155
nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish davomida
qurilma va vositalarni qo‗llashni maksimal tejash maqsadida
ma‘lumotlarni yig‗ish markazi rolini ko‗chma kompyuterga yuklash
mumkin. So‗rov optik port orqali so‗rov natijalari faylini shakllantiradigan
ko‗chma kompyuterda joylashgan maxsus dasturiy ta‘minot yordamida
bajariladi. Ma‘lumotlarni yig‗ish markazi kompyuteri berilgan so‗rovga
fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma‘lumotlar
omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta‘minlangan bo‗lishi
lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari bo‗lib,
hisoblagichlardan ma‘lumotlarni yig‗ishning murakkabligi va tizimda
impuls chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni
yo‗qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani
tijorat asosidagi hisobga
olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida
axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida
hisobga olish tizimi interfeysi bo‗lgan qimmat uncha ko‗p bo‗lmagan sonli
tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‗rovni o‗tkazilishi bilan ENHAT
ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste‘mol parametrlarini aniq o‗lchash:
korxona va uning ob‘ektlari bo‗yicha energiya resurslari iste‘molini
tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik
jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar,
sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar)
hisobga olish nuqtalari va
ob‘yektlari bo‗yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‗yicha ma‘lumotlarga qayta
ishlov berish
va hisobotlarni shakllantirish;
ma‘lumotlarning to‗liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.