Aholi soni dinamikasi bo’yicha davlatlarni ajratish, guruxlash. Bu yerda mustaqil
davlatlardan tashqari baʻzi nomustaqil hududlar aholisi soni ham keltirilgan. Shuningdek, roʻyxatda
har bir davlat (hudud) aholisi dunyo aholisining necha foizini tashkil qilishi ham koʻrsatilgan. Suveren
davlat hududiga kiruvchi davlatlar (masalan, Birlashgan Qirollik hududiga kiruvchi davlatlar),
davlatlar organizatsiyalari (masalan, Yevropa Ittifoqi) va muntazam aholisiga ega boʻlmagan hududlar
(masalan, Antarktida) ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan. Jadvaldagi raqamlar milliy aholini roʻyxatdan oʻtkazish muassasalarining soʻnggi
maʼlumotlariga binoan va yaxlit holda keltirilgan. Bunday muassasasi mavjud boʻlmagan davlatlar
uchun maʼlumot BMTning iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha departamenti bahosi asosida
keltirilgan. Aholi roʻyxati har xil davlatlarda har xil vaqtda, har xil aniqlik bilan hisoblanishi sababli,
davlatlarni ushbu jadvalda koʻrsatilgan aholi soni boʻyicha qiyoslash xato xulosalarga olib kelishi
mumkin. Shuningdek, davlatlar aholisi sonining yigʻindisi dunyo aholisi soniga teng boʻlmasligi
mumkin.
Aholi soni boʻyicha davlatlar roʻyxati 12 .
Dunyo aholisining soni 2030-yilda 8,5 milliard kishi, 2050-yilda 9,7 milliard kishi, 2100-yilda
esa 11,2 milliard kishiga yetadi, deb xabar beradi “UzDaily.uz” BMT Kotibiyatining iqtisodiy va
ijtimoiy masalalar bo‘yicha bo‘limi hisobotiga tayanib. Hisobotda qayd etilishicha, Yer sayyorasi
aholisining soni o‘sishda davom etmoqda. Aholi soni ortishining deyarli yarmi Afrika mamlakatlariga
to‘g‘ri keladi. Yaqin o‘n yillar ichida aynan Afrika va Osiyo davlatlari aholisida sezilarli o‘sish qayd
etiladi. Shuningdek, Hindiston davlatining aholi soni bo‘yicha Xitoyni quvib o‘tishi kutilmoqda.
Hisobot ma’lumotlariga qaraganda, dunyo aholisi soni 2015-yilda 7,3 milliardga yetgan. Bu
ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan bir millionga ortiqdir.