250
Ikkinchidan,
suv omborlari o`zlarining
atrofidagi hududlardagi yer
osti suvlari sathining ko`tarilishiga, shu asnoda ekinzorlarning meliorativ
holati yomonlashib, ikkilamchi sho`rlanish jarayonini
keltirib chiqarishga
sabab bo`ladi.
Uchinchidan,
suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi
punktlari va muhandislik kommunikasiyalari suv toshqini xavfidan holi
bo`lmaydi.
Tog`li hududlarda qurilgan suv omborlarining
xavfi ancha kuchli
bo`ladi. Ular yer silkinishi va ko`chkilarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari yer ostidagi tektonik harakatlar natijasida bunday joylarda
to`g`onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo`ladi.
Suv omborlari qurilishi daryo oqimi yo`liga g`ov qo‘yish bilan
bajariladi. Bunda suv oqimi tranzit tizimdan tranzit akkumulyativ tizimga
o`tadi, ya‘ni suvda oqib kelayotgan biogen moddalar,
kimyoviy zaharlar,
og`ir metallar va radioaktiv moddalar to`g`onlarda qisman ushlab qolinadi
va to`planadi.
Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari
atmosfera havosiga ham ta‘sir qiladi. Bunday joylarda suvning bug`lanib
turishidan o`ziga xos mikroiqlim hosil bo`ladi - havoning harorati boshqa
yerlarga ko`ra odatda past bo`ladi, tumanli kunlar nisbatan ko`p bo`lib,
quyosh
radiatsiyasi kamayadi, suv ombori va atrofdagi quruqlik yer
orasida issiqlik balansi o`zgarishidan shamolli kunlar ko`payadi. Buning
oqibati dehqonchilikka ham ta‘sir ko`rsatadi.
Yuqorida keltirilgan salbiy ta‘sir holatlari ekotizmlarda o`z
aksini
topadi. Suv omborining tashkil qilinishi mahalliy joyning ekotizimlarini
tubdan o`zgartirib yuboradi, to`g`onlarda to`plangan
zararli moddalar esa
ko`pgina suv organizmlari uchun ekologik vaziyatni yomonlashtirishi
mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra kelajakda jahon energobalansida
gidroelektrostansiyalar ulushini 5 % dan oshirilmaslik ko`zda tutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: