4. Mazmunli bo‘lim bola rivojlanishining asosiy yo‘nalishlariga, ta’lim va tarbiya jarayo-
ni mazmuni va natijalariga, mintaqaviy komponentga, amalga oshirish
uchun ta’lim va tarbiya jarayoni tashkil etish shakllariga muvofiq ta’lim
va tarbiya jarayoni tavsifini o‘z ichiga oladi.
4.1 Dasturiy-uslubiy majmua ● amalga oshirilayotgan dasturlar
(asosiy va qo‘shimcha); ● ta’lim texnologiyalari.
TAVSIYALAR “Dastur-uslubiy majmua” bo‘limida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari to- monidan qaysi ta’lim texnologiyalari joriy etilishini ham ko‘rsatish tavsiya etiladi. Qoida tariqasida, ular rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bilan belgilanadi va faqat barcha bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladi, masalan: Faoliyatning ustuvor yo‘nalishiga ega bo‘lgan MTTda ish profili tegishli dasturlar va texnologiyalar
bilan tasdiqlanishini e’tiborga olish kerak (masalan, ekologik yo‘naltirilgan MTT lar dastur va texno-
logiyalarida badiiy-ijodiy emas, ekologik mazmun ustunlik qiladi).
Shuningdek, ushbu bo‘limda keng qamrovli-mavzuli rejalashtirishni asosiy ta’lim sohalarini amalga
oshirishni hisobga olgan holda taqdim etish tavsiya etiladi. Ushbu kichik bo‘limning yoritilishi
haftaning mavzusini o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari bilan har xil turdagi faoliyat, shakllarda
ochib beradigan integratsiyalashgan modelni nazarda tutadi.
Keng qamrovli-mavzuli rejalashtirish MTTning yo‘nalishi va mintaqaviy hamda etnik-madaniy tar-
kibiy qismlarni hisobga olgan holda, MTTning ixtiyoriga ko‘ra jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
Mavzuli rejalashtirish *** (bolalar rivojlanishining asosiy sohalarini amalga oshirishni hisobga olgan
Rivojlanish sohalari Ta’lim texnologiyalari (misollar)