A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Reja: 1.Umumiy о‘rta ta’lim tizimida texnologiya fani bо‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə50/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Reja:
1.Umumiy о‘rta ta’lim tizimida texnologiya fani bо‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi.
2.Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni.
3.Metodik ishlarni boshqarish tizimi.
1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi fani bo‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish.
O‘qituvchning mustaqil metodik ishlari: o‘z siyosiy ongini o‘stirish, kasbi bo‘yicha bilim va tajribani kengaytirish, ta’lim-tarbiya sohasidagi mahoratini shakllantirish. Buing uchun o‘qituvchi faoliyatida metodik ishlarni rivojlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Individual metodik ish butun o‘quv yiliga tuzilgan reja bo‘yicha olib boriladi, bunda o‘qituvchi o‘zini pedagogik tajribalarini chuqurlashtirish maqsadida individual metodik topshiriqlar bajarishi ko‘zda tutiladi.
Ularga quyidagilar kiradi: fan bo‘yicha ma’ruza matnlarini takomillashtirib borishi, pedagogik mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, o‘quv dasturining eng qiyin mavzulari bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar, tavsiyalar tayyorlash, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish; maqolalar tayyorlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
O‘qituvchining ijodiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish:
1. Muammo belgilanib olinadi, yechimi topiladi va rejaga olinadi.
2. Belgilangan muammo yutuq va kamchiliklarini, yechimini topish va metodbirlashma a’zolari birgalikda bitta fanga oid mavzuni belgilab, dars jarayonini o‘tish rejasini ishlab chiqadilar.
Metodbirlashma a’zolarining kasbiy mahoratini va malakasini oshirib borish:
- O‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish;
- Pedagogik mahoratni shakllantirish;
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izlash;
- O‘zini-o‘zi kasbiy va pedagogik rivojlantirish.
O‘qituvchining o‘z ustida mustaqil ishlashi 2 asosga bo‘linadi:
1. O‘zini-o‘zi, o‘z faoliyatini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil etish.
2. O‘zining kasbiy malakasi darajasini kutilayotgan natija bilan real tarzda muvofiqlashtirish. Bu o‘qituvchidan pedagogik faoliyatining qaysi tomonlari zaif, o‘z bilimini oshirish va tarbiyalashning qanday muammoli tomonlari mavjudligini, ularni bartaraf etish uchun nimalar ustida ishlash lozimligini aniq belgilashga yordam beradi.
1.O‘qituvchining o‘z bilimini oshirish maqsadini belgilash. O‘qituvchining o‘z bilimini oshirishga bo‘lgan talabi bu undagi ma’naviy ehtiyoj hisoblanadi. O‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish samaradorligi haqida fikrlardan voqif bo‘ladi va o‘zidagi kamchiliklarni bartaraf etib, o‘z ustida ishlashga, bilim va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirishga olib keladi.
2.O‘zining pedagogik faoliyatini tahlil etish. O‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatlarini qaysi jihatlarini takomillashtirish lozimligini bilishi uchun o‘zining kasbiy masalasini va foliyatini tahlil etib borish talab etiladi.
3.Rejalash. O‘qituvchining bo‘sh vaqtini o‘z faoliyatini takomillashtish va o‘z ustida ishlashga sharoitning mavjudligini nazarda tutadi. Bu asosda o‘qituvchi bo‘sh vaqtini rejalashtiradi.
4.Komplekslik. O‘qituvchi o‘z faoliyatini ma’lum tizim asosida olib boradi. O‘qituvchi o‘z fani doirasida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishi bilan bir qatorda OAV vositalari yordamida siyosiy-g‘oyaviy tayyorgarligini ham oshirib boradi.
5.O‘zini-o‘zi nazorat qilish tamoyili. Bu tamoyil asosan o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash jarayonining sifati va samaradorligini aniqlashda muhimdir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin