A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə61/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

ekskursiyaning turlari:
Kirish ekskursiyasi - katta ahamiyatiga ega, unga puxta tayyorgarlik ko‘rish talab qilinadi. Ekskursiya rejasi tuziladi, obyektlar belgilanadi, va tanishib chiqiladi. O‘rganilayotgan mavzuga kirish sifatida uyushtiriladi.
Ilustratsiya - mavzuni o‘rganish jarayonini o‘tkazadi.
Yakuniy ekskursiya - bo‘lim yoki dastur materiallarini to‘liq otib bo‘linganidan so‘ng uyushtiriladi.
2.Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiyani o‘tkazish. Ekskursiyani yakunlash.
Ekskursiyaga tayyorgarlik

  • O‘tkaziladigan ekskursiyaning maqsadini belgilash.

  • Kuzatish uchun obyektlarni tanlash, zarur tushuntirishlarni rejalashtirish.

  • Ekskursiya o‘tkaziladigan joyni borib ko‘rish, ekskursiya rejasini tuzish.

4. O‘quvchilarni ekskursiyaga tayyorlash. Buning uchun ularga. ekskursiyani, maqsadini, rejasini o‘tish vaqtini va ekskursiya vaqtida nimalarga e’tibor zarurligi aytiladi.
.Ekskursiya o‘tkazish:

  • Maqsad va vazifalarni to‘la bayon etish

  • Ekskursiya o‘tkaziladigan korxona, joy to‘g‘risida ma’lumot berish, kuzatilgan obyektlarni aytish.

  • Ekskursiyadan keyin beriladigan savollarni aytish.

  • Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.

  • Ekskursiyaga rahbarlik qilish.

  • Ekskursiyani yakunlash:

  • Kirish suhbatida berilgan savollarga javobni eshitib, fikr almashishi, bilimini mustahkamlash.

  • Ekskursiya ahamiyatini tushuntirish.

  1. Texnologiya fanida ekskursiyalarnini amalga oshirish metodikasi.

Ekskursiya natijalarini yakunlash. Ekskursiya Lining natijalari­ni yakunlash bilan tugaydi. Ko'pincha mehnat o'qituvchisi ekskursiya tugagach o'quvchilar bilan birga texnika xonasi yoki qizil burchakka qaytadi va ular topshiriqni qay tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material to'plagan yoki to'plamaganini aniqlaydi. Shundan so'ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalarda mashg'ulotlarda yakunlovchi suhbat o'tkazish vaq- tini belgilaydi.
O'quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan o'qituvchi keyinroq, masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish sharoitlarini taqqoslashda foydalanishi mum­kin. Ma’lumki, bunday taqqoslash o'quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari haqida to'g'ri tasavvur hosil qilishlari uchun o'tkaziladi.
Ekskursiyalar ta'lim-tarbiya, ko'rgazmali o'qitishda keng qo'llaniladigan mashg'ulot shakllaridan biri sanaladi. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda muzeylarga, ishlab chiqarish kor- xonalariga, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga oid fermalar va dalalarga, qurilish maydonlariga, firmalarga uyushtiriladigan ekskursiyalardan keng foydalaniladi.
Ekskursiyalarni amalda oshirishda mehnat tarbiyasiga oid sa- maraga erishish uchun avvalo ta’lim muhitini, bevosita buyum­larni amalda ko'rish, ular bilan amaliy ish bajarish sharoitiga eri­shish lozim bo'ladi. Buning uchun, odatda, o'quv muassasasiga yaqin masofada joylashgan obyektlar tanlab olinadi. Muzeylarga uyushtiriladigan ekskursiyalar ham bu borada yuqori samaraga erishish imkonini yaratuvchi shakllardan biri sanaladi. Muzev- larda turlicha eksponatlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi, jumladan tarixiy hujjatlar, asl buyumlar, Vatan himoyachilari va turli mehnat sohasiga oid ishchilarning shaxsiy buyumlari, turli maqolalar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otishi mumkin. Mehnat ta’limi tizimini yanada rivojlantirish uchun to'laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin