139
eng zamonaviy yuqori texnologik avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT)
yaratilishi hisobiga qondirilishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi elektr energiyasi va
quvvatning asosiy iste‘molchilari tomonidan iste‘mol
qilish rejimlarini
operativ nazorat qilish va tahlil qilish, iste‘molchilar yuklanishining
optimal boshqaruvini amalga oshirishga imkon beradi. ENHATdan
foydalangan holda, energoob‘ektlarda ma‘lumot yig‗ish va shakllantirish,
axborot yig‗ish va yuqori
boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek shu
asosda elektr energiya yetkazib beruvchilari va iste‘molchilari o‗rtasida
tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish maqsadida ma‘lumot shakllantirish
mumkin bo‗ladi. ENHAT iste‘molchilar bilan hisob-kitoblarni bajarishda
bank operatsiyalarini soddalashtirishga imkon beradi.
ENHAT texnik vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-o‗lchanayotgan elektr energiyasini elektromagnit impuls signallariga
yoki raqamli kodlarga o‗zgartiradigan datchik-o‗zgartirgichlar bilan
jihozlangan elektr
energiyasi hisoblagichlari;
-hisoblagichlardan axborot yig‗ilishi va ularning yuqori boshqaruv
darajasiga uzatilishini ta‘minlashi kerak bo‗lgan ma‘lumotlar yig‗ish va
uzatish qurilmasi;
-axborotga ishlov berish vositalari.
ENHAT tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun yuqorida sanab
o‗tilgan texnik vositalardan har birining
zarurligi va ahamiyatliligi
shubhasiz. Biroq telekommunikatsion aloqa kanallari qonuniy ravishda
ENHAT kompleksining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Aloqa
kanallarining mavjud emasligi yoki ularning qoniqarsiz holati nafaqat
ENHAT joriy etilishini to‗xtatib turuvchi omil bo‗lib,
yoki kompleksning
kichik samara bilan ishlatilishiga, balki, ko‗pincha ro‗y beradigan,
tizimning ishdan chiqishiga xizmat qilishi mumkin.
Aloqa kanallarining tanlovi, shuningdek
jihozlar tanlovi ENHATni
loyihalashtirish bosqichida, ob‘ektlar bilan xizmatga oid va texnologik
ta‘minot talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunga aloqa kanallari sifatida quyidagilar keng qo‗llanadi:
yo‗ldoshli aloqa tizimlari; tolali-optik aloqa liniyalari; mobil aloqa quvvat
tizimlari; simsiz ma‘lumot uzatish tarmoqlari.
140
3.11-rasmda ENHAT tuzilmasining pog‗onalarga ajratilganligini
ko‘rishimiz mumrin.
Dostları ilə paylaş: