A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə32/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Organik toshlar. Bu toshlar qattiq bo‘lmagan organik jismlardan iborat bo‘lgani uchun qattiqligi yuqori emas. Organik toshlar sinfiga qahrabo, marjon, gagar kiradi. Qahraboning tarkibi qum, daraxt parchalari, bargi, gul yaproqchalari hamda hashorat yaproqlaridan iborat bo‘ladi. Qahrabo shaffof, mo‘rt tosh, kimyoviy turg‘un emas, 300°C da eriydi, zichligi 1,1 g/sm3.
Marjon - tarkibi daraxtsimon tuzilishiga ega bo‘lgan temir oksididan iborat organik jisrn. Oq, qizil, pushti ayrim hollarda qorasi ham uchrab turadi, zichligi 2,5 g/sm . Marjon qahraboga qaraganda mustahkamroq, lekin shaffof emas.
Sun’iytoshlar. Zargarlikda ishlatiladigan sun’iy toshlar 4 turga bo‘linadi: sun’iy korund, o‘stiriladigan toshlar, qimmatbaho va o‘rtacha qiymatli tosh rangini beruvchi toshlar, oyna yoki plastmassa rangini beruvchi-toshlar.
Umuman olganda xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarning hammasi ham o‘ziga xos qimmatga ega, chunki ular katta, mashaqqatli mehnat evaziga olinadi. Masalan, misni olaylik. Mis- qadimdan insonga ma’lum bo‘lgan metall. Mis va uning qotishmalari insonning moddiy madaniyatini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Qadimda yunonlar mis rudasini birinchi bo‘lib Kipr orollaridan qazib olganliklari uchun uning nomi lotincha kiprit deb ataladi. U tabiatda tarkibida temir, kumush hattoki oltin bo‘lgan ruda holida uchraydi. Mis hayotiy fiziologik jaryonda qatnashadigan muhim element. U yumshoq, cho‘ziluvchan, bolg‘alanuvchan qizil yoki qizg‘ish metall. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi o‘tkazib kumushdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U havoda tez oksidlanib qorayadi. Nam havoda mis gidroksi karbonat hosil qilgani uchun ko‘karadi. Mis, mis rudalarini qayta ishlashdan olinadi. Undan lagan, oftoba, jom, samovar va boshqalar, shuningdek sun’iy ipak olinadi. Qadimda misgarlar sof misni sovuqlayin ishlatganlar, shuning uchun ham mis buyumlar yumshoq hamda mo‘rt bo‘lgan. Keyinchalik mis va qalay qotishmasidan hosil qilingan bronzani ishlatganlar. Bronzadan ishlangan buyumlar birmuncha pishiq bo‘ladi. O‘zbek xalq amaliy san’ati turlari ichida zeb-ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi (milliy taqinchoqlar va b.). Shuningdek, yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yong‘oq daraxti materiallari, zardo‘zlikda ishlatiladigan zar iplarni ham qimmatbaho materiallar qatoriga kiritish mumkin. Shunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin