A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Ekskursiyaning maqsad va vazifalari ekskursiya ob’ektini tanlash



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə60/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

1.Ekskursiyaning maqsad va vazifalari ekskursiya ob’ektini tanlash.
Aniq maqsadga bag‘ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzudan oldin yoki keyin o‘tkazish mumkin. Ekskursiyalarni frontal ravishda o‘tkaziladi. O‘qituvchi ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning ishlab chiqarish jarayoniga kuzatishlariga rahbarlik qiladi, mashina va asboblarining ishlash prinsipini va mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga, mehnatni tashkil etish va hokazolar o‘quvchilar e’tiborini jalb qiladi. Masalan: 5-sinf o‘quvchilari o‘quv ustaxonasidagi mashg‘ulotlarida asosan yog‘och va metalga ishlov berishning qo‘lda bajariladigan sohalarini o‘rganadilar. Ekskursiya jarayonida esa ular yangi stanoklar, asbob-uskunalar, moslamalardan keng va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar. O‘quvchilar o‘quv ustaxonasidagi va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, o‘quvchilar mehnatini sifatini emas, balki mehnat unumdorligi oshiradigan stanoklar, asbob-uskunalar, moslamalaridan keng foydalanish yo‘li bilan, qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish zarur degan xulosaga keladilar. Bunday ekskuksiyalar o‘quvchilarda o‘zlari ko‘rgan narsalar to‘g‘risida yorqin taassurotlar qoldiradi, bilim doirasini kengaytirish, bo‘lajak kasbiga bo‘lgan qiziqishini va mehnatga yangicha munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga va ishlab chiqarish intizomini yaxshilashga imkon beradi.
Ekskursiya obyektini tanlash.
O‘tkaziladigan har qanday ekskursiyani mazmuniga quyidagi 3 ta bosqichini kiritish mumkin:
- kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsad va vazifalarini aniqlash, obyektini borib ko‘rish zarur hujjatlarni (o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar va hisobot shakllari) tayyorlash;
- mehnat o‘qituvchisi ekskursiya maqsad va vazifalarini, ekskursiya o‘tkaziladigan joyda o‘quvchilarni o‘zini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya marshruti to‘g‘risida suhbat o‘tkazishini o‘quvchilarning kuzatishi zaruriy vazifalarini bajarishi;
- ekskursiyaga yakun yasash, ekskursiya jarayonida paydo bo‘lgan masalalari hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat o‘tkazish;
Navbatdagi mashg‘ulotda ekskursiya to‘g‘risidagi o‘quvchilar hisobotini tahlil qilish va jamoa bo‘lib muhokama qilish yo‘li bilan ekskursiyani yakunlash

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin