249
olib kelmoqda. Bu aerozollar shuningdek troposferadagi suv bug`larini
kondensatsiyalab, yomg`irlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Keyingi
yillarda yomg`irli kunlarning ko`payganligi, yomg`irning ba‘zan sutkalab
tinmay yoqishi, havoning tez ochilib ketmasligi –
bularning barchasida
havodagi aerozollarning alohida roli bor.
Issiqlik elektr stansiyalarida ko`mirdan tashqari tabiiy gaz va neft
(mazut) ham yondiriladi. Ular orasida nisbatan ekologik toza yoqilg`i
gazdir. Ammo jahon elektr energetikasida gazning o`rni nisbatan kam.
Neftni esa, uning yonishidan chiqadigan chiqindilarning tarkibi va miqdori
jihatidan ekologik toza deb bo`lmaydi. Uning yonishidan tabiatga
ko`p miqdorda oltingugurt angidridi, uglerod oksidlari, boshqa kanserogen
moddalar ajaraladi.
Issiqlik elektr stansiyalari
nafaqat atmosfera havosini, balki yer va
suvlarni ham ifloslaydi. Atmosferaga chiqarilgan aerozollar va qattiq
zarrachalar yer sathi va suvlarga cho`kib,
ulardagi ekologik vaziyatni
yomonlashtiradi. Bundan tashqari IES da foydalanilgan issiq suv ochiq suv
havzalariga tushib, ularning haroratini 10-11
0
C gacha ko`taradi. Bu esa
suvda yashovchi organizmlar uchun ekologik halokat hisoblanib, ular
qirilib ketadi.
Dostları ilə paylaş: