18
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
3.2.1. "
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi"
sohasi kompetensiyalari
"Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi“
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni
yakunida 6-7 yoshli bola:
●
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy
faollik ko‘rsatadi;
●
turli xil faol harakat turlarini uyg‘un holda
va maqsadli bajarishni biladi;
●
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
●
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
●
shaxsiy gigiena
malakalarini namoyon etadi;
●
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
●
xavfsiz hayot faoliyati asoslari qoidalariga rioya qiladi.
3.2.2.
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish"
sohasi kompetensiyalari
"Ijtimoiy-hissiy rivojlanish“
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
●
o‘z ’Men“i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega
bo‘ladi;
●
o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga
mos ravishda ifodalaydi;
●
o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
●
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
●
murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yo‘llarini topadi.
3.2.3. "
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari"
sohasi kompetensiyalari
"Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari“
sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
●
ona tilini eshitadi va tushunadi;
●
ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli
gap tuzilmalaridan foydalanadi;
●
chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi;
●
chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;
●
badiiy
adabiyotga qiziqish bildiradi;
●
so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega
bo‘ladi;
●
gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi;
●
ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
19
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Dostları ilə paylaş: