1.Mehnatni ilmiy tashkil etish. 2. O‘qituvchining ish o‘rni. 3.O‘quvchining ish o‘rni. 4.Asbob-uskuna va moslamalar. Sanitariya-gigiena va texnika xavfsizligi talablari. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy, tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi va o‘quvchilar tamonidan oz vaqt, kam kuch va mablag‘ sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy metodik tadbiqlar majmuasidir.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tadbiq qilinganda quyidagilarni bajarish nazarda tutiladi: sanitariya – gigiyena, yong‘inga qarshi jihozlar talabga javob beradigan darajada bo‘lishi kerak.O‘quvchilar tamonidan yasalgan buyumlar ishlab chiqarishda yaratiladigan buyumlardan farq qilmasligi kerak. Buning uchun o‘quv ustaxonasida barcha sharoitlar yaratilishi lozim.
O‘quv ustaxonasini tashkil etish va uni jihozlash shartli ravishda 3 qismga bo‘linadi:
1. O‘qituvchining ish o‘rni;
2. O‘quvchining ish o‘rni;
3. Foydalaniladigan uskunalar.
Ish o‘rni deganda – ustaxonada bir o‘quvchi tamonidan o‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan asbob – uskunalar, moslamalar maqsadga muvofiq joylashtirilgan joy tushuniladi.Ish o‘rnining o‘quvchi ish vaqtida o‘z gavdasini ancha qulay tutib turadigan ortiqcha harakatlar qilmaydigan darajada tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa moslamalar, tiskilar o‘quvchini bo‘yiga qarab, kerakli balandlikda joylashtirilishi lozim, bu talablarni buzilishi ish natijalarini kamaytirilishiga, mehnat malakalarini sust tarkib topishiga, ba’zan esa kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
2. O‘qituvchi ish o‘rni. Oqilona jihozlanishi va tashkil etilishi, o‘quv ustaxonasida o‘quvchilarga bilim berishda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O‘qituvchining ish o‘rni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Namunali jihozlarni, saranjom - sarishta qilib joylashtirish o‘quvchilarga katta tarbiyaviy ta’sir etadi.
2. Ishlarni bajarish, mehnat usullarini ko‘rsatish uchun, yorug‘lik yaxshi bo‘lishi, normal sharoit yaratilishi lozim.
3. Barcha asbob-uskunalar qo‘l yetadigan joyga joylashtirilishi kerak.
4. Uskunalar o‘rnatiladigan supacha bo‘lishi kerak.
5. Ish stoli, stuli va doska bo‘lishi zarur.
6. Ishlarni bajarish, mehnat harakatlari va usullarini namoyish etish uchun qulay moslama bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi ish o‘rnini qo‘shimcha jihozlash uchun kerakli uskunalar to‘plami o‘qituvchining tajribasiga, ishga ijodiy yondashishiga idrokiga, tegishli uskunalarni sotib olish va tayyorlash qobiliyati va imkoniyatiga bog‘liq.
O‘quv ustaxonasi o‘quvchilar o‘rganadigan ishlarni sifatini ta’minlaydigan vositalar bilan jihozlanishi zarur.