A-guruh talabasi: botirova feruzaning


O'g'il bolalar kiyimlari uchun andaza tayyorlash



Yüklə 96,08 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü96,08 Kb.
#189827
1   2   3   4
O\'G\'IL BOLALAR KO’YLAGI ASOS CHIZMASINI CHIZISH

O'g'il bolalar kiyimlari uchun andaza tayyorlash
Odam gavdasi tuzilishi, gavda turlari, odam qaddi-qomatini tashkil qiluvchi qismlar, ularning mutanosibligi, kiyim tayyorlashda ularning o`rni haqida tushuncha. Odam qaddi-qomatidagi belgilar, xususiyatlar, jinsiga, yoshiga xos o`zgarishi. Gavda tuzilishidagi asosiy nuqtalar va chiziqlar. Ularni kiyim loyihalashdagi ahamiyati. Loyihalash uslublari: mulyaj, hisoblash, o`lchab hisoblash, yagona loyihalash uslublari haqida. 
Bolalar gavdasining o`ziga xos xususiyatlari, harakatchanligi, tez o`zgaruvchanligini, kiyim loyihalashda hisobga olinishi. Bolalar yoshiga nisbatan kiyimlarni guruhlarga bo`linishi, ularda kiyim bichimi, bezagi, gazlamalarni qo`llash haqida ma`lumot.
Yangi tug`ilgan bolalar kiyimi va buyumlari uchun tanlanadigan gazlamalar, kiyimni tayyorlanishiga qo`yilgan talablar haqida ma`lumot. Ularning kiyim va buyumlari asosiy andazasini loyihalash usullari. Texnik modellashtirish nima va uning bosqichlariga qo`yilgan texnik talablar (eskiz, shablon, rangli qalam, rangli qog`oz bilan ishlash). Ish fartugi va ro`molining asosiy chizmasi chiziladi va texnik modellanadi. Maktabgacha yoshdagi qiz va o`g`il bolalar ko`ylaklarini loyihalash , modellash va andazasini tayyorlash.
Tungi ko`ylakni loyihalash. Asosiy o`lchovlar olinib, ular asosida hisoblash jadvali tuzilib, tungi ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. Tungi ko`ylak asosida o`smir yoshdagi qiz bolalar xalati andazasini tayyorlash.
Amaliy ish. Tungi ko`ylak modellarini texnik modellashtirishni amaliy, ijodiy bajarish. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagi, o`g`il bolalar shortigi va ko`ylagi, o`smir (42-r) qiz bolalar ko`ylaklarining asosiy andazasini loyihalash va texnik modellash. 
O`z o`lchamida tungi ko`ylak, trusik va ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. 
Belli kiyimlarning turlari, tarixi, bichimlari, gazlamalari, bezaklari haqida ma`lumot. Zamonaviy modellar, ularni odam qiyofasiga moslab tanlash.
To`g`ri bichimli yubka andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimchalar. Ular asosida hisoblash jadvali tuzish, asos chizmasi chizish va andaza tayyorlash. To`g’ri bichimli yubkaning turli modellari. Ro`para taxlamli yubkalarni oddiy modellashtirish. Bo`lakli (4, 6, 8) va “gode” klyoshli (konussimon, quyosh, yarim quyoshli) yubkalarining asosiy chizmasi chizilib, andazasini tayyorlash. Har bir yubkani texnik modellash. O’g’il bolalar shimi asosiy andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, bo`shliqlar shim chizmasini chizib, andaza tayyorlash. 


Yüklə 96,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin