A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə62/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Nazorat savollari:
1.Texnologiya fani bo‘yicha ekskursilar qanday o‘tkaziladi?
2. Ekskursiyani maqsad va vazifalari tushuntiring?
3.Ekskursiya qanday yakunlanadi?


12-Mavzu:Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish.
Reja:
1.Texnologiya fanida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi.
2.5-6 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish.
3.7-8 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish.
1. Texnologiya fanida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi..
O’quvchilarga o’quv yili davomida mehnat ta‘limining barcha yo’nalishlari bo’yicha olgan bilim, ko’nikma, malakalarini o’quv yili oxirida o’tkaziladigan o’quv amaliyoti davrida byevosita amalyot jarayonida qatnashish va amaliy ishlab ko’rish ta‘ssurotlari orqali mustahkamlash imkoniyati bo’ladi.
O’quvchilarga o’quv amaliyoti o’tkazishdan maqsad ular olishgan va
egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita amaliyot mobaynida mustaqil
bajarish va ko’rish ta‘ssurotlari orqali mustahkamlashdan iborat.
Ta’til kunlaridagi mehnat amaliyoti o‘quvchilarda hozirgi zamon ishlab
chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab
chiqarish-texnik faoliyatining ko‘p sohalarida qo‘llanadigan umumlashgan
malakalarni egallaydigan yo‘sinda tashkil etishni talab qiladi. Boshqacha aytganda,
o‘quvchilarga ular o’quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar jarayonida oladigan texnik va texnologik bilim, ko’nikma va malakalarning universalligini; bu bilim, ko’nikma va malakalardan yangi ishlab chikarish sharoitlarida foydalana olish malakalarni ko‘chirish-xosil qilish kerakligini ko‘rsatish zarur. O‘quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari bilan ikki yo‘l orqali tanishtirish mumkin:
-ularning har birini izchil o‘rganish;
-ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi bo‘lgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bog‘liq holda klassifikasiyalash va mazkur qonuniyatlarni xalq xo‘jaligining bir-ikkita tarmog‘i misolida o‘rganish orqali.
Birnnchi yo‘lni maktabda qo‘llab bo‘lmaydi, chunki u juda ko‘p o‘quv vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yo‘l esa maktabda xalq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlarini o‘rganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan ancha qimmatlidir,chunki u xalq xo‘jaligining o‘quvchilar maktabda o‘rgangan tarmoqlari bilan o‘rganmagan tarmoqlari orasida uzviy bog‘lanishni ta‘minlaydi.
Gap shundaki turli ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda har xilligidan qat‘i nazar, anchagina o‘xshashlik va umumiylikka ega, chunki ular ko‘pincha tabiatning bir xil qonun va hodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Tabiat qonunlaridan har xil texnik qurilma va texnologik jarayonlarda ularning
ilmiy asosi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, ba‘zi pedagoglar umum-texnologik ta‘lim vazifalarini fan asoslariga oid o’quv fanlarlar doirasida to‘la bajarish mumkin, deb noto‘g‘ri xulosaga keldilar. Fan asoslarining umumtexnologik ta‘lim ishidagi katta ahamiyatini inkor etmagan holda buning o‘zi kifoya qilmasligini ko‘rmaslik mumkin emas. Fan asoslariga doir fanlarni texnikadan olingan misollar bilan boyitish muammoni hal qilmaydi, chunki bunda doimo u yoki bu ishlab chiqarish hodisasining o‘quv o’quv fanlarining mazkur mavzusiga bog‘liq bir tomoni ko’rib chiqiladi. Shu sababli o‘quvchilarda ishlab chiqarish hodisasi haqida umuman tasavvur hosil bo‘lmaydi. Masalan, o‘quvchilarda detal haqida fan asoslarining u yoki bu qonunidan foydalanishning konkret misoli sifatida emas, balki mashinaning tipovoy qismi sifatida to‘la tasavvur hosil qilish uchun uning vazifasi va mashinadagi o‘rni haqida, xom-ashyosi (zagotovkasi) uchun materiallar tanlash, uni loyihalash va tayyorlash haqida gapirib berishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, bunda fan asoslari bo‘yicha maktab o’quv fanlarida ko‘riladigan masalalar haqidagina emas, balki ularga kirmaydigan (masalan, detalni tayyorlash) masalalari haqida ham gapirish kerak. Shunday qilib, ishlab chiqarish hodisasi haqida,tabiatdagi u yoki bu qonunning illyustrasiyasi sifatida gapiradigan bo‘lsak, bunda faqat uning bittagina sifatini yoritish mumkin. Agar ishlab chiqarish hodisasi har tomonlama xarakterlansa, fan asoslari bo‘yicha fanlarni o‘rganish mantiqini buzadi, bu o’quv fanlar mazmuniga ularga bevosita aloqasi yo‘q materialni kiritishga majbur qiladi. Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash didaktikaning asosiy tamoiliga bo‘ysundirilgan va o‘z mantiqiga zid bo‘lgan ma‘lum bir tizimi bo‘yicha amalga oshishi kerak. Agar mehnat usullarini egallashni fan asoslari bo‘yicha ayrim o’quv fanlarlar vazifasiga kiritilsa, ular ana shu o’quv fanlarlarning tuzilishi mantiqiga bo‘ysunadi.
Nihoyat, mehnat obyektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa o’quv fanlarlarning o‘qituvchilari eng avval shu obyektlar o‘tilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lishiga harakat qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi
rejaga o‘tib qoladi. Natijada amaliy mashg‘ulotlar uchun obyektlar tanlash juda
cheklangan va mehnat ta‘limi tizimi talablariga javob bera olmaydigan bo‘lib
qoladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari bo‘yicha o’quv fanlarlar doirasi bilan chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab o‘quv rejasida mehnat ta‘limi bo‘yicha o’quv rejada maxsus amaliy mehnat mashg’uloti (amaliyot) bor. Ta‘lim jarayonining umumtexnik yo‘nalishini ta‘minlash uchun ayrim aniq ishlab chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining umumiy asoslari o‘rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab qilinadi. Ta‘limni unumli mehnat bilan qo‘shish quyi sinflardagi mehnat darslaridayoq qisman mumkin bo‘lib qoladi. O‘quvchilar asosan o‘zlari uchun zarur buyumlarni tayyorlaydilar. Ularni moddiy boyliklar yaratishga qatnashtirish imkoniyatlari o‘rta sinflarda kengayadi. Bu sinflarda unumli mehnat shunchaki ixtiyoriy emas, balki majburiy ham bo‘lib qoladi. Dasturlarda o‘quv materialini tizimlashtirishning qabul qilingani bilan o‘rta siiflarda o‘quvchilarni unumli mehnatga jalb etish osonlashadi.Har bir o‘quv mavzu mehnat faoliyatining muayyan tugallangan sikliga bag‘ishlanadi. Bular texnik mehnat darslarida tipovoy buyumlar (masalan, konturi to‘g‘ri chiziqli yassidetallar, simdan yassi shaklli buyumlar va hokazolar) tayyorlashdan; servis va qishloq xo‘jaligi asoslari darslarida texnologik nuqtai nazardan tugallangan ishlar kompleksini (masalan, taomlar tayyorlash; ip va kanop gazlamalar bilan ishlash; ildiz mevalilar urug‘larini ekish va hokazolarni) bajarishdan iboratdir.
Shu tufayli har bir mavzu o‘rganilgach o‘quvchilarning mehnatidan amalda foydalanilgan bo‘ladi va o‘quvchilar uning natijalari foydaliligini baholay oladilar. O‘quvchilarni unumli mehnatga tortishda dasturlarda ularning mehnat obyektlari
qat‘iy cheklangan doirada belgilanmagani ham katta ahamiyatga ega. Bu obyektlar har qaysi maktabninganiq imkoniyatlariga qarab tanlanadi (bunda, albatta, o‘quvchilar dasturda ko‘zlangan hajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarni
egallashlari kerakligi shartiga amal qilinadi). Shuningdek, masalan, o‘rta sinflar
dasturlarida mahalliy ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olib, yangi bo‘limlarni ishlab chiqish va joriy qilishga ruxsat etiladi, Yuqori sinflarda unumli mehnat norma bo‘lib qoladi, chunki busiz o‘quvchilarga aniq ishlab chiqarish kasblarini o‘rgatish mumkin emas. Shunday qilib, ta‘limnn unumli mehnat bilan qo‘shish vazifasi mehnat ta‘limi dasturlarida yetarli darajada o‘z ifodasini topgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Yuqorida aytilganidek, mexnat ta‘limi darslarida bolalar asosan amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar. Bu ishlarni bajarish uchun ular asboblar bilan ishlash usullarini o‘zlashtirishlari yetarli. Shu bilan birga dasturlarda ularni ishlov beriladigan materiallarning xossalari bilan tanishtirish ham nazarda tutilgan, bu materiallarni taqqoslash talab qilingan hozirgi zamon texnikasi,texnologiyasi va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ma‘lum hajmdagi bilimlar ifodalangan. Dasturlarning mana shu talablari tufayli ularning variativligiga qaramay, hamma o‘quvchilar hozirgi zamon ishlab chiqarishining asoslari haqida deyarli bir xil hajmdagi bilimlarni oladilar. O‘quv dasturi mehnat tarbiyasiga muayyan hissa qo‘shadi, chunki bu tarbiyaning asosiy shartlaridan biri o‘quvchilar faoliyatining unumli xarakterda bo‘lishidir. Bundan tashqari, dastur mazmunining o‘ziyoq o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, umumiy mehnat aktivligini, ularning uquv mehnat faoliyati motivlarini shakllantirish, iqtisodiy tarbiya, tashabbuskorlik, mehnatga ijodiy munosabat va hokazolar uchun yaxshi baza bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada hamma gan faqat mehnat ta‘limi uslubida, uning samaradorligida qolgan. Dasturlarda kasb tanlash ishlariga ko‘proq ahamiyat beriladi. Bunda birinchidan, quyi, sinflardan boshlab o‘quvchilarni qanday kasblar bilan tanishtirish kerakligi haqida bevosita ko‘rsatmalar mavjud. Bundan tashqari
o‘qituvchining tashabbuskorligi uchun ham keng imkoniyat mavjud. Bu borada
ishlab chiqarishga qilinadigan ekskursiyalar nihoyatda muhim rol o‘ynaydi, bunday ekskursiyalarni hamma sinflarda o‘tkazish nazarda tutilgan. Mehnat ta‘limining muhim vazifasi uning boshqa o‘quv fanlarlari bilan bog‘lanishini ta‘minlashdan iboratdir.Shu sababli barcha mehnat ta‘limi dasturlarida o’quv fanlarlararo aloqaga oid aniq ko‘rsatmalar mavjudligi bejiz emas. Har bir mavzuda fan asoslari bo‘yicha tushunchalar ro‘yxati bo‘lib, ular qaysi o’quv fanlarlarda va sinflarda o‘rganilgani ko‘rsatilgan. Bu mehnat ta‘limi o‘qituvchisining ishini ancha osonlashtiradi.
O‘quvchilarni ijodiy mehnatga jalb qilish kabi masalalar ham mehnat ta‘limi
dasturlarida ma‘lum darajada aksini topadi. Bu qishloq xo‘jalik asoslari yo’nalishida tajribachilikdan, texnologiya va dizayn, servis yunalishlarida esa buyumlarni konstruksiyalashga va ularni yasash texnologiyasini ishlab chiqishga jalb qilishdan iborat. Dasturning ba‘zi mavzularida bu haqida bevosita ko‘rsatmalar, ba‘zi mavzularida esa zarur shartlargina beriladi, ulardan foydalanish tamomila o‘qituvchiga bog‘liq. Shu sababli bunda ham mehnat tarbiyasidagi kabi ko‘p narsa mehnat ta‘limi o‘qituvchisi foydalanadigan ta‘lim uslubiga bog‘liqdir.
Yuqorida bayon qilinganlardan mehnat ta‘limi dasturlari mehnat ta‘limi oldiga o‘quv fanlari sifatida qo‘yilgan talablar va vazifalar hisobga olib tuzilgan deb
xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu erishilgan natijalar bilan xotirjam bo‘lib
qolish mumkin, degan ma‘noni bildirmaydi, albatta. Hali dasturlar sifatini
oshirishning katta imqoniyat va zaruriyatlari mavjud. Bu imqoniyatlarni ochish va ulardan foydalanishda o‘qituvchilar faol ishtirok etishlari kerak. Shunday qilib, umumiy ta‘lim maktabi islohoti o‘quvchilar mehnat tayyorgarligini yangi, yanada yuqori darajaga ko’tarib, hozirgi yuksak rivojlangan servis va ishlab chiqarish korhonalaridagi mehnat xodimlariga qo’yyadigan talablariga javob beradi.
2.5-6 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish.
Mehnat ta’limi o’quv rejasida amaliy mehnat mashg’uloti (amaliyot) 5,6,7 va 8-sinflarda ko’zda tutilgan bo’lib 5-sinfda 6 kun, 6-sinfda 6 kun, 7-sinfda 10 kun va 8-sinfda 10 kun rejalashtirilgan bo’lib,u yozgi ta’til davrida o’tkaziladi.
Ilg‘or tajribani o‘rgannsh natijalari yozgi mehnat choragiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid ish rejasining taxminiy mazmuni mehnat birlashmalarining tadbirlari va an‘analarini tavsiya qilishga imkon beradi. Rejada amaliy mehnat mashg’uloti (amaliyot) uch davr: tayyorgarlik davri, ish davri va yakun yasash davri ajratib ko‘rsatiladi. Bu tadbirlar mehnat va dam olish lagerlarida tashkil etilishi mumkin.
Tayyorgarlik davrida korxonalarning yozgi davr uchun kadrlarga bo‘lgan
talablari to‘g‘risida buyurtmalar o‘rganiladi, mehnat shartnomalari tuziladi,
mehnat birlashmalarining rahbarlari saylanadi, seminarlar o‘tkaziladi, moddiy
baza hozirlab qo‘yiladi, mehnat birlashmalarining a‘zolariga xavfsizlik texnikasi
qoidalari o‘rgatiladi (o‘qitiladi), ish rejasi, majburiyatlar ishlab chiqiladi va qabul
qilinadi.
Ish davri o‘quvchilarning yoshiga qarab o’quv rejadagi muddatgacha davom etadi. Bu davrda o‘quvchilar foydali mehnat bilan shug‘ullanishadi. Foydali mehnat tarbiyaviy ish bilan qo‘shib olib boriladi; o‘quvchilar shonli voqyealar sharafiga ishlab chiqarishning obro’-etiborli xodimlari uchun ajratilgan alohida joyda turishadi, kasbning eng yaxshi ishchisini aniqlash uchun konkurslar utkaziladi, xalqning jangovar va mehnat shuhratini aks ettiruvchi joylarga safarlar, sport musobaqalari uyushtiriladi va hokazo.
Mehnat bayramlarida ko‘rgazmalar, reportajlar uyushtirilib, ishga yakun
yasaladi.
Mehnat birlashmalarining rivojlanishida yuqori sinf o‘quvchilari mehnat
otryadlari muhim rol uynaydi.Ularning eng yaxshi vakillari kelishadi. Bir necha
kun davomida yoshlarniig kasblar bo‘yicha konkurslari o‘tkaziladi. G‘oliblarga
mukofotlarni ishlab ciqarish ilgorlari va mamlakatimizning taniqli kishilari topshirishadi. O‘quvchilar yuksak vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan, o‘zining butun kuchini vatanga xizmat qilishga bag‘ishlash hissi bilan to‘lib-toshgan holda joy-joylariga tarqalishadi. Mehnat birlashmalari o‘z tadbirlari va an‘analariga ega. Masalan, mehnat birlashmasining tantanali majlisida mehnat birlashmasi a‘zoligiga tanishtiruv o‘tkaziladi. Birlashmaning har bir a‘zosi yengiga taqiladigan shevron, har qaysi mehnat birlashmasiga esa bayroq topshiriladi. Mehnat va dam lagerlarida
har kuni ertalab va kechqurun ish lineykalari o‘tkazilib, raportlar topshiriladi,
mehnat topshiriqlari beriladi, mehnat birlashmasining bayrog‘i ko‘tariladi va
tushiriladi. Mehnat birlashmasi kengashning qarori bilan tantanali yig‘ilishlar
o‘tkaziladi va hokazo.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berish
tizimining muhim tarkibiy qismidir. Bu ishlar o‘quvchilar tashkilotlari orqali,
shuningdek, o‘quvchilar qo’mitasi, ota-onalar, keng jamoatchilik va ishlab
chiqarish jamoalarining faol ishtirokida amalga oshiriladi. O‘qituvchi,
o‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqtda turli ishlarga jalb qilib, ular o’rtasida
jamoatchilik munosabatlarini vujudna keltirib, katta avlod bilan keng aloqada
bo‘lishni tashkil qilib, dunyoqarash tushunchalarini, mehnat va grajdanning
asosiy vazifalari to‘g‘risida tassavurlar va qarashlarni shakllantirish, bularni
ancha kengaytirib shaxsiy e‘tiqotlar darajasiga yetkazish imkoniyatiga
ega. O‘qituvchi maktab o‘quvchilarida eng yaxshi axloqiy xislatlarni aniq
maqsadni ko’zlab tarbiyalashi, tashkilotchilik ko’nikma va malakalarini
takomillashtirishi, ularning umumtexnik va texnologik bilimlarini boyitishi,
kasbga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlashi lozim. Ammo buning uchun
sinfdan tashqari ishni o‘quv jarayoni bilan uzviy qo’shib olib borish zarur,
shunday holatga erishish kerakki, sinfdan tashqari ish uning mantiqiy davomi
va yakuni bo’lsin. Buni esa o‘quvchilar ijtimoiy va jismoniy jihatidan kamol
topa borganlari sari sinfdan tashqari ish vazifalari, mazmuni va shakllari doimo
va bosqichma-bosqich boyib, kengayib va murakablashib, ta‘lim uslublariga,
maktab o‘quvchilari har bir yosh guruhi qiziqishlari, mayllari va talab ehtiyojlariga mos bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Maktab o‘quvchilarini jamoada inoq bo‘lib do’stona ishlashga,o‘rtoqlariga ko’maklashishga, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga, o’z mehnatini to’g‘ri tashkil qilishga,vaqtni qadrlashga, kuchlarni tejashga,materiallarni tejab-tergab sarflashga o’rgatish,oddiy mehnat
topshiriqlarini rejalashtirishning eng maqbul qoidalari bilan tanishtirish,mehnat
jarayonida o‘z hatti harakatlarini muvofiqlashtira bilishni, ularni tahlil qila olishni, shuningdek o‘z o‘rtoqlarining ishini nazorat qila bilishni,o‘z mehnatini va kichik guruhlar mehnatini doimo hisobga olishni o‘rgatish, kichik yoshdagi o‘quvchilarni zvenoda va otryadda musoboqani tashkil qilishga jalb etish lozim. O‘smirlarni qurshab turgan hamma narsalar va buyumlar, shuningdek uylar, maktablar, kasalxonalar, fabrikalar, zavodlar katta avlodlar tomonidan yaratilgan degan xulosani chiqara bilishga o‘rgatish zarur. Maktab o‘quvchilarini kasblar olamidan xabardor qilish, ularda o‘z ota-onalari va yaqin kishilarining kasblariga alohida qiziqish uyg‘otish, ishchi,dehqon, chorvador kasblariga hurmat bilan qarashni moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlashga o‘zini tayyorlash istagini tarbiyalash kerak.
O‘quvchilarga, ayniqsa, kichik va o’rta yoshdagi o‘quvchilarga mehnat
tarbiyasi berishda suhbatlardan keng foydalaniladi. Bunday suhbatlarning qimmatli jihati shuki, savollarning puxta o‘ylangan tizimi yordami bilan o‘quvchilar u yoki bu tushunchaning mohiyatini,masalan, mehnatsevarlik,ishchi shon-sharafi, vijdon mohiyati yoki grajdanlik burchini sezish, mehnatga va mulkchilikning har xil turlariga munosabat singari bir muncha murakab axloqiy me‘yrlarning mohiyatini qanchalik to‘g‘ri tushunishlarni bilib olish mumkin.Suhbatda savollar yordami bilan o‘quvchilarni kishilarning asosiy axloqiy xislatlari to‘g‘risidagi ularning mehnatga va mehnat ahliga munosabati haqidagi, ijtimoiy vaj sabablari, mehnat jasorati va maqbul mehnat uchun harakat manbalari va shu kabilar to‘g‘risidagi xulosalarga olib kelish mumkin. Suhbat natijali bo‘lishi uchun uning asosiy maqsadini aniq tassavur qilish, ya‘ni o‘quvchilarni nimalar bilan tanishtirishni istayotganingizni,qanday tassavur yoki tushunchani ularda shakllantirish niyatida ekanligingizni, munosabatlar va harakatlarning qanday tipini ishlab chiqish lozimligini bilish zarur. Maqsad aniqlanganidan keyin suhbat rejasini belgilab olish kerak. Reja aniq bo‘lishi va urtaga quyilgan masalalarni o‘z ichiga olishi lozim.O‘quvchilarni suhbatga tayyorlashda ularga qanday kitobni yoki ro’znomalar,yoxud oynomalardan olingan qanday maqollarni o‘qib chiqish
zarurligini, qanday filmlar ko’rish lozimligini tavsiya qilish kerak. Suhbat
o’tkazishdan bir necha kun oldin o‘quvchilarga ota-onalari bilan suhbatlashib,
o‘z mehnapt jamoalari, o‘rtoqlarining ishlari haqidagi ularning aytganlarini
yozib olishni, o’tkaziladigan suhbat mavzuda albom yoki stend jihozlashni
tavsiya etish mumkin. Suhbat oldidan o‘quvchilarga mavzuga jonli qiziqish
o’rgatish, ishonch, xayrixoxlik, hissiy ko’tarinkilik muhitini vujudga keltirish
zarur. Suhbatning mntiqiy yo’li uzilib qolmasligi, dunyoqarashga oid asosiy
qoidalar va tushunchalar ko’rsatib berilishi, bayon qilinishi muhimdir.
Suhbatning samarali bo‘lishi uni o‘tkazuvchi o‘qituvchiga, uning ovozining
tembriga, mimikasiga, imo-ishoralariga, musiqaning jo’r bo‘lishiga, o‘quvchilarning hissiyotlari va his tuyg‘ularini idora qila bilishga ham bog‘liqdir.
Ta‘til vaqtida o‘quvchilar bajaradigan unumli mehnat, ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ommaviy va sport ishlari ularning fuqoralik yetukligini, mehnatga va mustaqil hayotga tayyorgarligini tekshirib ko’rish maktabidir. Sinf rahbarlari o‘zini o‘zi idora etish organlari bilan birgalikdagi ishlab chiqarish jamoalariga yordam berish yuzasidan tadbirlar o’tkazadilar, o‘quvchilarning ishlab chiqarish korxonalari, davlat xo’jaliklari va jamoa xo’jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlvrini tashkil qiladilar.Bularning hammasi o‘quvchilarning mehnat maqsadlarini anglab olishlariga yordam beradi, o‘quvchilar jamoasini mehnat jamoasi bilan ma‘naviy jihatidan yaqinlashtiradi,ular o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni o’rnatadi, maktab o‘quvchilarda sanoat, qishloq xo’jaligi va servis mehnatchilarining turmushiga qiziqish tug‘diradi, xalq xo‘jalik vazifalarini hal qilishda ko’maklashish ishtiyoqini vujudga keltiradi. Sinf rahbarlari o‘z o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishlarini, sihatsalomatligini aniqlab, ulardan har birining qanday mehnat birlashmasiga a‘zo bo’lib kirishi kerakligini aytib beradilar, ularga maslahat qiladilar. Sinf rahbarlari ota-onalar bilan o‘tkazgan suhbatlarida yozgi ta‘til vaqtida o‘quvchilarning bekor yurishi, be‘mani qiziqishlar, nosog‘lom ishtiyoqlar, fe‘l-atvorda salbiy xususiyatlarning paydo bo‘lishiga va shu kabi illatlarning vujudga kelishi mumkinligini ko’rsatib beradilar, ta‘til paytida ishga jalb etilgan bolalarning turmushi, mehnati va dam olishi qanday tashkil etilishini,o‘qituvchilar va mutaxassislardan kimlar o‘quvchilar bilan shug‘ullanishlarini, ular nimalarni bilib olishlarini aytadilar.Bunda shunga erishish muhimki, ota-onalar maktab o‘quvchilarining unumli mehnatda qatnashish zarurligiga g‘oyat amin bo‘lishlari, maktab tashabusini qullab-quvatlashlari lozim. Yuqori sinf o‘quvchilarini mehnat lagerini tashkil qilishdan iborat tashkilotchilik ishiga keng jalb qilish ularning mehnat va ijtimoiy faolligini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bu ishda qatnashib, mustaqil xo’jalik faoliyatining real sharoitlariga tushib qoladilar, jamoa haqida g‘amho’rlik qilishni, mustaqil ish ko’rishni, tashabusni o’rganib oladilar,tashkilotchilik mahorati va malakalarini ortiradilar,o‘zlari bajarishlari lozim bo‘lgan ish uchun maktab va jamoa korxonalari oldida javobgarlik hissini sezadilar. Iqtisodiy munosabatlarning o‘quvchilar g‘oyaviy va axloqiy yetukligiga o’tkazayotgan ta‘sirini o’rganish anchadan buyon tavsiya qilinmoqda, yigit vaqizlarda atrof-tevarakdagilarga, xususiy va ijtimoiy mulkka, ishlab topgan pullarga omilkorlik bilan munosabatda bo‘lish qanday shakllanayotganligiga, tajribada ishonch hosil qilishga erishish uchun harakat qilinadi.
Yuqori sinf o‘quvchilari bu jarayonda o‘z mehnatini ishchilar mehnati bilan taqqoslab,ota-onalari, davlat va xalq oldidagi o‘z burchini hushyorlik bilan idrok qila
boshlaydi, mehnatni normallsh maqsadga muvofiq ekanini anglaydi, mehnatga
haq to’lash ahamiyatini tushunadi va mehnat bilan topilgan pul-mablagning qadriga yeta boshlaydi. Lagerda o‘quvchilar brigadier-rahbar vazifasini navbatma-navbat bajarsalar, mehnat normalari va unga haq to’lash bilan tanishsalar, bevosita mehnat jarayonlari tashkil etilib, mehnat natijalari hisobga olib borilsa, o‘z o‘rtoqlarining, brigadalarning va umumiy lager jamosining ishhaqi aniqlanib tursa, ijtimoiy ulg‘ayishning ana shu jarayoni bir muncha muvafiqiyatli kechadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin