’dargichida qanotcha yoki ag’dargichli “xokandoz” 
turidagi bor buldozerlardan foydalaniladi. Buldozerlarni juft ishlatish maqsadga 
muvofiqdir, bunda o‘ymadagi ikki qo‘shni transheyadagi gruntni qirqish uni 


97 
surish ikkita buldozer bilan bir vaqtda olib boriladi. Gruntni surib bo‘lgandan 
so‘ng ko‘tarmaning bosh bo‘lagiga buldozerlar shunday suriladiki, bunda 
ag’dargichlar orasidagi masofa 15 - 20 sm dan oshmasin. Shunday holatda 
keyinchalik ular bir xil tezlikda gruntni umumiy to‘plam holatida yotqiziladigan 
joyga suradilar.
Yonida “otkrыlka”si bo‘lmagan ag’dargichli buldozer bilan gruntni 25 m 
dan ko‘p masofaga surishda grunt yo‘lda ko‘p yo‘qoladi. Bunday hollarda oraliq 
yig’ilgan to‘plam xosil qilib, gruntni ketma-ket surish taklif qilinadi, bunda 
buldozer keyingi surish uchun gruntni to‘liq oladi.
Har bir to‘kilgan ko‘tarma qatlami avtogreyder bilan tekislanadi. Smena
oxirida hamma ko‘ndalang kesim va qamrab olish masofasi bo‘yicha grunt 
qatlami to‘liq yoyilgan, tekislangan va zichlangan bo‘lishi kerak. Bu esa 
yomg‘ir yoqqanda suv oqimini ta'minlash uchun kerak.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin