A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/87
tarix18.08.2023
ölçüsü22,16 Mb.
#139748
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Ilk Qadam UZB final organized

Bilish kompetensiyasi
bilim olish, o‘qish va o‘rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrof-
olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Harakat va o‘zaro 
munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrof-
olamdagi yangi ob’yektlarni o‘rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o‘yin va o‘zaro muloqot 
jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o‘tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun 
yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o‘zlarining kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, 
o‘z-o‘zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.
Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab 
chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo‘yishda kognitiv 
qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, 
o‘rganishdan zavqlanishlari va o‘rganganlarini baham ko‘rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan 
bo‘lishishlari mumkin.
3.2. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARI
Rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirish bolaning har 
tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo‘lgan keyingi bosqichiga 
muammosiz o‘tishi va unga tayyor bo‘lishi, boshlang‘ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi 
uchun zarurdir.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
 

jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi 
 

ijtimoiy-hissiy rivojlanish
 

nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
 

bilish jarayonining rivojlanishi

Yüklə 22,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin