2. Test savollarini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar: 1.Har bir test topshirig‘i tegishli o‘quv dasturi asosida tuzilishi shart.
2.Test topshirig‘i ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida tuzilishi zarur.
3.Test topshiriqlari ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan guruhlar uchun lotin alifbosida bo‘lishi shart.
4.Test topshirig‘i umumiy qabul qilingan terminlar asosida tuzilib, unda eskirgan kam ishlatiladigan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, belgilar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar bo‘lmasligi kerak.
5.Har bir test topshirig‘i biror bir yagona maqsadni ko‘zda tutgan holda tuzilishi lozim.
6.Test topshirig‘i uchta qiyinlik darajasi asosida tuzilishi va har bir topshiriqning qiyinlik darajasi asosida va har bir topshiriqning qiyinlik darajasi ko‘rsatilishi kerak:
oson (1) - testdan o‘tuvchining xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, uchta murakkab bo‘lmagan bir hodisa yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja; o‘rtacha qiyin (2) – testdan o‘tuvchidan tahlil qila olishni, 2-3 qoidani yoki konuniyatni bir vaqtda qo‘llay bilish natijasida to‘g‘ri xulosaga kelishni talab qiluvchi daraja; qiyin (3) – jarayonning prognoz qilishda testdan o‘tuvchining to‘g‘ri javobni topish uchun zarur bo‘lgan hodisa va qonuniyatlarni tahlil qila olish qobiliyatini talab qiluvchi daraja.
7. Test topshirig‘ining savoli aniq, lo‘nda, qisqa ifodalangan bo‘lishi, unda zaruriy ma’lumotlar keltirilishi kraksiz ortiqcha ma’lumotlar ishlatilmasligi, shuningdek, savol ikki xil tushunilmasligi kerak.
8. Test topshirig‘i savolida to‘g‘ri javobni topishga yordam beruvchi so‘z va iboralar ishlatilmasligi lozim.
9. Test topshirig‘ining to‘rtta javobi bo‘lib ulardan faqat bittasi mutlaq to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
10. To‘g‘ri javoblar ham noto‘g‘ri javoblar ham bitta mavzu doirasida bo‘lishi shart va ular shakl jihatidan ham bir – biriga yaqin bo‘lishi, to‘g‘ri javob shaklan ajralib turmasligi kerak.
11. Testning muqobil javob variantlarida so‘zlarni keraksiz takrorlamaslik, shuningdek, tushunarli, aniq va qisqa bo‘lishi talab etiladi.
12. Test topshirig‘ining noto‘g‘ri javoblari asosli ravishda tanlanishi kerak.
13. Test topshirig‘ining muqobil javoblari orasida “javoblarning barchasi to‘g‘ri”, “javoblarning barchasi noto‘g‘ri”, “to‘g‘ri javob yo‘q”, “to‘g‘ri javob A va V”, “V va D” kabi iboralar ishlatilmasligi lozim.
14. Test topshiriqlari yozilgan faylning nomi namunaviy o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘liq nomi bilan nomlanishi shart. Masalan: Informatika va axborot texnologiyalari” yoki “Umumiy psixologiya” kabi. Faylni nomlashda qisqartmalar kiritish mumkin emas.
15. Test topshiriqlari Microsoft Word “Times New Roman” shiriftida, 14 o‘lchamda yozilishi lozim.
16. Test topshiriqlarini kiritishda orfografik va punktatsion xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligiga e’tibor berilishi lozim.
17. Test topshirig‘ining to‘g‘ri javob variantidan oldin “*” belgisi qo‘yilishi kerak.
18. Test topshiriqlar jadval ko‘rinishida to‘g‘ri javob esa javob variantlarining birinchi ustunida joylashishi kerak.
19. Jadvalga ortiqcha raqam va belgilar kiritish mumkin emas.
20. Test materiallarini Microsoft Word dasturiga kiritishda klaviaturadagi belgilardan foydalanish talab etiladi. Matematik ifodalar, fizik va kimyoviy formulalar grek alifbosidagi harflar, klaviaturada kiritish imkoni mavjud bo‘lmagan turli belgilar, yuqori daraja va quyi indekslar “formula redaktori” orqali kiritilishi shart “topshiriqlar paneli” dagi va “simvol” dagi belgilardan foydalanish man etiladi.
21. Test topshiriqlarini tayyorlashda chizma va rasmlardan foydalanish mumkin emas.
22.”Formula redaktori” orqali formulalarni kiritishda rasmlar nusxasini ko‘chirib olib qo‘yish, kiril alifbosida foydalanish taqiqlanadi.
23.Har bir fan bo‘yicha tayyorlangan test topshiriqlari soni ikki yuztadan kam bo‘lmasligi, shaklan har xil mazmunan bir xil test topshiriqlari bo‘lmasligi va takrorlanmasligi zarur.
24.Muqaddam chop etilgan yoki DTMga taqdim etilgan test topshiriqlarini qayta taqdim etish taqiqlanadi.
25.Yuqorida qayt etilgan talablar asosida tayyorlanmagan test materiallari mualliflarga qaytariladi.