atalgan dasturiy ilova Transcend Ware Secure VPN Manager ni ham ishlab chiqdi.
Undan tashqari 3Com kriptohimoyalangan tunnellarni osongina yaratishga imkon
beruvchi Web asosidagi instrumentariyni ishlab chiqaradi.
Internet Devices kompaniyasining Fort Knox marshrutizatorlarida tez-lik va
quvvat uyg‘unlashgan. Undagi tarmoqni himoyalashni ta’minlashga yo‘naltirilgan
IP-trafikni ishlash vazifalari ruyxatining kengligi uning afzalligidir. Fort Knox
marshrutizatori tarmoqlararo ekran reji-mida ishlashi, NAT standarti bo‘yicha
adreslarni translyasiyalashi, xav-fsizlik siyosatini boshqarishi, Web-sahifalar va
DNS jadval yozuvlarini keshlashi, auditni bajarishi mumkin. Odatda Fort Knox
korporativ tarmoq chegarasida, korporativ tarmoqni global tarmoq bilan ulovchi
marshrutiza-tordan keyin o‘rnatiladi. Demak, u boshqa lokal tarmoqlar bilan VPN-
aloqani o‘rnatish va tarmoqlararo ekranlar kabi foydalanishni nazorat-lashning turli
qoidalarini shakllantirishi mumkin. Fort Knoxda NAT ad-reslarini translyasiyalash
funksiyasining mavjudligi, unga ichki IP-adreslarni berkitish va marshrutizatorlar
trafigini qayta yo‘naltirish imkonini beradi. Bu korporativ tarmoq ma’murlarini
VPNni qurishda marshrutizatorlarni yangidan konfiguratsiyalashdan ozod etadi. Fort
Knox funksiyalari to‘plamining kengligiga qaramay uning narxi oddiy marshru-
tizator narxiga teng.
Dostları ilə paylaş: