120
samarasiz foydalanish yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri isrofgarchilikka yo‗l qo‗yish
holatlari oz emas.
O‘zbekiston Respublikasining "Energiyadan
oqilona foydalanish
to‗g‗risida"gi, "Elektr energetikasi to‗g‗risida"gi qonunlariga muvofiq
mamlakatimizda sanoat va kommunal xo‗jalik sohalariga energiya va
resurs tejaydigan zamonaviy texnika va
texnologiyalar keng joriy
etilmoqda. Ayni paytda esa svetodiod lampalar ishlab chiqarish va ularni
qo‗llashga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Svetodiod lampalarning boshqa yoritgichlardan muhim ustuvorligi
shundan
iboratki, ular uzoq muddatli xizmat ko‗rsatadi (100.000
soatgacha) elektr energiyasini iqtisod qilishi, atrof muhit uchun xavfsizligi
va miltillashning yo‗qligi asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi.
Oddiy cho‘glanma lampalarning xizmat muddati 1.000 soat bo‗lsa,
svetodiod lampalarning xizmat muddati 50.000 dan 100.000 gacha soatni
tashkil etadi.
Svetodiod lampalar – ekologik toza, qizimaydi va atmosferaga zararli
moddalar chiqishini qisqartiradi, foydalanilgandan
keyin maxsus
utilizatsiyani talab etmaydi.
Hozirgi vaqtda respublika elektr energiyasi iste‘molchilari tomonidan
43 milliondan ortiq, quvvati 60 vatt oddiy lampochkalardan foydalaniladi.
Ularning umumiy quvvati 2500 MVt bo‗lib, elektr energiyasining
iste‘moli esa 6,4 mlrd. kVt∙s ni tashkil etadi.
Agarda barcha elektr energiyasi iste‘molchilari oddiy lampalarni
svetodiod lampalariga almashtirishsa elektr energiyasi iste‘molini 5
mlrd.kVt∙s
kamaytirish mumkin, bunda respublikamiz tabiiy boyliklari
bo‗lmish 1,6 mlrd.kub.metr gaz yoki 5 mln. tonna ko‗mir tejaladi.
―O‘zbekenergo‖ AJ barcha elektr energiyasi iste‘molchilariga tabiiy
boyliklarni asrash hamda oilaviy budjetni iqtisod
qilish maqsadida oddiy
lampalarni svetodiod lampalariga almashtirishni tavsiya etadi.