A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə28/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Palladiy-kumushrang-oq rangdagi metall, yumshoq va bolg‘alanuvchan, yupqa holatgacha juvalanishi va ingichka sim ko‘rinishigacha tortilishi mumkin. Palladiyning zichligi 11,97 g/sm3, erish harorati 1552°C. Palladiy sifatli metallar guruhiga qo‘shiladi, palladiydan tashqari radiy, ruteniy, iridiy va osmiy bu guruhga kiradi. Erigan holatda palladiyning vodorodni so‘rish darajasi yuqori (1:900), bu holatda uning hajmi ortadi va yengillashadi, lekin metall ko‘rinishini yo‘qotmaydi. Palladiyning kimyoviy xususiyatlari platinadan pastroq bo‘lib, uni 860°C gacha qizdirilganda oksidlanadi va qizdirish davom ettirilsa, oksid metallga surilib, Lining ko‘rinishi yana oydinlashadi. Yodning spirtdagi eritmasi ta’sirida palladiy qorayadi. U zar suvida, azot kislotasida va boshqa mineral kislotalarda yengil eriydi. Zargarlik sanoatida palladiy ba’zi taqinchoqlarning qotishmalarini tayyorlash uchun, oq tillaning tarkibiga hamda asillik darajasi past bo‘lgan oltin qotishmalarining korroziyaga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ruteniy - qiyin eruvchan, rangi platinani eslatuvchi, qattiq va mo‘rt metall. Mexanik ishlovga yaroqsiz, bolg‘alansa maydalanib ketadi. Ruteniyning zichligi 12,3 g/sm3, erish harorati 2450°C. Ruteniy oltin singari zar suvida yengil eriydi. Boshqa platina guruhidagi metallarga nisbatan u xlorga chidamli. Platina qotishmalarining tarkibida ruteniyning ishtiroki sezilarsiz. Asbobsozlikda qo‘llaniladi.
Iridiy-kulrang-oq rangdagi qiyin eruvchan metall, juda qatti va mo‘rt, mexanik ishlov berish mushkul. Iridiyning zichligi 22,4 g/sm3, erish harorati 2410°C. Kimyoviy xususiyatlari jihatidan mustahkamligi yuqori metallar turkumiga kiradi. Hech qaysi kislota yoki zar suvi unga ta’sir etmaydi. Faqatgina 800°C dan yuqori haroratda unga xlor, ftor va kislorod ta’sir yetishi mumkin. Kimyoviy xususiyatlari yuqori bo‘lganligi sababli, iridiy kimyoviy idishlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Platina qotishmalarining tarkibiga iridiy qattiqlikni oshirish maqsadida qo‘shiladi. yeyilishga bardoshlilik xususiyatlari yuqori bo‘lganligi sababli soat mexanizmlarining o‘qlarini tayyorlashda qo‘llaniladi. Erish harorati yuqori bo‘lganligi sababli platina-iridiyli termopara tayyorlanib, yuqori haroratlarni aniqlashda foydalaniladi.
Osmiy - oq rangdagi metall, juda kiyin eruvchan, qattiq va mo‘rt. Zichligi 22,5 g/sm3, erish harorati 3050°C. Mexanik ishlov berishga yaroqsiz. Osmiy kislotalarda va zar suvida erimaydi. Boshqa qotishmalarning tarkibiga qattiqligi hamda kimyoviy bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘shiladi, aniq asbobsozlikda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin