A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə68/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

1. Motivatsiya pog‘onasi:
Bu pog‘onada ma’ruzachi ishtirokchilarni mavzuning maqsadi bilan tanishtiradi va ularning boshlang‘ich bilim zaxirasini aniqlab oladi. Agar ishtirokchi o‘zi bilgan ma’lumotlarni mavzu bilan bog‘lay olsa, u tezroq tushunib oladi va yaxshiroq esda saqlab qoladi. Shuning uchun ma’ruzachi ishtirokchilarni "Men bilishni xohlayman" degan qiziqish hosil qilishga erishishi lozim.


2. Axborot pog‘onasi:
Ma’ruzachi muhim nazariy bilimlarni berishi lozim. Bunda ishtirokchilar kognitiv o‘quv sohasi bo‘yicha o‘rganishga jalb etiladi va nazariy bilimlarini amaliy tajribalarga bilan bog‘lash uchun axborotlar oladi. Shu tariqa ishtirokchilarning muammolarini yechish imkoniyatlarni ishlab chiqadi va "Men bilaman" degan tushuncha hosil bo‘lishiga erishiladi.
3. Namoyish pog‘onasi:
Ishtirokchilarning dastlabki bilim zaxirasi va tajribalariga bog‘liq. Egallagan bilimlar asosida ma’ruzachi bevosita ish jarayonida harakatlar ketma-ketligini tushuntirib berishi kerak va ishtirokchilar bilan birgalikda ishlab chiqishi kerak. Shu orqali ishtirokchilar ishtiroki faollashib, ta’lim oluvchilarda "Men tushunayapman" degan tushuncha hosil bo‘ladi.
4.Qo‘llash pog‘onasi - ishtirokchilar topshiriqni bevosita bajarib o‘rganadi. Natijada ta’lim oluvchilarda "Men bajarayabman" degan tushuncha paydo bo‘lishiga erishiladi.
5.Nazorat pog‘onasi - ta’lim beruvchi natijalarni baholash va muvaffaqiyatlarni sanab o‘tishi lozim. Bu pog‘onada ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi tomonidan uchragan xatolarni muhokama qiladi va to‘g‘rilash imkoniyatlarini aytadi.
Seminarga tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- mavzuni tanlash va vazifalarni aniqlash:
- qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash:
- axborotlar uchun vazifalar va mavzularni taqsimlash :
- dastlabki ishlarni tashkil etish, maslaxatlar berish:
- o‘tkazish metodlarini tanlash:
- ko‘rgazmali materiallar tanlash:
- seminar rejasini tuzish:

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin