3.7-8 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish. Mehnat ta‘limi bosqichlari orasidagi izchillik timaoyili katta ahamiyatga ega. Masalan, o‘quv ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda o‘smirlar quyi sinflarda o‘zlashtirgan qator umummexniat malakalarni qo‘llashi va takomillashtirishi juda muhimdir. Chunonchi, qog‘ozni rejalashda chizg‘ich, go‘niya va qalamdan foydalanish malakasini yog‘och va metallni rejalashda qo‘llash kerak. Bu jihatdan o‘quvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali bo‘ladi. O‘quvchilar qog‘ozni, gazlamani va list metallni qaychi bilan qirqish orasida ko‘pgina umumiylikni topadilar. Modellashtirish jarayonida o‘quvchilar yana shu ish bo‘yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo‘llashi va hokazolar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi. I-IV sinflarda ustaxona mashg‘ulotlari bilan mehnat ta‘limi darslarining bog‘lanishi o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomonlamadir, ya‘ni V-VII sinflardagi o‘qitish uslubi I-IV sinflardagi mehnat ta‘limi mazmunini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. O‘quv ustaxonalardagi mashg‘ulotlar bilan fan asoslari bo‘yicha o’quv fanlarlar orasidagi bog‘lanish bundan farqli ravishda ikki tomonlamadir:bunday bog‘lanish natijasida fan asoslari bo‘yicha o’quv fanlar aniq mazmun bilan boyiydi, mehnat esa fan asoslarining qonunlari nuqtai nazardan tushuniladi. Shunday qilib, didaktik bog‘lanishlarni ta‘minlash fan asoslari bo‘yicha o’quv fanlarlarni o‘qitishning ham, ustaxonalarda mashg‘ulotlar o‘tkazish umumtexnik saviyasini oshirish uchun ham muhimdir.
Ta‘limni foydali mehnat bilan qo‘shib olib borishning samarali formalarini izlab topish ustida olib boridgan ishlar o‘quvchilarning mehnat birlashmalari paydo
bo‘lishiga olib keldi. Bunday birlashmalar yuqori va o‘rta sinf o‘quvchilarining ko‘p qismini qamrab olgan. Eng keng tarqalgan mehnat birlashmalari jumlasiga o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlari, yuqori sinf o‘quvchilarining mehnat otryadlari, maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlovchi quruvchi brigadalari, mehnat va dam olish lagerlari kiradi. Dastlabki o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalari 1954 yilda paydo bo‘lgan edi. O‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalari qishloq maktablarida tuzilgan. Odatda, bunga VIII-IX sinf o‘quvchilari jalb qilinadi. Brigada a‘zolarining soni o‘ntadan bir necha yuztagacha bo‘lishi mumkin bo’lgan. Mazkur brigadalarga, shuningdek, V1-VII sinflan o‘quvchilari ham jalb qilinishi mumkin bo’lgan, lekin ular yoshlariga mos tanlangan rejim bo‘yicha ishlaganlar. Brigada dalachilik zvenolari, chorvachilik zvenolari, mexanizatorlar zvenolari hokazo zvenolarga bo‘lingan. Brigadaning umumiy majlisida o‘quvchilar ichidan saylangan brigadir brigadaga boshchilik qilgan (zvenoga esa zveno boshlig‘i rahbarlik qilgan). Brigadaning umumiy majlisi brigada kengashini ham saylagan. Har bir brigadaga maktabning pedagog xodimlaridan rahbar va karxona mutaxassisi birkitib qo‘yilgan. Ishlab chiqarish brigadasi ixtiyoriga muayyan obyekt, masalan, ma‘lum miqdorda yer berilgan. Brigada ana shu yerda ishlagan. Buning uchun shirkat jamoalari brigadaga zarur mehnat qurollari (xususan, qishloq xo‘jalik mashinalari) va materiallar (o‘g‘itlar, urug‘lik fondi va hokazo) ham ajratgan, dala shiyponi qurib berilgan, oziq-ovqat bilan ta‘minlangan. O‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadasi ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga ajratilgan vaqt hisobidan yil davomida ishlagan. Ish maktab va shirkat rahbarlarida brigada kengashi ishtirokida tuzilgan o‘quv-ishlab chiqarish rejasi asosida olib borilgan. Odatda, o‘quv-ishlab chiqarish rejasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan:
- ishlab chiqarish topshirig‘i;
-tajriba qilib ko’rish, rasionalizasiya, ixtirochilik o‘quv topshirig‘i, siyosiy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ish va sport ishi
O’quv-ishlab chiqarish rejasi brigada a‘zolarining umumiy majlisida, maktabning pedagoglar kengashida muhokama qilinib, maktab direktori hamda shirkatning raisi tomonidan tasdiqlangan. O‘quvchilar ishlab chiqarish brigadasining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, brigadaga asosiy maktab topshiriqlari berilgan va hal etilgan. Buning o‘z obyektiv sabablari bo’lgan. O‘quvchilar brigadasining ishlab chiqarish topshiriqlari mehnat jarayonida bajarilishi bilan ajralib turgan. O‘quvchilar real ishlab chiqarish sharoitlarida bo‘lib qishloq xo’jalik mehnatini chinakamiga tushunib olaganlar. Shu munosabat bilan o‘quvchilarning ishlab chiqarish faoliyati mehnat tarbiyasida va kasb tanlashga yo‘llash ishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Lekin buning uchun unumli mehnat unga nisbatan maktabda qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi zarur, bo’lgan albatta. Birinchi navbatda, mehnat ijodiy bo‘lishi kerakligi ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda, odatda, o‘quvchilarning qishloq xo‘jaligidagi mehnati tajjribakorlik va rasionalizatorlik bilan bog‘langan.
Tajribakorlik ayniqsa keng quloch yozgan. O‘quvchilar ilmiy-tadqiqot institutlari,tajriba stansiyalarining topshirig‘i bilan yangi ekinlarning urug‘lik fondini yetishtirishgan, muayyan ekinni mazkur tabiat sharoitlarida yetishtirishning eng qulay shart-sharoitlarini, bu ekinga u yoki bu o‘g‘itning ta‘sirini aniqlashgan. Shu tufayli o‘quvchilar mehnati qiziqarli mehnatga aylangan, ular o‘zlarini kerakli ishga dahldor sezishgan va uni bajonu dil bajarishgan.O‘quvchilar ishlab chiqarish brigadalarida siyosiy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishga va sport ishiga katta ahamiyat berilgan. Bunga o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarishi katta imkoniyat yaratgan. O‘quvchilar brigadasining umumiy majlisi quyidagi eng muhim masalalarni hal etgan:
-ishning o‘quv-ishlab chiqarish rejasini muhokama qilgan va uni bajarish yo‘llarini belgilagan:
-zvenolarning va umuman brigadaning o’zaro musobaqasi shartlarini
tasdiqlagan;
-brigada a‘zolarining intizomi va turmushiga oid, umumiy mulkni muhofaza qilishga oid masalalarni ko‘rib chiqgan va brigada a‘zoligiga qabul
qilish, brigada a‘zolarini rag‘batlantirish hamda jazolash to‘g‘risidagi masalani hal
etgan;
-ishlab topilgan mablag‘dan brigadaning ijtimoiy fondiga qancha mablag‘
ajratish kerakligini belgilagan;
- bir yillik ish yakunlarini chiqargan.
Brigadaning umumiy majlisi yiliga kamida ikki marta o‘tkazilgan. Brigadaning kundalnk ishiga brigada kengashi boshchilik qilgan. Brigada Yoshlar taskilotining majlisida yozgi davr uchun etakchi saylangan, u siyosiy-tarbiyaviy va madaniy-ommaviy ishning tashkil qilinishiga javob bergan, siyosiy-axborotchilarga rahbarlik qilgan, brigada a‘zolarini majburiyatlarini bajarishga safarbar qilgan.
O‘quvchilar mehnat birlashmalarini bir turi bo‘lgan mehnat va dam olish lageri o‘z tashkiliy asosi bilan mehnat birlashmalarining boshqa turlaridan bir oz farq qilgan. Mehnat va dam olish lagerlari foydali mehnat jarayonida o‘quvchilarni milliy istiqlol ruhda tarbiyalash maqsadida yozgi ta‘tillar davrida tuzilgan. Bunday
lagerlarda umumiy ta‘lim maktablarining VIII-IX sinf o‘quvchilari qatnashgan. Ular asosan shahar maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Mehnat va demolish lagerlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lgan:
- o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
-o‘quvchilarning foydali mehnatda ishtirok etishini ta‘minlash, ularda mehnat uquvlarini va ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga hamda xalq xo‘jaligida faol mehnat qilishga tayyorlash;
- o‘quvchilarning mazmunli dam olishlarini, jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sishlarini ta‘minlash, sog‘lig‘ini mustahkamlash o‘quvchilarni aholi orasida madaniy-ommaviy ishni tashkil qilishga jalb etish.
Mehnat va dam olish lagerlari sayyor mehnat birlashmalari negizida ishlashi
mumkin bo’lgn. Keyingi yillarda mehnat birlashmalarining yangi turi-yuqori sinf
o‘quvchilarining mehnat otryadlari paydo bo‘lgan. Bunday otryadlarga asosan yuqori sinf o‘quvchilari jalb qilingan. Ushbu otryadlar oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoatida eng keng tarqalgan. Bu otryadlarning strukturasi va maqsadlari o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalariniki bilan bir xil bo‘lsada samaradorligi ancha past bo’lgan. Buning sababi ikkita bo’lgan:
Birinchidan, yuqori sinf o‘quvchilarining mehnat otryadlari faqat yoz faslida tuzilgan. Ma‘lumki, bu davrda korxonalarning ko‘pchilik ishchi xizmatchilari mehnat ta’tilida bo‘lib, ularning ish o‘rinlari bo‘sh bo‘lgan. Shuning uchun o‘quvchilar muntazam ravishda foydali mehnat qilish imkoniga ega bo‘la olmaydilar.
Ikkinchidan, bu yerda hordiq chiqarish sharoitlari shahardan tashqaridagi
lagerlardagiga nisbatan yomonroq bo‘lgan.
O’quvchilarni amaliyotga olib chiqish va uni o’tkazish uchun quyidagi
ishlarni bajarish kerak bo’gan.
O’qituvchi o’quvchilariga amaliyot haqida, amaliyot mobaynida
qo’yilgan maqsad va vazifalar haqida, amaliyot davri va vaqti haqida, amaliyot
davrida o’quvchilar guruhi, amaliyotga qatnashish ryejimi, kundalik ishlari,
yog’ochsozlik bo’yicha milliy xalq hunarmandchilikni o’rganish lozim bo’lgan sirasrorlari va sohalari haqida o’quvchilar to’liq tanishuv ko’rsatma va yo’lyo’riqlarni tushuntirganlar.
Amaliyotni o’tkazishni tashkil qilish va o’tkazish uchun quyidagi vazifalarni
amalga oshirish lozim bo’ladi:
- o’quvchilarni amaliyot o’tkazishga tayyorlash;
- amaliyotni o’tkazishni tashkil qilish;
- amaliyot davrida o’quvchilarni mustaqil o’rganish ishlarini tashkil qilish;
- amaliyotni yakunlash.
I.O’quvchilarni amaliyot o’tashga tayyorlash ishlari, ularga yo’l-yo’riq
tushunchalari byerish bilan boshlangan. O’quvchilarga amaliyotni o’tkazishdan
maqsad va amaliyot davrida bajariladigan vazifalar batafsil tushuntirilgan.
O’quvchilarni o’zlashtirish qobiliyatiga va amaliyot o’tayotgan joyni sharoitiga
qarab almashtirish, jadvallari va guruhlari tuzilgan.Amaliyot mobaynida o’quvchilarga o’rganish uchun bajariladigan ishlar o’yicha tavsiya va ko’rsatmalar byerilgan. Amaliyot mobaynida o’quvchilar rioya qiladigan myehnat xavfsizlik qoidalari bo’yicha tushunchalar byerilgan.
II. Umum o’rta ta‘lim maktablari atrofida joylashgan va o’quvchilarining
o’quv yili mobaynida olgan bilim, ko’nikmalariga mos holda o’zida mujassamlashgan ishlab chiqarish korxonalari bilan o’zaro huquq va majburiyatlari ifolangan kelishuv shartnomasi asosida amaliyotiga olib chiqilgan.
O’quvchilarni myehnat va harakat xavfsizlik qoidalari, amaliyot mobaynida
amoliyotni kunlik vaqt davomiyligi va muddati, ish joylari bilan tanishtirilib
tyegishli jurnallarga imzo qo’ydirilgan.
III. O’quvchilar o’qituvchi yordamida amaliyot davrida o’quv yili mobaynida o’z yo’nalishi bo’yicha olgan matyeriallar, asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish tyexnologiyasi haqidagi tasavvurlarini mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha o’quv maxoratiga oid malakalarini mustahkamlash uchun mustaqil amaliy o’rganish ishlarini bajarganlar. Mustaqil amaliy o’rganish ishlarini bajarish uchun o’quvchilar psixofizologik qobiliyatini hisobga olgan holda o’qituvchi tomonidan tayyorlangan komplyeks variantdagi amaliy myehnat topshiriqlarini o’quvchilarga mustaqil bajartirilgan.
IV.Amaliyot o’quvchilarni yakuniy hisobot tayyorlab topshirishlari bilan
yakunlangan. O’quvchilar tayyorlagan hisobotlarida amaliyot o’talgan jamoalari
tarixi, faoliyatlari, o’zlarini bajargan kundalik ishlari, o’qituvchi va jamoa xodimlari yordamida ko’rgan va olgan ta‘ssurotlari bo’yicha puxta egallagan maxoratlarini ifadolovchi umum xulosalar yoritilishi kerak bo’lgan. O’qituvchi amaliyot yakunida o’quvchilarni tayyorlagan hisobotlari asosida og’zaki so’roq orqali o’quvchilarni yo’nalishlari bo’yicha ishlov berish tyexnologiyasi bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma, malakalarini saviyasini baxolaganlar.