A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Sanoat korxonalarida energetik audit o‘tkazish tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə126/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Sanoat korxonalarida energetik audit o‘tkazish tartibi 
Energetik audit – korxonaning elektr va issiqlik energiyasini ishlab
chiqarishi va sarflashi jarayonida shu energiya turlaridan samarali
foydalanish yo‗llarini aniqlash maqsadida o‗tkaziladigan texnik nazorat
tadbiri bo‗lib, uning natijalarini korxonaning amaliyotida energiyadan
samarali foydalanish maqsadida qo‗llashdir.
Energetik audit elektr energiyadan samarasiz foydalanish sababli
elektr energiya isroflarining oshib ketishini aniqlash va energiya
tejamkorlik bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqarishga imkon beradi. Tajribalar
shuni ko‗rsatadiki, bu tavsiyalar asosida elektr energiya uchun
to‗lanadigan to‗lovlarni qariyib 5-10% ga kamaytirish mumkin ekan.
Energetik auditning vazifalari: 
-samarasiz bo‗lgan energiya sarflari va o‗zini oqlamaydigan energiya
isroflari manbalarini aniqlash;
-texnik-iqtisodiy tahlillar asosida bularni bartaraf etuvchi tavsiyalarni
ishlab chiqish;



219
-energiya resurslarni iqtisod qilish va energiyadan samarali


foydalanish bo‗yicha dasturlar ishlab chiqish va taqdim etish;
-sarflar hajmi va bajarilish muddatlarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladigan tadbirlarning ketma-ketligini belgilash.
Tayyor mahsulotning tannarxi tarkibining energetik tashkil etuvchisi
katta salmoqqa ega bo‗lsa ham korxona ichidagi energiya tashuvchilarni
hisoblashning yo‗lga qo‗yilmaganligi sababli bu tannarxni tashkil
etuvchining to‗liq qiymaitini aniqlash imkonini bermaydi. Katta hajmdagi
va turli nomdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har biri uchun sarf
bo‗ladigan solishtirma elektr energiya sarfini hisoblash energetik audit
doirasiga kirmasa ham buyurtmachi talabiga ko‗ra hisoblanishi mumkin.
Audit qanday amalga oshiriladi: 
Korxona energetik jihozlarini ko‗rib chiqish, tekshirish, o‗lchov
ishlarini olib borish, qayd qilib borish va hisobotlar tuzish va boshqa
tadbirlar amaldagi va tasdiqlangan «Tashkilotlarni energetik auditdan
o‗tkazish qoidalari» asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin