A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


IV-BOB  ENERGIYA TEJASHNING UMUMIY MASALALARI



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə130/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

IV-BOB 
ENERGIYA TEJASHNING UMUMIY MASALALARI 
4.1. Binolarni yoritishda energiya tejamkorligi 
Hozirgi
kunda
uy-joy
qurilishi
sohasidagi
zamonaviy
tendentsiyalardan biri qurilishni loyihalashtirish va qurish bo'lib, unda
rejalashtirish yechimlari atrof-muhitga do'stlik va energiya samaradorligi
bilan birlashtiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish butun dunyodagi
energiya tejamkor binolarni qurish boshlanishiga olib keldi.
Hozirgi kunda binolarni yoritishda energiya tejamkorligini oshirishda,
elektr energiya sarfini qisqartirish maqsadga muvofiqdir va bu sohada
quyidagi ikkita asosiy yo‘l ishlab chiqildi.

binolarda uy-joy inshoatlarida, yoritishning nominal quvvatini
pasaytirish;

yoritish sistemalaridan foydalanish vaqtini kamaytirish.
Yoritish sistemalarining nominal (o‘rnatilgan) quvvatini pasaytirish
uchun birinchi navbatda, kichik quvvatli yoritgich bilan kerakli oqimni
beruvchi samaraliroq yorug‘lik manbalariga o‘tishni bildiradi.
Yoritish sistemalaridan foydalanish vaqtni kamaytirish uchun yoritish
qurilmalarini zamonaviy boshqarish tuzilmalarini rostlash va nazorat
qilishni tatbiq etish bilan erishiladi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki,
yoritishning o‘zgarmas o‘rnatilgan quvvatida, haqiqiy iste`mol etilayotgan
quvvat va energiya iste`moli pasayadi.
Yoritish yuklamasini boshqarish uni to‘g‘ri taqsimlash ikkita asosiy
usul bilan amalga oshiriladi:

Uy-joy binolarida barcha yoki bir qism yoritgichlarni o‘chirish
bilan yani (diskret boshqarish);

yoritgichlarning quvvatini ravon o‘zgartirish (barcha uchun bir xil
yoki yakka tartibda).
Diskret boshqaruv tizimiga, birinchi navbatda turli surat relelari (surat
avtomatlari) va taymerlarni kiritish mumkin. Birinchilarining ishlash
printsipi tashqi yoritilganlik datchiklari signali bo‘yicha yuklamani yoqish
va o‘chirishga asoslangan. Ikkinchilari oldindan kiritilgan dastur bo‘yicha



224
kecha va kunduz vaqtiga bog‘liq holda yoritish yuklamasini


kommutatsiyalashni amalga oshiradi. Yoritishni diskret boshqarish
tizimlariga hozir bo‘lish datchiklari bilan jihozlangan avtomatlar kiradi.
Ular binodagi yoritgichlarni oxirgi inson chiqib ketganidan keyin ma`lum
vaqtdan so‘ng o‘chiradilar. Bu diskret boshqarishning eng iqtisodiy turidir,
lekin bunda tez-tez yoqish va o‘chirish xisobiga lampalarning xizmat
ko‘rsatish muddati qisqarishi mumkin.
Fuqaro binolarining elektr iste‘molchilarini ikki guruhga bo‘lish
mumkin:
-xonadonlarning elektr iste‘molchilari;
-umumbino elektr iste‘molchilari.
Birinchi guruhga yoritish va elektr asboblar;
Ikkinchisiga esa zinapoyalar, cherdaklar vestibyullar, xollar, lift
qurilmalari, ventilatsion tizimlar va har xil yong‘inga qarshi
qurilmalardagi yoritkichlar kiradi.
Xonadonlardagi elektr yoritish cho‘g‘lanma lyuminissent lampalar
yordamida amalga oshiriladi. Maishiy elektr asboblariga quyidagilar
kiradi:
-isituvchi;
-xo‘jalik, madaniy-maishiy;
-sanitariya gigiyenik;
-maishiy havo konditsionerlari, suv isitkichlar;
-xonalarni isitish uchun asboblar.
Zinalar vestibyullar xonalar va dahlizlarni yoritish uchun cho‘g‘lanma
va lyuminissent lampalar ishlatiladi. Lyuminissent lampalarning ishlash
vaqti kata va kushlanish tebranishiga ta‘siri kamroq.
Kuch elektr iste‘molchilariga qisqa tutashgan rotorli asixron motorlar
va boshqa elektr liftdagi qurilmalar kiradi.
Kuch elektr iste‘molchilariga ventilyator va nasoslarning elektr
motorli, to‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lgan binolarda tutunni bartaraf qilish
tizimidagi klapan va lyuklarni ochish uchun har xil elektromagnitlar
hamda aloqa va signalizatsiya apparaturalari kiradi.
Baland binolarda maxsus elektr yuritmali liftlar, ularda elektromagnit
tormoz va boshqarish apparaturalari mavjud.



225
2009-yilliklardan boshlab ko‘p chet el firmalari tomonidan ichki


yoritishni boshqarishni avtomatlashtirish uchun maxsus uskunalar ishlab
chiqarish o‘zlashtirildi. Zamonaviy tizimlar, foydalanuvchi uchun
maksimal qulaylik bilan elektr energiyani iqtisod qilish imkoniyatini o‘z
ichiga oladi .
Yoritishni avtomatik boshqarish tizimlarni ikkita asosiy sinflarga
bo‘lish mumkin: lokal va markazlashgan.
Binolarni yoritishni lokal tizimlari konstruktiv jihatdan elektr
taqsimlagich shitlariga tiralgan yoki osiluvchi shitlar oralig‘iga
o‘rnatiladigan bloklardan iborat. Bunday turdagi tizimlar odatda bitta
funktsiyani yoki ularning qayd etilgan qatorini amalga oshiradi. Bu
funktsiyalar qatoriga masalan, xonada inson borligi va tabiiy yoritilganlik
darajasini hisobga olish, hamda simsiz masofani boshqarish tizimlari bilan
ishlash kiradi. Lokal ―yoritgichlarni boshqarish tizimlari‖ ko‘p hollarda
qo‘shimcha sim o‘tkazishni talab qilmaydi, ba`zida simlar yotqizish
zarurligini qisqartiradi. Yoritishning markazlashgan boshqarish tizimlari,
―intellektual‖ nomiga to‘liq javob bergan holda, ko‘p sonli yoritgichlarni
(bir necha yuzgacha) bir vaqtda ko‘p variantli boshqarish imkoniyatini
ta`minlaydi. Bunday tizimlar yorug‘likni boshqarish yoki binolarning
boshqa tizimlari bilan birga ishlashda (masalan, telefon tarmog‘i,
xavfsizlik tizimlari, ventilyatsiya, isitish va quyoshdan himoyalovchi
to‘siqlar) qo‘llaniladi.
Hozirda
iste`molchilar
tomonidan
energiya
tejamlovchi
yoritgichlardan va yorug‘lik texnikasi buyumlaridan foydalanish
rivojlanmoqda. Yaxshilangan iste`mol qilish sifatlariga ega bo‘lgan holda
(yuqori yorug‘lik berish, spektr bo‘yicha qulay va chiroyli, lipillamaydigan
yorug‘lik va h.k.), zamonaviy energiya tejamlovchi yoritgichlar
iqtisodiyotligi va ishlatishda ishonchliligi jihatdan barcha talablarga javob
beradi.
Jamoa
binolarining
asosiy
xonalarida
atrof-muhit
sharoiti
va
bajarilayotgan
ishga
muvofiq
ravishda
lyuminissent
lampali
yoritkichlardan foydalaniladi. Ichki va tashqi yoritish uchun yoritish
turlari quyidagilarga bo‘linadi: metallogalogen, natriyli, ksenonli



226
lampalardan ham foydalaniladi. Yordamchi xonalarda (omborlar, bazalar)


cho‘g‘lanma lampalar ishlatiladi.
Elektron ishga tushirish – rostlash apparatli lyuminestsentli
yoritgichlar cosφ>0,93 bilan osiluvchi va shitli bajarishga ega bo‘lib,
quyidagi afzalliklarga ega:
-elektr magnit ishga tushirish-rostlash apparatdan ta`minlanadiganga
nisbatan 30% dan ortiq elektr energiyani iqtisod qilishga va shunga
o‘xshash qizdirish lampaga nisbatan olti karra elektr energiyani iqtisod
qilish;
-lampaning xizmat ko‘rsatish muddatini 20% va undan ortiqqa,
qizdirish speral iplarini (katodlarini) ravon qizdirishli optimal rejim
hisobiga oshirish;
-qo‘shimcha startyorsiz, kafolatli zudlik bilan ulash va shovqinsiz
ishlash;
-stroboskopik hodisaning bo‘lmasligi, ya`ni qandaydir narsa yoki
rasmni kuzatish uzluksiz emas, balki ayrim birin ketin davriy ravishda,
ma`lum vaqt oralig‘ida, amalga oshirilishida hosil bo‘ladigan ko‘rishni
anglash
;
- elektr magnit xalaqitlarining bo‘lmasligi.
Kompakt (bejirim ) lyuminestsent lampalar shu kabi yoritish texnik
tavsiflarga ega bo‘lgan qizitish lampalariga nisbatan 5 marta kam elektr
energiya iste`mol qiladilar, ularda xizmat ko‘rsatish muddati 8 marta ko‘p.
Aks panjarali va yorug‘likni qaytaradigan yoritgichlar ham mavjud .
Galogen yoritgichlarni o‘rnatish usuli bo‘yicha, shiftga, devorga va
stol ustida o‘rnatadigan qilib chiqariladi va yasaladi, ma`muriy binolarni
mahalliy yoritish, ofislarni, ish joylarini, ekspozitsiya, stendlarni yoritish
uchun ishlatiladi. Ular lampa plafonini sharnir yordamida mahkamlab
xonaning har qanday berilgan zonasini yoritishni ta`minlaydi.
Yoritgichlarda yorug‘lik manbai sifatida oddiy qizdirish ipli
lampalarga nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega bo‘lgan, quvvati 20
Vt bo‘lgan galogen lampalar qo‘llaniladi:
-elektr energiya iste`molini 2-2,5 baravar pasaytirish;
-xizmat ko‘rsatish vaqtida yorug‘lik oqimini mo‘tadilligi;



227
-juda yaxshi rang uzatishni ta`minlashi va turli rangli samaralarni hosil


qiluvchi tiniq yorug‘lik;
-oddiy lampalarga nisbatan, xizmat ko‘rsatish muddatini 2 marta
ko‘pligi;
20 yoki 50 Vt quvvatga ega bo‘lgan galogen lampali IVU seriyali
maxsus yoritgichlar, yonuvchi materialdan iborat bo‘lgan yuzaga bevosita
o‘rnatish uchun mo‘ljallangan, hamda hovuzlarda, favvoralarda,
akvariumlarda, yong‘inga qarshi qurilmali binolarda, dushlarda, kimyoviy
tozalashlarda, bog‘ uchastkalarida, avtomobillarni saqlash joylarida,
yo‘lovchi yo‘laklarida, narvonlarda, yer osti o‘tish joylarida, mashinalarni
avtomatik yuvish joylarida, ustaxonalar va baliq do‘konlarida o‘rnatish
uchun tavsiya etiladi.
Ko‘chalar, maydonlar, tezyurar magistrallarni, transport kesishadigan
joylarni, cho‘zilgan tunnellarni, sport inshootlarini, aerodromlarni, qurilish
joylarini, arxitektura inshootlarini, vokzallarni, aeroportlarni yoritish
uchun iqtisodli manbaalardan biri, barcha ma`lum gaz razryadlovchi
lampalar orasida yuqori yoritishga ega bo‘lgan va uzoq muddatga xizmat
qilganda yorug‘lik oqimini uncha katta bo‘lmagan pasayishga ega
bo‘lmagan yuqori bosimli natriyli lampalardir.
Elektr energiyani iqtisod qilish uchun har qanday lampalar
qo‘llanilganda, elektr energiyani 20 % gacha iqtisod qilishni
ta`minlaydigan, yoritish asboblarini optimal joylashtirish katta ahamiyatga
ega. Masalan, bir binoda ishchi va yordamchi zonalar mavjudligida ishchi
zonalarlarni umumiy lokal (har tomondan) yoritish, yordamchi zonalarni
esa bunga qaraganda past jadallik bilan yoritish ko‘zda tutiladi. Sexlarni,
omborlarni va boshqa ishlab chiqarish xonalarni yoritishda, eng yaxshi
usul –bu yog‘du taralish liniyalari uskunalaridir. Har qanday yoritish
tizimini loyihalayotganda va tadbiq etayotganda ko‘rish muhitini
ta`minlaydigan quyidagi sanitar normalarni ta`minlash zarur:
-yorug‘likning tabiiy yoritilganlikka maksimal yaqinlashtirilgan
spektral tarkibi;
FBU va NBU seriyali yoritgichlar ham xona ichlarini yoritishni ham
suvlardan namlik, chang va ko‘plab tartib buzuvchilardan himoyalanish
maqsadida uy-joy binolarini tashqarisini yoritishga mo‘ljallangan bo‘lib



228
hayot uchun ham xavfsizdir. Bu yoritgichlar ko‘plab avariya holatlaridan,


mexanik shikastlanishlarga, tosh va shunga o‘xshagan qattiq narsalar
tegishidan himoyalangan bo‘ladi. Ular ayniqsa ko‘chalar, bog‘lar,
xiyobonlar, o‘tish joylari, ayvonlar, hovuzlar,
vanna
xonalar, hojatxonalar,
uy-joy binolarining tashqi tamonlarini va h.k.larni yoritishda tengi yo‘q.
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligida natriyli lampalardan juda keng
ko‘lamda foydalanilmoqda, uning yana bir qo‘llanish sohasi – bu
issiqxonalardagi o‘simliklarni nurlantirish. Issiqxonadagi ko‘pchilik
o‘simliklarning nurlanishi yaxshi natija berganligi tufayli natriyli lampalar
simobli va metallogenli, yuqori bosimli lampalarni almashtirish mumkin.
Natriyli lampalarning simobli lampalardan farqi shundaki, natriyli
lampalarda simob yo‘q, bu esa ularning qo‘llanish sohasini qolaversa
xizmat ko‘rsatish umrini kengaytiradi.
Natriyli lampalar o‘zining
yorituvchanligi bilan balki iqtisodiy jihatdan ham kata foyda keltiradi.
Ularning ishini iqtisodiylik nuqtai nazaridan solishtirganda, 10000 soat
mobaynida 30 % gacha iqtisodni tashkil etadi, o‘z-o‘zini qoplash muddati
taxminan kuniga 12 soatni(yozgi vaqtda 8 soat va qishkida 16 soat)
foydalanishdan kelib chiqqan holda 2 oyga yaqinni tashkil etadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin