A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə56/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Nazorat savollar:

  1. Maktab sharoitida to‘garaklar qanday tashkil etiladi?.

  2. Maktabdan tashqari to‘garaklar to‘g‘risida tushuncha bering.

  3. Sinflar, maktablar tumanlararo ko‘rgazmalar tashkil etishni tushuntiring

  4. Fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qanday olib boriladi?



10- Mavzu. Texnologiya fani dars jarayonida tarbiya.
Reja:
1.Tarbiya haqida umumiy ma’lumot. Tarbiya tо‘g‘risida mutafakkirlarning qarashlari.
2.Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat tarbiyasining о‘rni.
3.Texnologiya darslarida tarbiyalash usullari.
1.Tarbiya haqida umumiy ma’lumot. Tarbiya tо‘g‘risida mutafakkirlarning qarashlari.
Tarbiyaning asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi.
Buyuk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri. Fundamental o’zgarishlar natijasida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslar o’zgardi. Lekin bu o’zgarishlar ko’pgina hollarda “yuqori”da sodir bo’ldi va asosan qonuniy darajalarda yuz berdi. Ammo odamlar ongi va munosabatida o’zgarishlar juda sekinlik bilan kechmoqda. Olimlarning e`tirof etishicha, davlat tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish uchun yosh avlodni yangi qonunlar asosida to’g’ri tarbiyalash kerak.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar jarayoni, boshqarishning demokratik va bozor iqtisodiga o’tish, shuningdek ta`lim, ayniqsa tarbiya maqsadi va usullarining yangilanishi kasb-hunar tizimidagi o’quvchilarning ma`naviy qiyofasini mutlaqo o’zgartirib yubordi. Endi oldindan belgilangan stereotip (o’xshash) bo’yicha yosh avlodlarni tarbiyalash vaqti o’tdi. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendentsiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Yangi maqsadlarga muvofiq holda o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari o’zgarmoqda, ta`limning variativ usullari, pedagogik texnologiyalar keng qo’llanilmoqda. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va vazifasini belgilash bu ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini aniqlaydi.
Ta`lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimining konseptual g’oyasi
– shaxs rivojlanishini maqsadga yo’naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi zarur. Bizning nazarimizda, bunday hamkorlik pedagogikasai juda qo’l keladi. Hamkorlik pedagogikasining mazmuni o’quvchi-yoshlarning o’z kuchiga ishonishini ifodalovchi munosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bo’ladi. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan o’quvchi-yoshlarning o’z-o’zini belgtlash, mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan so’z, ular o’z oldiga maqsad qo’yish va unga erishish yo’llarini belgilashda, o’z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo’ladilar. O’qituvchi unga faqat rahbarlik qilib, yo’l-yo’riq ko’rsatib turadi.
Yoshlarni tarbiyalash uchun 1-galda Sharq mutaffakirlarining meroslari dasturamal bo‘lib xizmat qiladi. Al-Forobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino,
Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, Navoiy, Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ishlash tarbiya ta’sirchanligini yanada oshiradi.
Yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish - bizning muqaddas burchimiz, or - nomusimiz. Lekin, barkamol insonni tarbiyalab yetishtirish oson emas. Oylab, yillab, sabr-toqat, chidam va qa’tiyatlilik, iroda talab etiladi.
Hozirgi paytda juda ko‘plab iqtidorli yoshlarimiz oliy maqsadlarni ko‘zlab, chet ellardagi nufuzli o‘qishlarda tahsil olmoqdalar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, Respublikamiz istiqbolini belgilovchi yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlash oliy maqsad qilib qo‘ydi.
Bunday inson, kasb-hunar egasi oilada va boshqa ta’lim tizimi jabhalarida ta’lim-tarbiya oladi.
Tarbiyada oliy maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarishimiz lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni esa tarbiyaning tarkibiy qismlari deb ham atash mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin