137
3.8-rasmdan ma‘lumki, quritish jarayonida sirkulyatsiya koeffisienti
oshishi bilan solishtirma energiya sig‗im kamayadi. Havoning doimiy
boshlang‗ich haroratida quritish o‗rnatmasidan
chiqishida haroratning
kamayshi solishtirma energiya sig‗imning kamayishiga olib keladi. Ushbu
metodni ishlatish quritish o‗rnatmasining termik F.I.K. ni 0,3-0,5 dan 0,7-
0,95 gacha olib keladi.
Quritish o‗rnatmasining isitilgan havo issiqligini issiqlik almashtirish
qurilmalari yordamida suyuq va gazli yoqilg‗ilarni, suv va texnologik
xom-ashyolarni isitish uchun ikkinchi marta ishlatiladi.
Ushbu holatda
issiqlik almashtiruvchi qurilmani o‗rnatish oldidan texnik-iqtisodiy tahlil
natijalariga asoslanib, harajatlari hisobi, energiya resurslarni tejash hamda
loyiha xarajatlarini qoplash muddatlari hisoblab chiqiladi.
Isituvchi jihozlarning energetik samaradorligini oshirish.
Sanoat korxonalarida issiqlik manbalari bug‗li
va suvli qozonlar
hisoblanadi. Bunda issiqlik uzatuvchi bug‗ yoki issiq suv yordamida
issiqlik uzatiladi.
Soddalashtirilgan qozonli o‗rnatmalarning
issiqlik balansi quyidagi
ifoda orqali aniqlanadi:
T
П
ДГ
К
Q
Q
Q
Q
,
(3.4)
bu yerda,
T
Q
- yoqilg‗ini yoqishga ketadigan issiqlik,
П
Q
-
qozon
o‗rnatmasida ishlatiladigan foydali issiqlik,
ДГ
Q
- tutunli gazning issiqlik
isrofi;
К
Q
- qozon o‗rnatmais devori orqali chiquvchi issiqlik isrofi.
3.4-formuladan ma‘lumki, qozonning F.I.K. ini oshirish uning
energetik samaradorligini oshirish hisoblanadi. Birinchidan –
chiquvchi
gaz issiqligini foydali ishlatish. Bunda chiquvchi gaz issiqligi yordamida
suv va boshqalarni isitish mumkin. Bunday o‗rnatmalar yoqilg‗ini 5-6 %
ga tejashni ta‘minlaydi. Ikkinchidan – qozon
devorlari orqali chiquvchi
issiqlik isrofini kamaytirish maqsadida qozon issiqlik izolyatsiyasi bilan
o‗raladi. Bu ishni bajarish uchun faqatgina kattaroq harajat talab etiladi.
3.10-rasmda qozon devorining qalinligi devor orqali o‗tuvchi
solishtirma issiqlik isrofiga bog‗liqlik grafigi ko‗rsatilgan.