pastda yoki tepada bo‘lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo‘ksangiz tanangizga
nisbatan to‘g‘ri burchakda, tizzalaringiz esa bo‘ksaga nisbatan to‘g‘ri
burchak
ostida bo‘lsin. Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama
ustida tursin.
Nur tarqatishlar
Nur tarqatish – bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir.
“Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi- nur tarqatishdir. Nur tarqatishning
kattagina qismi monitorga to‘g‘ri keladi, chunki monitor har tomonga
elektromagnit
va elektrostatik maydon, ekrandan esa radiatsiya va ultrabinafsha
nurlarini tarqatadi. Kompyuterdan tashqari,
lazerli printer, nusxa ko‘chirish
apparatlari, yahni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan texnikalardan
ham nur tarqaladi. Bundan tashqari , toner-kartrij ichidagi tarkibida og‘ir metall
bo‘lgan kukun ham g‘oyat xavflidir.
SHuningdek, uzoq vaqt kompyuter oldida
ishlash ko‘z uchun nihoyatda zararlidir. Nima qilmoq kerak? Balki texnika
mo‘jizasidan
butunlay voz kechib, qo‘lga kompyuter “sichqonchasi” o‘rniga
toshdan yasalgan bolta olish afzalroqmikan? O‘zingizni sivilizasiya yutuqlaridan
mahrum etishga also shoshilmang, bu yutuqlardan aql bilan foydalanmoq darkor
xolos!”.Aleksandr Kirsanov, “Vobis”servis markazi rahbari.
Kompyuter texnikasidan taralayotgan nur inson organizmiga qanday zarar
etkazishi mumkin?
Avvalambor, markaziy nerv sistemasiga juda katta ziyon etkaziladi. Bunda
ayniqsa bolalar aziyat chekadilar. Kishi tez-tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi,
diqqatini bir joyga jamlash qiyin kechadi, stresslarga berilish darajasi oshadi.
Yurak- tomir sistemasi va yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklari vujudga keladi,
immunitet pasayib ketadi.
Lekin quyidagi
Maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o‘tishingiz
mumkin:
- Monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling;
- Sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor sotib oling;
- Monitoringizdagi tasvir etarli darajada aniq bo‘lsin;
- Tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib turing, chunki chang,
ayniqsa
monitordagi chang nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega;
- Havo ionizatorlaridan foydalaning.
Dostları ilə paylaş: