To‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorni qo‘llashda ishlab chiqarish . O‘ymani to‘g‘ri kurakli ekskavator bilan kavlashda ish quyidagicha
bajariladi: yon zaboydan, agar transport vositalari ekskavator yonida tursa (6.11,
a- rasm); “peshona” zaboydan, agar ekskavator transheya qaziganda, grunt
ekskavatorning orqasida va u bilan bitta sathda turgan transport vositasiga (6.11,
b- rasm) ortilsa.
6.11-rasm. O‘ymani kavlash chizmasi: a-yon zaboyda; b-“peshona” zaboyda; v-kengaytirilgan zaboyda; 1-ekskavatorning harakat yo‘nalishi; 2-ekskavatorning turish joyi;
105
Yon zaboy bilan kavlash boshqa usullarga qaraganda yaxshiroq
hisoblanadi, chunki transport vositalarining kirishi va yuklashga qulay bo’lib,
ekskavatorning burilish burchagi kamayadi. Bu mashinaning ish unumdorligini
oshiradi.
“Peshona” usuli kerak bo‘lgan joylarda qo‘llanadi. Bunday kavlashdan
o‘yma yoki karyerni birinchi o‘tishda pioner transheyasini qurish usul
qo‘llanmaganda foydalaniladi. Agar ekskavatori ishni bitta o‘tishda bajarsa,
“peshona” usuli bilan chuqur bo‘lmagan qisqa o‘ymalar kavlanadi. Kattaroq
“peshona” zaboyida ish olib borish (6.11,
v- rasm) ekskavator burilish
burchagining kamayishiga olib kelib, ish unumdorligini oshiradi va avtomobil-
samosvallarning yurishini osonlashtiradi.
Zaboylarning o‘lchamini qo‘llanilayotgan ekskavatorlarning modeli
belgilaydi. Ishlanmagan grunt qolmasligi uchun ekskavator o‘qidan zaboyning
yon qiyaligigacha bo‘lgan eng katta masofa
V ni eng katta qirqish radiusi
R dan
0,5 m kam olinadi. Ekskavatorning turish sathida ekskavator o‘qidan zaboyning
tubigacha bo‘lgan eng katta masofa
V qirqish radiusi
R TU dan 0,2 m kam
belgilanadi.
Yon zaboyda ekskavatorning turish sathida joylashgan transport
vositasiga grunt ortishda, ekskavator o‘qidan yon qiyalik ostigacha bo‘lgan
masofa (0,5÷0,7)
R TU bo‘lishi kerak.
Bitta cho’michli ekskavator uchun zaboyning eng kam balandligi shunday
bo‘lishi kerakki, bunda cho’michning to‘lishi ta'minlansin.
To‘g‘ri kurakli ekskavatorning ish unumdorligini oshirish uchun zaboyni
balandligini ekskavatorning eng katta qirqish balandligiga teng belgilash lozim.
Chuqurligi va kengligi uncha katta bo‘lmagan o‘ymalar, asosan, ekskavatorning
bitta o‘tishida kavlanadi. Katta chuqurlik va kenglik bo‘lganda kavlash bir
nechta o‘tish bilan amalga oshiriladi. O‘tilayotgan zaboy kesimi
qo‘llanilayotgan eskavatorning ishchi o‘lchamlariga teng bo‘lishi kerak.
Tanlangan ekskavatorlar uchun bu o‘lchamlarning son qiymati bo‘yicha
106
zaboyning kesimi chiziladi va undan o‘ymaning kesimi (6.12-rasm) ko‘rsatiladi.
Hisob o‘ymani eng katta chuqurligidan boshlab olib boriladi. Eng kam chuqurlik
bilan o‘tish eng qisqa bo‘lgan yuqori yarus uchun belgilanadi.