Zargarlikda ishlatiladigan toshlar. Qadimgi davrlardanoq insonlar zargarlik toshlarini rangi va jilolanishi kabi xususiyatlarini yuqori baholab kelganlar. Ayniqsa, qizil, och qizil rangdagi toshlar odamlarda ilohiy kuchlarga ishonish va davolovchi manba sifatida xizmat qilgan. XX asrga kelib bunday toshlarning qiymati faqat rangi bilan emas, balki qattiqligi, tozaligi va hajmining turli-tumanligi bilan ham baholangan.
Qadimdan Osiyo xalqlari orasida feruza, marvarid, zumrad va boshqa qimmatbaho toshlar - zargarlik buyumlari nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari bo‘lib qolmay, balki sog‘liq uchun, inson ruhiyati uchun ham ijobiy ta’sir etadi deb hisoblangan.
O‘zbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzumi davrida asos solingan. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, zargarlik san’ati juda qadimiy san’at bo‘lgan. Eramizgacha bo‘lgan II asrdan boshlab Eramizning IV asrigacha Ayritom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroyli haykallar, devor bezaklari orqali zargarlik san’ati rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Xorazmdagi Tuproq qal’a devorlardagi tasvirlardan o‘sha davrlardagi ayollar quloqlariga nafis zirak taqqanliklari ma’lum bo‘lgan (bu tasvir III asrga taalluqli). Bulardan tashqari bronzadan quyib ishlangan bir qancha osma taqinchoqlar ham topilgan. Bu osma taqinchoqlar II IV asrga mansub bo‘lib, Xorazmning Ayoz qal’a, Yetti asar, Burgut qal’a va boshqa joylaridan topilgan.
XVIII asrda zargarlikda asosiy material tilla. kumush, har xil qotishmalar, bronza, chaqmoq tosh va rangli toshlar ishlatilgan. eng ko‘p ishlatilgan narsa oltin va kumushdir.XIX asrga kelib zargarlikda oltin ishlatish ko‘paydi. O‘rta Osiyo hududida zargarlik ishlarida chaqnoq toshlar, rangli toshlar va dengiz tuhfalari ishlatilar edi. Umuman olganda bulami hammasi javohirlar deb yuritiladi. Javohirlar zargarlikda qimmatbaho tosh hisoblanadi. Ular chiroyliligi, rangining tiniqligi, bir xilligi, yaltiroqligi, tovlanishi, qattiqligi, turli rangda o‘zgarishi va boshqa xususiyatlarga ega. Ular uch darajaga bo‘linadi. Birinchi darajali qimmatbaho toshlarga olmos, safir, zumrad, yoqut, aleksandrit, shpinel, yevklaz, oltin, platina, marvarid kiradi. Ikkinchi darajali qimmatbaho toshlarga akvamarn, topaz, vorobevit, geliodor, qizil turmalin, demantoid, ametist, pirop, almendin, uchinchi darajali qimmatbaho javohirlarga nefrit, yoqutlar, feruza, kordierit, gagat, qahrabo, malnxit, kianit, billur, halkedon, agat, aqiq, serdolik, sodalit, prenit, flyuorit, andaluzit, diopsid va boshqalar kiradi.
Texnika rivojlanishi natijasida tog‘ jinslaridan katta miqdordagi turli xil toshlar qazib olina boshlangan. Hozirgi paytda tabiiy toshlarga o‘xshash bo‘lgan turli ko‘rinishdagi sun’iy toshlar ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy kimyoviy birikmalar va tog‘ jinslaridan hosil bo‘lgan toshlar minerallar deyiladi. Toshlarning narxi ularning rangiga bog‘liq. Rangiga ko‘ra toshlar idoxramatik va aloxramatik toshlarga ajratiladi.
Minerallarning tarkibi, kimyoviy moddalarning rangidan iborat bo‘lgan toshlar idoxromatik toshlar deb ataladi. Mineraltarning tarkibidagi kimyoviy birikmalardan tashqari kimyoviy ranglar aralashmasi bo‘lgan toshlar aloxromatik toshlar deb ataladi. Kimyoviy xossa deganda toshning birxil kislota vatuzlarta’siriga chidamliligi tushuniladi. Toshlar nur o‘tkazuvchanlik xossasiga qarab uch turga bo‘linadi nur o‘tkazuvchi; yarim nur o‘rkazuvchi, nur o‘tkazmaydigan. Toshlarning nur o‘tkazuvchanligi ularning qirralariga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyat toshning narxini oshishiga olib keladi. Ko‘zlari yaltirashiga ko‘ra toshlar uchga ajratiladi yaltiroq shisha ko‘zli; yaltiroq olmos ko‘zli; yaltiroq yarimmetall ko‘zli. Ko‘zlarning yaltiroqligi yorug‘ perlamutr va shoyi ko‘rinishida uchraydi. Yorug‘likning sinish ko‘rsatkichi shisha ko‘zlarda 1,3-1,9 gacha, olmos ko‘zlarda 1,9-2,6 gacha va yarimminerall ko‘zlarda 2,6-3 gacha bo‘ladi.
Zargarlik toshlari buyumlarni bezatishda ishlatilib, besh guruhga bo‘linadi: qimmatbaho zargarlik toshlari; rangli zargarlik toshlari; organik zargarlik toshlari; turfa rang zargarlik toshlari; sun’iy zargarlik toshlari. Zargarlik toshlari qattiqligi, kimyoviy turg‘unligi, rangi va serqirraligi, kimyoviy xossalari, tabiiy rangi, ishlatilish joyi, bahosi bilan bir-biridan farq qiladi. Toshlarning kimyoviy xossalari silikat va oksidlari tarkibiga ko‘ra aniqlanadi, Qimmatbaho toshlar sinfiga olmos, yoqut, sapfir, dur-marvarid va zumrad kiradi.
Olmos - uglerod kristallaridan iborat silikatlar (kremniy, natriy, kalsiy, magniy, aluminiy va boshqa elementlar)ning tabiiy holatdagi birikmalaridan hosil bo‘ladi. Olmos grekcha "adamas" so‘zidan olingan bo‘lib, "yengilmos" degan ma’noni bildiradi. Olmosning rangi oq, qora va yashil bo‘lib, u yaltiroq va juda mustahkam tosh. Olmos kimyoviy ta’sirlarga chidamli,olmosga hech qanday kislota va ishqorlar ta’sir qilmaydi.