A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasida



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə43/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasida - o‘quv ustaxonasi quyidagi asbob-uskunalar va moslamalar bilan jihozlanishi zarur:
go‘niya, buklama metr, ruletka, xatkash, arralar, randalar, iskanalar, boltalar, egovlar, jilvir qog‘ozlar va hokazo.
Sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi talablari.
Ustaxonada barcha maehnat topshiriqlarini bajarishda ish xavfsizligi qoidalari, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilinishi shart. O‘quvchi tomonidan quyidagilar bajarilishi zarur:
1. Ish kiyimini to‘g‘ri kiyishi.
2. Asboblarni ishlatishga tayorlash.
3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.
4. Asboblar va xomashyoni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.
5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik.
6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish.
7. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish.
8. Ish o‘rnini cho‘tka bilan tozalash.
9. Jarohatlanganda o‘qituvchiga murojaat qilish.
10.Ish o‘rnini doim toza, asboblarni esa doim soz bo‘lishiga erishish.
Nazorat savollar:

  1. Mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘qituvchi va o‘quvchi ish o‘rni qanday bo‘lishi lozim ?

  3. Ustaxonadagi asbob – uskuna va moslamalar haqida tushuncha bering?

4.Sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika xavfsizligi talablari nimalardan iborat?


7-Texnologiya fanida didaktik va tarqatma materiallarga qo‘yiladigan talabalar.
Reja:
1.Didaktik va tarqatma materiallarga qo‘yiladigan talabalar.
2.Test savollarini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar.
3.Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar.
4.Power Point dasturida taqdimot tayyorlash.
1.Didaktik va tarqatma materiallarga qo‘yiladigan talabalar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda, didaktik va tarqatma materiallardan foydalanish dars sifati va saradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega, ushbu materiallar texnologiya faning har bir mavzusi uchun o‘qituvchi tomonidan tayyorlanadi, Didaktik va tarqatma materiallar quyidagi talablarga javob bera oladigan darajada tayyorlanishi talab qilinadi:

  • tayyorlangan didaktik va tarqatma materiallar o‘tiladigan mavzuga mos, uning maqsadi va vazifalarini bajarishga xizmat qilishi lozim;

  • ortiqcha so‘zlar, fikrlar bo‘lmasligi kerak;

  • didaktik va tarqatma materiallar mavzu matni mazmunini to‘liq qamrab olishi lozim;

  • ushbu materiallardan foydalanib, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mumkinn bo‘lsin;

  • bu materiallar o‘quvchilar tushuna oladigan, osondan murakkablikka yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;

  • didaktik va tarqatma materiallar ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integrallashgan holda tayyorlanishi lozim;

Masalan: tayyorlangan didaktik va tarqatma materiallarga mavzu bo‘yicha tayyorlanadigan buyumni tayyorlanish jarayoni ishlatilishi, ahamiyati o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Ushbu materiallardan foydalanilganda o‘quvchilar bilimi oshiriladi, ko‘nikma va malakasini shakllanishi takomillashtiriladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin