Ta’lim muassasalari Pedagogika kengashi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasb mahorati va ijodkorligini o‘stirish maqsadida Pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi.
Pedagogika kengashining vazifalari. Pedagogika kengashining vazifalariga quyidagilar kioradi:
-ta’lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini, o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’minlashda pedagogik jamoa faoliyatini yo‘naltirish, DTS talablarini bajarishni ta’minlash, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini ko‘tarish chora–tadbirlarini belgilash;
o‘quvchilarga ta’lim berishda o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishini o‘rganish va chora-tadbirlarini belgilash;
o‘quvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o‘z vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish;
-ta’lim muassasasini maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbol yo‘nalishlarini belgilash;
ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish va boshqalar.
Metodik ishlarni tashkil qilish strukturasi. - o‘qituvchining ijodiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish:
- o‘qituvchini kasbiy mahorat va malakasini oshirib borish:
- o‘qituvchini o‘z ustida mustaqil ishlashi:
- seminar, davra suhbatlari, konferensiyalar o‘tkazish:
- metodik ish rejasini tuzish:
- fanga oid har oyda tadbirlar o‘tkazish:
- o‘quvchilarni mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish:
- o‘quvchilarni ko‘rik tanlovda qatnashishlariga tayyorlash:
- o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasini tayyorlash: