2.Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat tarbiyasining о‘rni. Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat tarbiyasi katta o’rin tutadi. Yoshlar tarbiyasida mehnat tarbiyasi bilan bir qatorda boshqa tarbiya turlari xam katta ahamiyat kasb etadi.
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomila qilishga o‘rgatib borish, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotinnig asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan ayniqsa , rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Axloqiy tarbiya.Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning jamiyatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odoblari, qonun-qoidalari majmuasidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sir axloqiy ta’sir deyiladi. Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyoda axloqshunoslik sohasida eng boy tajribalarga egadirlar. Qur’oni Karimda va Hadis-u shariflarda axloqqa oid ibratli maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi fikrlari bugungacha qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirish vositasidir.
Iqtisodiy tarbiya - bu o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkur va madaniyatni shakllantrishiga qaratilgan jarayondir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. O‘quvchilarda iqtisodiy tarbiya tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni kamol toptirishdir.