A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə78/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • III-BOB
Nazorat savollari 
1.
Energomenejeri ning vazifalari nimalardan iborat?
2.
Rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
3.
Energiya menejeri faoliyatining turi va tarkibi nimalardan iborat?
4.
Energiya menejeri ishining samaradorligi?
5.
Vaqt va yuklamani boshqarish qanday amalga oshiriladi?
6.
Kun tartibini rejalashtirishda energiya boshqaruvchisi nimalarga
e‘tibor berish kerak?
7.
Qaror qabul qilishga qaratilgan asosiy parametrlar nimalardan
iborat?
8.
Samarali ish va yaxshi ish sharoitlarini yaratishda nimalarga e‘tibor
berish kerak?
9.
Vazifalarni loyihalashning takomillashtirish usullari nimalardan
iborat?
10.
Tashqi muhitni tahlilini amalga oshirish nima uchun kerak?
11.
Elektr energiyasini tejovchi texnika va texnologiyalarga nimalar
kiradi?
12.
Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo‘nalishlari va
ustunliklari nimalardan tashkil topgan?
13.
Ma`muriy boshqaruvning asosiy instrumentlari nimalardan
iborat?
14.
Energiya tejamkorligining ma‘muriy boshqarish mexanizmlari
nimalardan iborat?
15.
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining tavsifi nimadan
iborat?
16.
Respublikamizda energiya tejamlash siyosatini o‘tkazish
zarurligini belgilaydigan asosiy sabablarni aytib o‘ting?
17.
Energiya tejamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarga nimalar
kiradi?



122
III-BOB 


ENERGIYA ISTE’MOLINI HISOBGA OLISH TIZIMLARI 
3.1. Ikkilamchi energiya resurslarini klassifikatsiyasi 
Sanoatdaning texnologik jarayonlarida ishlatilmaydigan energetik
chiqindilar ikkilamchi energetik resurslar deb aytiladi.
Ikklamchi energetik resurslar asosiy uch guruhga bo‗linadi:
Yonuvchi (yoqilg‗ili): eritish pechining qo‗shimcha yonuvchi gazi,
uglerodli yoki uglevodorodli qayta ishlangan mahsulot termo kimyoviy va
kimyoviy jarayonlarning yonuvchi chiqindilari, qattiq va suyuq yoqilg‗i
chiqindilari, bino va inshootlardagi konstruktiv yonuvchi elementlari;
Isituvchi (issiqlik): texnologik qurilmalardan chiquvchi gaz issiqligi,
asosiy va qo‗shimcha mahsulotlarning fizikaviy issiqligi, majburiy
sovituvchi tiizimi texnologik agregatlar va o‗rnatmalarning ishchi
issiqligi, kul va qotishmalarning issiqligi, bug‗ va issiq suvlarning issiqligi;
Ortiqcha bosim: suyuqlik materiallar va gazlarning potentsial
energiyasi, sig‗imlar va boshqa qabul qilgichlar.
Ikkilamchi
energetik
resurslarni
energiya
uzatkich
turini
o‗zgartirmasdan energiya va issiqlikda ehtiyojni qondirish uchun ishlatish
mumkin. Yonuvchi ikkilamchi energetik resurslarning aksariyati
to‗g‗ridan – to‗g‗ri issiqlik ko‗rinishida ishlatiladi. Isituvchi ikkilamchi
energetik resurslarini to‗g‗ridan – to‗g‗ri isitish tizimida ishlatish mumkin.
Masalan issiq suv, uylarni isitish uchun ishlatiladi.
Isituvchi ikkilamchi energetik resurslarning energiya uzatkichlari
harorat bo‗yicha uchta sinfga bo‗linadi:
-
yuqori haroratli ikkilamchi energetik resurslar – 650
0
C dan yuqori
haroratdagi resurslar (bularga asosan pechlarning barcha turlari) kiradi.
-
o‗rta haroratli ikkilamchi energetik resurslar 250-650
0
C gacha
bo‗lgan resurslar (quritgichlar, sovitish tizimlari, ichki yonuv dvigatellari
va boshqalar) kiradi.
-
past haroratli ikkilamchi energetik resurslar 30-250
0
C gacha bo‗lgan
resurslar (suvli bo‗g‗ kondensati, pechlarni sovituvchi suvlar) kiradi.



123
Sanoatda issiqlikdan foydalanish uchun issiqlik almashtirish


qurilmalari ishlatiladi.
Rekuperator–o‗tga
chidamli
matyerialdan
yoki
metalldan
tayyorlangan issiqlik almashtirgichi bo‗lib, chiquvchi gaz issiqligi uzluksiz
ravishda issiqlik almashtirgich yuzasi orqali isitilgan havo uzatiladi.
Regenerator–harakatlanuvchi
va
harakatlanmaydigan
issiqlik
jamg‗arilgan nasadka yordamida isitilgan havoni uzatuvchi issiqlik
almashtiruvchi apparat hisoblanadi. Birinchi holatda, gaz oqimini tartibli
ravishda o‗chirib yoqiladi. Ikkinchi holatda esa issiqlik g‗ildirakli bir
tomonga aylanganda uzluksiz ravishda chiquvchi gaz isitiladi, ikkinchi
tomonga aylanganda havoga issiqlik beriladi.
Ekonomayzer (suv isitgichi) – ichimlik suvi qozonini chiquvchi gaz
yordamida isitish uchun mo‗ljallangan issiqlik almashtiruvchi apparat
hisoblanadi.
Qozon utilizatori – chiqish gazi issiqligi bug‗ va issiq suv qozonlarida
ishlatiladi.
Sanoatda chiquvchi gaz issiqligini yuqori va o‗rtacha haroratda, ya‘ni
qozonlar havosini havo isitgich yordamida isitish, rekupyeratorlar
yordamida quritgichlarni isitish, ekonomayzer yordamida qozondagi suvni
isitish, qozon utilizatorida bug‗ hosil qilish, matyerial va dastlabki xom-
ashyoni isitish uchun ishlatiladi.
Sovituvchi suv issiqligi pechning sovitish tizimlari va kondensatorlar
matyeriallarini va xom-ashyoni isitish uchun ishlatiladi.
Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish bo‘yicha misollarni
ko‘rib o‗tamiz.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin