A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Energetika auditi va menejment asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə100/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

3.11. Energetika auditi va menejment asoslari 
Ko'p maqsadli funktsiyalarni aks ettiradigan menejmentning ko'p
ta'riflari mavjud.
"Menejment"
so'zi asosida ingliz tilidagi
"to manage"
(boshqarish) atamasi yotgan bo‘lib, bu so‘z o'z navbatida lotin so'zidagi
"manus" (qo'l) so‘zidan olingan. Shuning uchun "menejment" atamasi
"odamlarning etakchiligi" deb ta'riflanishi mumkin. "Menejment" - alohida
xodim, ishchi guruh, ishchi kollektivlarini boshqarish jarayonini nazarda
tutadi. Xorijiy ensiklopediyalarda menejment tushunchasi boshqa
odamlarning qo'llari bilan tashkilotning ko‘zlangan maqsadiga erishish
jarayoni bilan izohlanadi.
Zamonaviy energiya resurslarini boshqaruvi tushunchalari, energiya
menejmenti nazariyasi usullari va qoidalariga asoslangan.
Energiya menejmentini qo'llash zarurati ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatish xarajatlari tarkibida elektr energiyasining hissasi o'sishidagi
barqaror tendentsiya bilan bog'liq.
Samarali energetik menejmentni qo‘llash orqali energetik sarflarni
kamaytirish bir qator afzalliklarga olib keladi: energiya sarfini qisqartirish
rentabellikni oshirish, ish o'rinlarini saqlab qolish, investitsiyalar uchun
qo'shimcha pul resurslari, raqobatbardoshlikni oshirish va savdo bozorida
"omon qolish" ehtimolini oshirish. Energiya menejmenti konseptsiyasi,
energiyani har qanday boshqa samarali resurs (moddiy, moliyaviy,
mehnat)ni boshqarish imkonini beradi va bu o‘z navbatida energetik
samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni kamaytiradi.



159
Energiya menejmenti (energomenejment) nazariyasi nafaqat energiya


resurslarini boshqarishning texnik jixatlariga evaziga, balki tashkilotning
motivatsion, axborot va marketing masalalari bilan ham bog'liq bo'lgan
nazariya asosida samaradorligini oshirish imkonini beruvchi uslubdir.
Energetika menejmenti, energiya resurslarini boshqarish bo'yicha
faoliyat turini, shuningdek energiya samaradorligini oshirishni energiya
boshqaruv nazariyasi va qoidalariga asoslangan holda ko'rib chiqadi. Shu
bilan bir qatorda energetik menejment tushunchasi ostida, korxonaning
energiya resurslarini samarali iste‘molini boshqarib turuvchi tarkibiy
bo‘linmasi ham tushuniladi.
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, energetika resurslarini menejmenti
nazariyasidan jiddiy foydalanadigan sanoat korxonalari energiya sarfini
30% gacha qisqartirishgan. Bu ishlab chiqarish rentabelligini va
raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirdi.
Energiya
menejmenti,
energiya
auditining
energiya
sarfini
baholashidan olingan natijalarga asoslanib, energiya samaradorligini
oshirish muammosini hal qiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin