2.Sinflar, maktablar, tumanlar aro ko‘rgazmalarni tashkil etish metodikasi. Keyingi yillarda iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda turli xil tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan: “Kelajak ovozi”, “Mehr nuri” jamg‘armalari tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalar, ko‘rik tanlovlari shular jumlasidandir. Katta yoshdagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va hunarmandlar uchun esa “tashabbus” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Bunday tadbirlarni maktab miqyosida sinflararo yoki nechta maktablar ishtirokida maktablararo o‘tkazish mumkin.
Bunday tadbirlarni quyidagicha o‘tkazish mumkin:
Bu tadbirning asosiy maqsadi-o‘quvchilarga an’anaviy xalq hunarmandchiligi turlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunarga yo‘llash, milliy xalq hunarmandchiligi an’analari bilan tanishtirish, tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatiga yo‘llash.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
O‘quvchilarning mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar mohiyatini naqadar teran anglayotganlarini aniqlash hamda ularda mana shu serqirra jarayonni o‘quvchiyoshlar o‘z o‘rnida his etishi, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning hayotbaxsh ta’siri haqida mustaqil fikrlarini amaliy ifoda eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining texnologiya fanidan DTS va o‘quv dasturi talablarini qanday o‘zlashtirilayotganlari darajasini aniqlash.
Xalq hunarmandchiligi bo‘yicha buyumlar tayyorlashda, o‘zbek xalq hunarmandchiligi sanatining milliy an’analaridan maqsadga muvofiq foydalanish.
Xalq hunarmandchiligi bo‘yicha ish usullarini o‘rgatish va bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan buyumlar tayyorlash texnologiyasini o‘rganish.
O‘quvchilarni qobiliyat darajasi va shaxsiy qiziqishlarini hamda xalq hunarmandchiligiga oid kasb-hunarlarga yo‘naltirish.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi “texnologiya va dizayn” va “serviz xizmati” yo‘nalishlarida tashkil etiladi.